O„zbekiston respublikasi


Tartiblashtirish institutlarining o‘zaro bog‘liqlikdagi faoliyati



Download 0,62 Mb.
bet68/108
Sana26.04.2022
Hajmi0,62 Mb.
#583092
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   108
Bog'liq
ARM Alladustov R.D. Moliya bozori va birja ishi. O\'-q 2019

Tartiblashtirish institutlarining o‘zaro bog‘liqlikdagi faoliyati


Umuman olganda, qaysi mamlakatda ham davlat, ham O‗O‗M tashkilotlar tartiblashtirish tizimini tashkil etsa, bu institutlar moliya bozorida bir-birlari bilan demokratik tamoyil asosida uzviy bog‗liqlikda bozorni samarli muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Bu institutlarning o‗zaro bog‗liqligi quyidagilarda namoyon bo‗ladi:

  • milliy bozor ikkala institut uchun ham bir butun bo‗lganligi va undagi ularning manffatlari davlat (halq, jamoatchilik) manfaatlaridan kelib chiqadi;

  • moliya bozori alohida yuqori darajada tashkillashgan murakkab iqtisodiy- huquqiy munosabatlar tizimi bo‗lganligi va unda turli hil qatnashchilar va davlatning o‗zaro manfaatlari ba‘zan konflik hollarda bir-biriga mos kelavermasligi sababli davlat va professional qatnashchilar manfaatlarining optimal balansini samarali ta‘minlash zarurligi;

  • moliya bozori turli omillarga ta‘sirchan bo‗lganligi sababli krizislar vujudga kelishi va bu krizislardan chiqish uchun ham davlatning, ham bozorning boshqa qatnashchilarining kuchlarini operativ safarbar qilish zarurligi;

  • moliya bozori faoliyat mexanizmi faqat uning barcha qatnashchilari tomonidan uyg‗unlikda harakatga keltirilishi mumkinligi;

  • moliya bozoriga oid ishlab chiqilgan qonun hujjatlari loyihalarini bozor professionallari, emitentlar va investorlar o‗rtasida muhokama qilib amaliyotga kiritish maqsadga muvofiqligi;

  • moliya bozorini faqat davlat tomonidan tartiblashtirish bilan bog‗liq sarf- harajatlarning kattaligi va h.k.






23 А.Рот, А.Захаров, Б.Златкис, Я.Миркин, Б.Борн, Р.Бернард, П.Баренбойм, А.Хит. Основы государственного регулирования финансового рынка.-М.: Юридический Дом «Юстицинформ», 2003.-бб.240-259.
  1. Moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish modellari


Tartiblashtirish tizimlarini yana quyidagi belgilar bilan ham tasniflash mumkin:
Pog„onalariga ko‗ra tartiblashtirish global ko‗p (5) pog‗onali (bir-biri bilan bog‗liq tartiblashtirishning xalqaro, milliy, regionallararo, regional va munitsipal pog‗onalari) va milliy ko‗p pog‗onali (federal, regional, munitsipal pog‗onalar) muvofiqlashtirish va nazorat qilish modeli ko‗rinishida bo‗lishi mumkin.
Tartiblashtirish usullari bo‗yicha – administrativ, indikativ (makroiqtisodiy), makroregulyatorli (9.5 paragrafga qaralsin) va gibrid (aralash) usullariga asoslangan modellar. Bu modellarda moliya bozoriga umumiqtisodiy darajadagi bilvosita (kredit-pul, budjet-soliq, ijtimoiy, valyuta, xususiylashtirish va h.k. siyosatlar negizida) va bevosita (administrativ) ta‘sir ko‗rsatishga asoslangan bo‗lishi mumkin.
Tartiblashtirishning milliy tizimini tashkillashtirishda qabul qilingan yondashuvlari bo‗yicha – hukumat tomonidan to‗g‗ridan to‗g‗ri tartiblashtirish (masalan, Irlandiya, Niderlandi, Portugaliya), moliya va bank tizimlarini regulyatorlari bo‗lmish organlar tomonidan tartiblashtirish (masalan, Belgiya, Daniya, Yaponiya, Qozog‗iston), maxsus tuzilgan vakolatli davlat tashkiloti tomonidan tartiblashtirish (masalan, AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya, Ispaniya va h.k.), vakolatli davlat organlari va O‗O‗M tashkilotlari bilan birgalikda tartiblashtirish modellari.
Manfatlarni himoyalanishi bo‗yicha – davlat manfaatlariga (Pokiston, Eron), yirik (strategik) investorlar manfaatiga (Germaniya, Fransiya, Belgiya va h.k.), minoritar (mayda) investorlar manfaatlariga (anglo-sakson), aralash manfaatlarga qaratilgan tartiblashtirish modellari.
Iqtisodiy tuzum shakli bo‗yicha – ochiq (barcha industrial hamda ko‗pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar) va yopiq (Eron, Pokiston va shu kabi yopiq ravishda rivojlanayotgan davlatlar) iqtisodiyot modellariga asoslangan tartiblashtirish modellari.
Moliya bozori modellari bo‗yicha – mumtoz (anglo-sakson), kontinental (asosan germancha), yaponcha-koreyscha, islomiy (Indonezii, Malayziya, Pokiston
va h.k.), aralash modellarga (3.3 va 3.4 paragraflarga qaralsin) asoslangan tartiblashtirish modellari.
Jahon amaliyotidagi moliya bozorlarini tartiblashtirish modellari samaradorliligini 1-chi, 2-chi va 3-chi ilovalarda keltirilgan natijaviy analitik ma‘lumotlardan ko‗rish mumkin. Aytish mumkinki, ushbu ma‘lumotlar asosida turli mamlakatlarda qabul qilingan tartiblashtirish modeli faoiyati sifatiga baho berish mumkin.

  1. Download 0,62 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish