O„zbekiston respublikasi


Emitentlarning siyosati va moliya bozoridagi roli



Download 0,62 Mb.
bet38/108
Sana26.04.2022
Hajmi0,62 Mb.
#583092
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   108
Bog'liq
ARM Alladustov R.D. Moliya bozori va birja ishi. O\'-q 2019

Emitentlarning siyosati va moliya bozoridagi roli.


Emitentlarga qo‗yiladigan asosiy talablar: transparentlilik (informatsion shaffoflik), ishonchlilik, barqarorlik, raqobatbardoshlilik, moliyaviy xavfsizlik asosida o‗z moliyaviy instrumentlarining likvidlilik, daromadlilik, risksizlilik va bazisiga nisbatan ekvivalentlilik darajasini ta‘minlashdan iborat.


Emitentning transparentlilik darajasi (ya‘ni adekvat informatsion transparentililik) uning barcha operatsiyalari va ularga oid informatsiyalar sonining bir-biriga tengligi, o‗zaro adekvatliligi (to‗g‗riligi, aniqligi, o‗z vaqtidaliligi, ishonchliligi) bilan belgilanadi.
Bu indikatorni (ya‘ni adekvat informatsion transparentlilikni – A(T)) baholash uchun quyidagi mezonni (kriteriyni) qo‗llash mumkin:
min A(T) = AT (qonun bilan va moliya bozori tomonidan o‗rnatilgan
tartibga talab qilinadigan informatsiyalar soni va sifati miqdori ko‗paytmasi) – AR (emitent tomonidan real ta‘minlab berilgan informatsiyaning soni va sifati miqdori ko‗paytmasi).
Bunda informatsiyaning sifat miqdori emitentning moliya bozoridagi imidjini tashkil etuvchi va holati sifatini belgilovchi iqtisodiy (moliyaviy), korporativ boshqaruvi, moliyaviy instrumentlari va boshqa ko‗rsatkich-lari asosida baholanishi mumkin bo‗lgan rentingi va/yoki reytingi yordamida ifodalanadi. Informatsiyalar soni esa emitent tomonidan berilishi lozim bo‗lgan hisobotlar va ma‘lumotlar miqdoridan kelib chiqadi.
Dunyoning barcha mamlakatlari moliya bozorlarida eng asosiy, salmoqli va sifatli emitent sifatida vakolatli davlat organlari (Moliya vazirligi, Markaziy bank) hisoblanadi. Keyinggi o‗rinda esa mahalliy hokimiyatlar (meriyalar, munitsipalitetlar, hokimiyatlar) turadi.
Davlat organlarining professional emitent sifatidagi faoliyatlari davlat moliyaviy instrumentlarini (milliy valyutasi va qimmatli qog‗ozlarini) davlatning iqtisodiy siyosatini yuritish maqsadida chiqarish orqali amalga oshiriladi. Huddi shu maqsadda davlat organlari professional investitsion faoliyatni va professional moliya instituti operatsiyalarini ham amalga oshiradi. Bu faoliyatlar bilan birga vakolatli davlat organlari moliya bozorini tartiblashtirishni (muvofiqlashtirish va nazorat qilishni) amalga oshiradi.
Emitentlar moliya bozorida moliyaviy instrumentlarini chiqaruvchi va ularni real bazisiga bo‗lgan ekvivalentlilik darajasini ta‘minlovchi institutlar rolini bajaradi. Boshqacha qilib aytganda, emitentlar o‗zlarining moliyaviy instrumentlari sifat ko‗rsatkichlarini aks ettiruvchi biznes kapitali rolini bajaradi.
Qimmatli qog‗ozlar emissiyasidagi majburiyatlar bo‗yicha javobgarlik emitentlarning zimmasidadir.
Emitentlar qonunchilikka muvofiq investorlar oldida ularga yetkazilgan zarar uchun quyidagi holatlar bo‗yicha mulkiy javbogar:

  • investorlar talabiga asosan qimmatli qog‗ozlar bozorida investorlar huquqlarini himoya qilish to‗g‗risidagi qonunchilikda belgilangan ma‘lumotlarni taqdim qilmaslik yoki noto‗g‗ri ma‘lumotlar taqdim qilish;

  • qimmatli qog‗ozlar emissiyasining belgilangan tartibini buzish;




  • qimmatli qog‗ozlarning insofsiz reklamasini amalga oshirganlik, qimmatli qog‗ozlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‗yxatdan o‗tkazilmagan chiqarilishining reklamasi, shuningdek muomalada bo‗lishi qonun bilan taqiqlangan qimmatli qog‗ozlarning reklamasi uchun;

  • investorlar bilan ularning qimmatli qog‗ozlar bozorida investorlar huquqlarini himoya qilish to‗g‗risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlarini cheklaydigan, emitentlarning javobgarligini cheklaydigan shartnomalarni tuzish;

  • aniqlangan hiyla-nayrang ishlatish faktlari va qimmatli qog‗ozlar bozoridagi boshqa qoidabuzarliklar, shuningdek qimmatli qog‗ozlar, qimmatli qog‗ozlarning emitentlari, qimmatli qog‗ozlarga doir narxlar to‗g‗risida, shu jumladan reklamada qasddan buzib ko‗rsatilgan axborotni taqdim etish yo‗li bilan investorlarni qimmatli qog‗ozlarni sotib olish va sotishga da‘vat qilganlik uchun;

  • investorlar bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini bajarmagan-lik yoki lozim darajada bajarmaganlik, shuningdek investor bilan tuzilgan shartnomada qayd etilganidan farq qiladigan shartlarda bitim tuzganlik uchun.

      1. Download 0,62 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish