O„zbekiston respublikasi


Moliya bozorlarida davlat moliya institutlarining faoliyati va roli



Download 0,62 Mb.
bet46/108
Sana26.04.2022
Hajmi0,62 Mb.
#583092
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   108
Bog'liq
ARM Alladustov R.D. Moliya bozori va birja ishi. O\'-q 2019

Moliya bozorlarida davlat moliya institutlarining faoliyati va roli


Umuman olganda, davlat moliya budjet tashkilotlari – bu moliyaning alohida faoliyat sohasi bo‗lib, moliya bozori orqali davlatning moliyasini boshqarish negizida iqtisodiy siyosatni (monetar va fiskal) mamlakat iqtisodiyoti manfaati yo‗lida amalga oshiruvchi moliyaviy institutlar hisoblanadi. Bunday institutlarga Moliya vazirligi, Davlat G‗aznasi, Markaziy bank, mahalliy hokimiyat organlari, moliya (yoki qimmatli qog‗ozlar) bozorini tartiblashtiruvchi vakolatli davlat organi (ba‘zi mamlakatlarda bu organ moliya bozori makroregulyatori (megaregulyatori) maqomiga ega) kiradi. Ularning har biri o‗ziga mos siyosatni amalga oshirish maqsadida moliya bozorida faoliyat yuritadi.
Davlat moliya institutlari faoliyatining maqsadi, vazifalari, funksiyasi, faoliyat mexanizmi, hossa va xususiyatlari evaziga moliya bozori tarkibida alohida segment – davlat kapitali va xizmatlari bozori faoliyat yuritadi va rivojlanadi. Bunda ular kredit- pul, budjet-soliq, investitsiya, emissiya siyosatlarini yurituvchi, demak davlatning moliyaviy instrumentlari va resurslari bilan bog‗liq operatsiyalar institutlari va davlat regulyatori, davlatning moliyaviy resurslari va instrumentlari akkumulyatori va mos ravishda yirik investitsiyalar manbai, institutsional investor, professional emitent va vositachi sifatida namoyon bo‗ladi.
Ko‗rinib turibdiki, davlatning bo‗nday moliya institutlari banklar, sug‗urta kompaniyalari va investitsiya institutlari bilan birga moliya bozorining professional, o‗ta zarur, foydali va eng salmoqli na faqat qatnashchilaridan, balki regulyatori hisoblanadi.
Shunday qilib, davlatning vakolatli moliya institutlari umuman iqtisodiyotda, xususan moliya bozorida quyidagi rollarni bajaradi:

  • monetar (kredit-pul) va budjet-soliq (fiskal) siyosatlarini mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy o‗sishi yo‗lida uyg‗unlikda ta‘minlovchi regulyativ institutlar;

  • davlat ehtiyojlari va iqtisodiyot subyektlari uchun pul, valyuta, kredit, boshqa moliyaviy instrumentlar va resurslar bilan bog‗liq operatsiyalar bo‗yicha professional tarzda faoliyat yurituvchi institutlar;

  • moliyaviy resurslar va instrumentlar akkumulyatori, yirik investitsiyalar manbai;

  • institutsional investor (belgilangan tartibda);

  • pul (faqat Markaziy bank) va davlat qimmatli qog‗ozlari emitenti (belgilangan tartibda);

  • vakolatli davlat kompaniyalari (masalan, Markaziy depozitariysi, budjetdan tashqari fondlari va h.k. kompaniyalari) va tashkilotlari (Davlat mulki Qo‗mitasi, Davlat soliq va bojxona Qo‗mitalari, tashqi iqtisodiy faoliyat vazirligi va h.k.) orqali moliya bozoriga regulyativ ta‘sir qiluvchi va professional xizmat ko‗rsatuvchi institut va h.k.

Moliya bozorida davlat o‗zining qimmatli qog‗ozlari emitenti va zarur obyektlarni moliyalashtiruvchi sifatida quyidagi maqsadlarni ko‗zlaydi:

  • joriy budjet defitsitini (kamamadini) moliyalashtirish;




  • avval chiqarilgan qarz majburiyatlarini so‗ndirish;




  • davlat budjetining kassa ijrosini ta‘minlash;




  • soliq to‗lovlarining notekis tushumini tekislash;




  • tijorat banklarini likvid rezerv aktivlar bilan ta‘minlash;




  • davlat va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan amalga oshirilayotgan maqsadli loyiha dasturlarini moliyalashtirish;

  • ijtimoiy ahamiyatga ega tashkilot va muassasalarni qo‗llab-quvvatlash va h.k. Aytish joizki, pul emissiyasi ham davlat siyosatining instrumenti (soliqqa tortish darajasi va davlat haridlari singari) hisoblanadi. Ushbu funksiyani Markaziy bank amalga oshiradi. Bunda u quyidagi regulyativ instrumentlarda foydalanadi: ochiq moliya bozorlaridagi operatsiyalar, banklar uchun majburiy rezerv miqdorini

belgilash, qayta moliyalashtirish stavkasini o‗rnatish.
Umuman olganda, davlat o‗z harajatlarini moliya bozori orqali quyidagi uch usul bilan moliyalashtirishi mumkin: soliq tushumlarini oshirish, aholidan qarz mablag‗larini jalb qilish, qo‗shimcha pul chiqarish (inflyatsiya xavfini hisobga olgan holda).

    1. Download 0,62 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish