Asbob va jihozlar
Laboratoriya universal ta’minlash manbayi, voltmetr, ampermetr (milliampermetr, mikroampermetr), reostat, iste’molchi (elektr chirog‘i - 13,6 V ga mo‘ljallangan), o‘quv laboratoriya ommetri – O‘LOM-01, turli qarshilikli o‘tkazgichlar, kalit va ulash simlari.
Laboratoriya universal ta’minlash manbayi
|
Voltmetr
|
Ampermetr (milliampermetr, mikroampermetr)
|
Reostat
|
|
|
|
|
Elektr chirog‘i
|
O‘quv laboratoriya ommetri – O‘LOM-01
|
Turli qarshilikli o‘tkazgichlar
|
Kalit va ulash simlari
|
|
|
|
|
|
Fizikadan proyeksion ko‘rgazmali-metodik qo‘llanmalar komplekti – 45–48- betlar; rangli plakatlar komplekti – 18–22 - betlar.
Dars boshida elektr o‘lchov asboblari ampermetr, voltmeter va reostatning elektr zanjiriga ulanishi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beriladi. Tajriba vaqtida elektr o‘lchov asboblaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish eslatib o‘tiladi. Tajriba natija va xulosalarini yozib olish tavsiya qilinadi.
O‘lchov asboblari to‘g‘risida ma’lumot
Elektr bo‘limida laboratoriya ishlarini bajarishda asosan elektr o‘lchov asboblaridan foydalaniladi. Elektr o‘lchov asboblari jumlasiga laboratoriya universal ta’minlash manbayi, voltmetr, ampermetr (milliampermetr, mikroampermetr), ommetr, reostat, reoxord, iste’molchi (elektr chirog‘i), kalit kabilar kiradi. Barcha laboratoriya ishlarida asosan laboratoriya universal ta’minlash manbayidan keng foydalaniladi. Laboratoriya universal ta’minlash manbayi 42V o‘zgaruvchan tok tarmog‘iga ulanib, iste’molchilarga 4, 6, 8, 10, 12 V li o‘zgarmas va o‘zgaruvchan kuchlanishli elektr tokini berish imkoniyatiga ega. Shuningdek, manba bir vaqtning o‘zida ampermetr, voltmetr, ommetr, termometr, lahza o‘lchagichni va shu kabi asboblarni tok bilan ta’minlash tarmoqlariga ega. Bu tarmoqlar manbaning orqa tomoniga o‘rnatilgan bo‘lib, tarmoq o‘rindig‘ining ustiga 8V, 8V, 5,5V/8V , ±5,5V/8V kuchlanish qiymatlari yozib ko‘rsatilgan. Laboratoriya universal ta’minlash manbayining old va orqa tomondan ko‘rinishi quyida keltirilgan.
Laboratoriya universal ta’minlash manbayini ishga tushirish uchun U ~ 42 V o‘zgaruvchan kuchlanishli tarmoqqa ulanadi. Laboratoriya universal ta’minlash manbayi old tomonining o‘ng chetidagi tarmoq kalitini 0 holatdan 1 holatga ko‘tarib uni ishga tushiriladi. Agar tarmoq kalitining ustidagi chiroqcha yonsa u holda laboratoriya universal ta’minlash manbayining ishga tayyor ekanligini anglatadi. Tarmoq kalitining 1 holatida kalit ustidagi chiroqcha yonmasa, u holda laboratoriya universal ta’minlash manbayini o‘zgaruvchan ~42V tok tarmog‘idan uzib, qurulma orqasiga o‘rnatilgan saqlagich tekshirib ko‘riladi. Agar u ishdan chiqqan bo‘lsa, o‘rniga ishlaydigan saqlagich qo‘yib ishga tushiriladi.
Laboratoriya universal ta’minlash manbayi chiqish qismining musbat (+) va manfiy (-) klemmalaridan iste’molchilarga o‘zgarmas tok kuchlanishi, ~ klemmalaridan esa iste’molchilarga o‘zgaruvchan tok kuchlanishi beriladi. Tarmoq kalitining chap tomoniga o‘rnatilgan murvat yordamida iste’molchilarga 4, 6, 8, 10 va 12V bo‘lgan o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok kuchlanishlari beriladi.
Endi elektr o‘lchov asboblari yordamida ayrim fizik kattaliklarni o‘lchashni o‘rganamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |