О`zbekiston respublikasi



Download 1,46 Mb.
bet36/43
Sana16.03.2022
Hajmi1,46 Mb.
#498457
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43
Bog'liq
STEAM ТАСДИКЛАНГАН

Mavzu yuzasidan savollar:





  1. MTT da bolalarni multstudiyaga o‘rgatish yo‘llarini yoriting.

  2. Maktabgacha yoshdagi bolalarga multstudiya STEAM ta‘lim moduli sifatida ―Men dunyoni yarataman dasturini o‘rganing.

  3. MTT da bolalarni multstudiyaga o‘rgatishda qanday multimedia vositalaridan foydalaniladi?
    1. amaliy mashg`ulot Mashg`ulot turi: amaliy


Mavzu: Maktabgacha ta`limda STEAM ta`lim texnologiyasidan foydalanishning mohiyati

Mashg`ulot rejasi:


  1. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida STEAM ta‘lim texnologiyasi.

  2. STEAM ta‘lim texnologiyasi.

  3. STEAM ta‘lim texnologiyasini amaliy qо`llash usullari.



Т-texnologiyasi


Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida STEAM ta‘lim texnologiyasi

afzalliklari yutuqlari








    1. amaliy mashg`ulot Mashg`ulot turi: amaliy

Mavzu: STEAM ta`lim texnologiyasini maktabgacha ta`limda qo`llashning me`yoriy-uslubiy asoslari


Mashg`ulot rejasi:

  1. Maktabgacha ta‘lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi

  2. ―Ilk qadam davlat dasturida bo‘yicha maktabgacha yoshdagi bolalarga STEAM ta‘lim texnologiyasi asosida ta‘lim-tarbiya berish masalalari.



Amaliy ishning maqsadi: STEAM ta‘lim texnologiyasini maktabgacha ta‘limda qo‘llashning me‘yoriy-uslubiy asoslarini o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish.

Maktabgacha ta‘lim tizimida «Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qо`yiladigan davlat talablari» va «Ilk qadam» о`quv dasturining ishlab chiqilishi, amaliyotga tadbiq etilgani maktabgacha ta‘lim sohasidagi ta‘lim- tarbiya jarayonini samarali amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi.


Maktabgacha ta‘lim tashkilotlari barcha yosh guruhlarida tashkil etilgan rivojlantiruvchi markazlaridagi jarayonlar bolalarning doimiy ravishda yangi bilimlarni о`zlashtirishga, mustahkamlashga yordam beradi. Bolalarni о`z bilimini mustaqil ravishda tо`ldirib borish, bо`layotgan yangilanish jarayonlariga munosib moslashib borishga о`rgatish rivojlanish markazlarining asosiy maqsadidir.
―Ilk qadam о`quv dasturi asosida tashkil etilgan rivojlanish markazlari bolalarda quyidagi sifatlarni tarkib toptiradi:

  • о`zgarishlarni qabul qilish va amalga oshirish;

  • tanqidiy fikrlash, dunyoqarashni shakllantirish;

  • erkin tanlashni amalga oshirish;

  • muammolarni о`rganish va uni hal eta olish;

  • ijodiy va mantiqiy tafakkur va ixtirochilik imkoniyatlarini namoyon etish;

  • davlat, jamiyat, atrof-olam tо`g`risida g`amxо`rlik qilish;

  • ilk bunyodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish;

  • tabiiy-ilmiy bilimlarga ega bо`lish, kichik tajribalarni о`tkazish;

  • kommunikativ qobiliyatlarini tarkib toptirish;

  • atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi.

Tо`g`ri va oqilona tashkil etilgan sog`lom ijtimoiy-ma‘naviy muhit bolalarda izlanishga, tashabbus kо`rsatishga va ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon etishga rag`bat uyg`otadi. Bunda tarbiyachilar bola rivojlanishi qanday kechayotganligi tо`g`risida aniq tasavvurga ega bо`lishlari, buning uchun esa ularni doimiy ravishda nazorat qilib borishlari kerak bо`ladi.
Tarbiyachi о`quv materialini bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ularga munosib tarzda yetkazadilar. Maktabgacha ta‘lim muassasalarida pedagogik jamoaning о`rni shundan iboratki, ular har bir bolaning qiziqishi, qobiliyati va ehtiyojini inobatga olgan holda mos keladigan maqsadlar qо`yishlari, bolalardagi tabiiy qiziqishlarni qо`llab-quvvatlashlari, ularda borliqni birgalikda о`zlashtirish kо`nikmalarini shakllantirishlari kerak.
Bola rivojlanishining о`ziga xosligini inobatga olishda avvalo shuni tushunib yetish kerakki, barcha bolalar rivojlanishning ma‘lum bosqichlarini bosib о`tadilar, biroq bunda har bir bola noyob va takrorlanmasdir. Tarbiyachilar bolalarni aynan bir xil, о`xshash narsalar va faoliyat turlari bilan ta‘minlashlari uchun ularning о`ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan rivojlanish kо`rsatkichlari tо`g`risida tо`liq tasavvurga ega bо`lishlari lozim. Shuningdek, tarbiyachilar bir xil yoshdagi turli bolalarning qobiliyatlari va qiziqishlaridagi farqlarga e‘tibor bilan munosabatda bо`lishlari kerakligini mutaxassislar alohida ta‘kidlashadi.
Bunda bola rivojlanishining о`ziga xosligiga doir bolalar qiziqishlariga javob beruvchi faoliyat turlari, ya‘ni ularning aqliy, ijtimoiy va ma‘naviy yetuklik darajasi nazarda tutiladi. Bunday faoliyat turlari bolalarning tabiatga qiziqishlariga, tajribadan qoniqish hosil qilishlariga va о`z g`oyalarini tajribada sinab kо`rish xoxish-istaklariga qaratilgandir. Bunda bolalarda paydo bо`lgan savollarga о`zlari javob topishiga yordam berish muhim ahamiyatga ega. Negaki, savolga javob izlash barobarida bolada qiziqish, dalillash va e‘tibor berish avtomatik tarzda faollashadi. Bunda tarbiyachining roli savolni soddalashtirmasdan va bolani kо`p axborot bilan chalg`itmasdan uni qoniqtiradigan javob topish yо`llarini birgalashib qidirishdan iboratdir.
Rivojlanish markazlaridagi ta‘lim jarayonida bolalarning о`zlari tegishli rivojlanish markazini ixtiyoriy tanlay boshlaydilar. Bolalarni mustaqil guruhlarda ishlashi, kichik jamoa bо`lib ishlashda tarbiyachi shunday faoliyat turlarini о`ylab topadiki, unda barchaga birdek kо`rsatma berilsa-da, biroq har bir bola undan kelib chiqqan holdaa о`zi mustaqil ravishda muvaffaqiyatga erishishiga imkon beriladi.
Epchillik va topqirlik talab etiladigan faoliyat turini tanlagan va bolalarni diqqat bilan kuzatgan holda tarbiyachi zaruriyat tug`ilib qolsa topshiriq va materiallarni о`zgartirishi yoki moslashtirishi mumkin.
―Ilk qadam о`quv dasturi asosida maktabgacha ta‘lim muassasalarida quyidagi rivojlanish markazlari faoliyati yuritmoqda:

  • Qurilish-konstruksiyalash va matematika markazi

  • Syujet-rolli о`yinlar va sahnalashtirish markazi

  • Til va nutq markazi

  • Ilm-fan va tabiat markazi

  • San‘at markazi

  • Musiqa va ritmika markazi.

Rivojlanish markazlari bolalarga о`zlarining shaxsiy kо`nikmalari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ta‘lim-tarbiya jarayonini mustaqil individuallashtirish imkoniyatini beradi. Masalan, san‘at markazida bir bola qog`oz qirqadi, boshqa bola esa shu qog`ozdan qaychi bilan о`zi о`ylagan shaklchani kesib oladi. Stol ustida о`ynaladigan о`yinlar markazida bir bola tо`rtta yog`och kubikdan shakl yasaydi, boshqa birovi esa yigirma besh bо`lakli karton qog`ozli tasvirni tuzishni ma‘qul kо`radi. Tarbiyachi jarayonda bolalarni kuzatadi va ularning rivojlanishiga daxldor fikrlarni yozib boradi. Ancha vaqtdan sо`ng u bolalarga vazifani murakkablashtiruvchi materiallarni taklif etadi yoki vaziyatga qarab ana shu vazifalarni bajarishda bolaga tо`g`ridan tо`g`ri yordam beradi. Bunday yо`l tutish tufayli bola yaxshi sur‘atda о`sib-ulg`ayishi mumkin.
Tarbiyachilar rivojlanish markazlarida bolalarning yordamchilari rolini о`ynaydilar, mashg`ulotlar olib boriladigan joyda imkoniyatlar kengligini ta‘min etadilar va har bir bola individual rivojlanishi darajasini egallay olgan xolda faoliyat turlarini rejalashtiradilar. Kun tartibi turli mashg`ulot turlarini о`zida qamrab olishi lozim: kichik guruhlarda birgalikda va tarbiyachi hamkorligida yakka tartibda (individual) yoki mustaqil ular tomonidan tanlagan mashg`ulotlarga vaqt ajratish kerak, chunki bolalar ongli tanlab olishni о`rganadilar, о`z qiziqish va qobiliyatlarini amalga oshiradilar.
Tarbiyachi rivojlantiruvchi markazlarga rahbarlik qilishda bolalarning о`z tanlovlarini amalga oshirishi, muammolarni hal etishi, atrofdagi kishilar bilan birgalikda harakat qilishi, individual maqsad qо`yishi va unga erishishni bilishlari lozim.
Tarbiyachining eng muhim vazifasi – rivojlanish markazlarida bolalarning muloqotga kirishishga bо`lgan qiziquvchanligini rag`batlantiruvchi muhitni yaratish va bolalarning о`zgaruvchan ehtiyojlariga qarab, о`z vaqtida kerakli sharoitlarni moslashtirgan xamda ularni kuzatishdan iborat. Individual yoki kichik guruhlar uchun topshiriqlar ota-onalar bilan suhbatlashgandan sо`ng, qaysidir kо`nikmalarga alohida e‘tibor berish uchun ishlab chiqiladi.
Ota-onalar va oilaning boshqa a‘zolari mashg`ulotlarga kelib kuzatar ekanlar, ular о`z farzandlarida ishtiyoqning ortib borayotganligini, intilishning о`sayotganligin his etadilar va ta‘lim jarayoni qanday ketayotganligini, kelajakda bilimli, ijodkor kishilar bо`lish uchun bolalar qanday о`zaro muloqot qilayotganliklari, kirishib ketishi, izlanayotganliklari, erkin tanlash imkoniyatini amalda qо`llayotgani va bilim hamda kо`nikmalarni egallayotganliklarining guvohi bо`ladilar.

    1. Download 1,46 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish