292
Bu vazifani bajarish uchun, tarixiy manbalarda ko‘rsatilishicha, 4 kishilik guruh
belgilangan. Unga yana Zayd ibn Sobit rahbarlik qilgan, uning tarkibiga Qur’onni yaxshi bilgan
sahobalardan Abdulloh ibn az-Zubayr, Sa’d ibn al-Os, Abd ar-Rahmon ibn Xoris, ibn Xishom
kiritilgan. Bu guruh barcha nusxalar va topilgan suralarni qaytadan tekshirib taqqoslash asosida
yagona nusxani tayyorlagan. Ilgarigi shaxsiy nusxalarning barchasi kuydirib yo‘qotilgan.
YAngidan dastxat qilingan yagona nusxa «Musxaf», aniqrog‘i «Xalifa Usmon Musxafi» deb
nom olgan.
Musxaf - qadimiy arab tilida pergament, ya’ni o‘rama qog‘ozni anglatgan. «Musxaf»
kufa yozish usulida va saj’ shaklida (g‘azal) yozilgan. Unga xalifa Abdul Malik (685-705 yy) va
Iroq hokimi al-Xajjoj (694-714 yy.) davrida asos solgan. Asosan 697 yilda adib Abdul-Asvad ad-
Duvaliy tomonidan harflarning ustiga va ostiga nuqtalar qo‘yib chiqilib, Qur’onni o‘qishdagi
chalkashliklarga barham beril-gan. Lekin «Usmon Musxafida» bu nuqtalar yo‘q edi.
Qur’on VII asrga oid qadimiy yodgorlik bo‘lgani sababli ichki tuzilishi, yozilish uslubi,
mazmuni, iboralari jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan kitobdir.
U 114 ta sura, 6236 oyatdan iborat. Suralar «oyatlar to‘plami» («oyatlar tizmasi»)
ma’nosini bildiradi. «Oyat» so‘zi faqat Qur’oniy o‘ziga xos ibora bo‘lib «mo‘‘jiza», «ilohiy
belgi» ma’nosini anglatadi.
Qur’on matni sura va oyatlardan tashqari yana 30 ta «juz’» (o‘zbekcha «pora») ga
bo‘lingan. Juz’ - keyinchalik Qur’on matnini o‘qishga oson bo‘lishi uchun teppa-teng 30 ga
bo‘linganligidan paydo bo‘lgan.
Masalan. Qur’ondagi eng katta 2-al-Baqara surasi ikki poradan ko‘proq, keyingi 37 ta
kichik suralar jamlanib bir poraga kiritilgan.
Suralar Qur’onda o‘z mazmuniy izchilligiga yoki nozil bo‘lgan vaqtiga, ya’ni muddatlar
tartibiga qarab emas, balki hajmiga qarab joylashtirilgan. Bundan faqat bir necha sura mustasno.
Masalan, faqat 7 ta oyatdan iborat 1-sura («Fotiha») oldinga joylashtirilgan, chunki bu sura
mazmuni iymon uchun juda muhim hisoblanadi.
Suralardan 90 tasi Makka davrida va 24 tasi Madina davrida nozil bo‘lgan. Qur’onda
diniy-falsafiy tasavvurlar va rivoyatlar: qabila-urug‘chilik hayot tarziga xos an’ana, urf-odat va
marosimlar, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy va ahloqiy qonun va
qoidalar, jumladan, oila-nikoh, ajdodlar va avlodlarga munosabat, mulkchilik va vorisilik, savdo-
sotiq va qarz muammolariga xos ko‘rsatmalar o‘z ifodasini topgan. Qur’onning insof, vijdon,
halollik kabi ahloqiy ta’limotlari umumbashariy qadriyat hisoblanadi.
Qur’on xalq orasida uni yoddan o‘qiydigan «qorilar» orqali keng tarqalgan. Lekin
«qorilar» Qur’onning mazmuni bilan deyarlik shug‘ullanmaydilar, ular faqat oyatlarni qiroat
bilan o‘qishga odatlanganlar.
Qur’onning mazmunini izohlash (tafsir qilish) bilan shug‘ullanadigan ulamolar
«mufassirlar» (ya’ni tafsirchilar) deb ataladi. Islomdagi «ahli sunna» (Sunniylar yo‘nalishi) da 6
ta tafsirchi: at-Tabariy 838-924 yillar), as-Saolibiy (1036 yilda vafot etgan), az-Zamahshariy
(1074-1143 yillar Xorazmdan), Faxriddin ar-Roziy (vafoti 1209 y.), qozi al-Bayzoviy (vafoti
1282 y.) va Jalolayn SHayx at-Tabarsiy (XIII asr) tafsiri eng obro‘li sanaladi.
Qur’onda diniy-falsafiy dunyoqarash, iymon va e’tiqod asoslari undagi aqidalarda bayon
qilingan.
Qur’onda sunniy yo‘nalishdagi musulmonlar quyidagi 7 ta aqidaga e’tiqod qiladilar:
Do'stlaringiz bilan baham: