«Kubroviya tariqati odoblari (qoidalari):
1.
Tavba - murid qilgan gunohlari uchun pushaymon bo‘ladi.
2.
Zuhl fi dunyo - murid mol-mulk, boyligidan voz kechadi.
3.
Tavakkul al-Alloh - murid Xudoga chuqur ishonib, unga e’tiqod qiladi.
4.
Qanoat - murid mol-mulkdan voz kechib, sabr-qanoat qilishi zarur.
5.
Uzlat - murid ko‘proq yolg‘iz qolib, o‘zini botinan chiniqtirib borishi kerak.
6.
Mulozimat al-zikr - murid xudo nomini doimo tilga olib, uning sha’niga zikr samo’ qilish
shart.
7.
Tavajju’ al-Alloh - murid butun vujudi bilan Allohga murojaat qilib yurmog‘i lozim.
8.
Sabr - murid shahvoniy, havoi havaslardan qutilmog‘i lozim.
9.
Murokaba - murid o‘z qalbini pastkashliklardan saqlamog‘i, riyo va makru xiylalardan,
nayranglardan xalos qilmog‘i shart.
10.
Rido - Xudoni tanigan (orif) va kone’, deb hisobla-mog‘i lozim. (Qarang:
O‘zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan lavhalar.T., «O‘zbekiston», 1993. 109-bet).
Butun musulmon sharqida eng keng tarqalgan yirik so‘fiylik tariqati naqshbandiylik ham O‘rta
Osiyoda shakllandi. Naqshbandiylik ta’limotining boshlang‘ich kurtak-lari buxorolik mashhur
tasavvufchilar YUsuf Hamado-niy (XII) hamda Abdulxoliq G‘ijduvoniy (XII-XIII) ta’limot-
larida olg‘a suriladi. Lekin bu shakllanayotgan yangi so‘fiylik tariqati Bahovuddin Naqshband
(1318-1389) tomonidan qiyomiga etkazildi va uning nomi bilan ma’lum bo‘ldi.
Bahovuddin Naqshband Buxoroga yaqin Kasri Xinduvon qishlog‘ida hunarmand oilasida
tug‘ilib o‘sdi. So‘fiylik ta’limotini, asosan, Buxoroda, O‘rta Osiyo shaharlarida Sayyid Amir
Koluliy, Orif Diggironi, Qosimshayx va Xalil otalardan o‘rgandi. O‘z ta’limotida yassaviylik va
g‘ijduvoniy ta’limotlarining ayrim tomonlarini birlashtirdi.
306
Naqshbandiylik tariqati ta’limoti Alloh yagona, ikki xil olam yo‘q, shuning uchun moddiy olam
talablariga moslashib yashamoq, uning lazzatidan bahramand bo‘lmoq, faol mehnat qilish, lekin
boylikka intilmaslik lozim deb hisoblaydi. Naqshbandiylik 4 tamoyil asosida hayot kechirishni
tavsiya etadi.
1.
Xilvatda anjuman - muridlar doimo muloqotda, birgalikda jamoada yashamoq, ular dardiga
ham, quvonchiga ham teng sherik bo‘lmoq, boylikka intilmaslik, kambag‘alarga yordam
bermoq.
2.
Safar dar vatan - hayotni o‘rganish, safarda, sayohatda bo‘lish, tabiatdan zavqlanish, his-
tuyg‘udan voz kechmaslik, bilimni oshirish, g‘am-alamga hadeb berilavermaslik.
3.
Nazar dar qadam - har bir qadamni o‘ylab bosish, foydali ishlar qilish, yaxshilikka mehnat
bilan intilish, bekorga vaqtni o‘tkazmaslik.
4.
Xush dar dam - inson bu olamning yakuni, u har doim tabiatdan, uning noz-ne’matlaridan
foydalanish, bahra olishi, qiyinchilikdan qo‘rqmalik, o‘z maqsadlarini ro‘yobga chiqarishi lozim.
B.Naqshband «qo‘l mehnatda, dil Allohda bo‘lsin» deydi, xudoga munojot, zikr, hamd-sanolarni
ovoz chiqarmasdan izhor qilishga da’vat qildi.
Xullas, naqshbandiylik insonni ulug‘laydi, uning hayotga, tabiatga faol munosabatda bo‘lishini
targ‘ib qiladi. U bunday ta’limotlari bilan, bir tomondan, hukmron din arboblari-ning
noroziligini, ikkinchi tomondan, aholining ijobiy munosabati, xayrixohligini kuchaytirdi. Bu
ta’limot Bahovuddindan so‘ng uning shogirdlari Alautdin Attor (vafoti 1440 yil) va Muhammad
Porso (1345-1420) tomonidan ma’lum tartibga solindi.
Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida naqshbandiylik g‘oyalari O‘rta Osiyo madaniy hayotida xalqni
uyushtirishda, uni mustaqilikka chorlashda ijobiy rol o‘ynaydi. Temuriylar davrida Abdurahmon
Jomiy, Xo‘ja Ahror, Alisher Navoiy tomonidan yanada bu oliy g‘oya qo‘llab-quvvatlandi. XV
asrning ko‘p shoir, mutafakkirlari bu g‘oyani oliy bosqichga ko‘tardilar. Naqshbandiylik ustun
ta’limot sifatida 2-3 asr davomida nafaqat O‘rta Osiyoda, balki Hindiston, Eron, Kavkaz orti,
arab mamlakatlarida ham keng targ‘ib qilindi.
O‘rta Osiyoda turli so‘fiylik ta’limotlarining ta’siri XIX asrlarga qadar davom etganini ko‘ramiz.
So‘fiyzm musulmon mamlakatlari hayotida muhim ijtimoiy-mafkuraviy va madaniy o‘rin
egalladi. U badiiy adabiyot, falsafa, musiqa, maorif, ta’lim-tarbiyaga katta ta’sir ko‘rsatdi. Turli
mamlakatlarning ijtimoiy-siyosiy hayotida shubhasiz so‘nmas iz qoldirdi.
Ilk Islom, hukmron diniy hokimiyat, yirik din arboblari ham har doim so‘fiylik ta’limotlariga,
tasavvuf oqimlari va birodarliklari, so‘fiylik markazlariga nisbatan salbiy munosabatda bo‘ldilar.
Ularga hurfikrlilik manbai, hukmron diniy aqidalar obro‘siga zarar etkazuvchi faoliyat manbai
deb qaradilar, ayrim hollarda ularga qarshi qoralash, quvg‘in qilish, jazolash usullarini ham
qo‘ydilar. Sababi: so‘fiylik «xalq islomi», SHo‘ro davrida uni tilga olish ta’qiqlandi, jaholat
deyildi. Bugun chuqur targ‘ib qilinayapti, o‘rganilayapti. Sababi undagi milliy umuminso-niy
qadriyatlardir. Tasavvufning milliy g‘oya uchun ahamiyati katta. XVI asrdan keyin so‘fiylikda
an’anaviylikdan chekinish, jaholatparastlikka burilish yuz berdi.
Abu Bakr (572-634 yy.) - islomda «xulofa ar-rashiddin» (to‘g‘ri yo‘ldan borgan xalifalar),
dindorlar o‘rtasida «choryorlar» deb atalgan, dastlabki 4 xalifadan birinchisi (622-634 yy.),
Muhammadning safdoshlaridan, uning qaynotasi (Oyshaning otasi). Yirik savdogar, Makkaning
Quraysh qabilasidan bo‘lib, islomdan oldin uning nomi Abdullot («Lot» xudosining bandasi)
bo‘lgan. Musulmon bo‘lgandan keyin Abdullo deb atala boshlagan. Abu Bakr Muhammad bilan
birga Makkadan YAsribga (Madinaga) ko‘chib o‘tgan (622 y.). Badr, Uhud, Xandaq va boshqa
janglarda ishtirok etgan. Muhammad vafotidan keyin Abu Bakr xalifalikka ko‘tarilgan. U arab
qabilalarini shafqatsiz bostirgan. Abu Bakr davrida Iroq va Suriya bosib olingan, sosoniylarga
(633 y.), Vizantiyaliklarga qarshi, Falastin erlariga (634 yil) qo‘shinlar yuborilgan va
Arabistonda islom mustahkamlangan.
Abu Suf’yon - ilk islom davrida yirik savdogar va Makka qurayshlarining zadogoni. Makkada
Muhammadga va uning diniy targ‘ibotiga qarshi kurashib, uni ta’qib qilgan, keyinchalik Madina
307
davlati kuchaya boshlagach, o‘z xonadoni vakillarining islom davlatida ta’sirli o‘rin egallashini
ta’minlash maqsadida Muhammad bilan yarashgan. 630 yilda Makkani musulmonlarga jangsiz
topshirgan, xalifa Usmon davrida Abu Suf’yonning o‘g‘li Muoviya Suriya hokimi etib
tayinlangan. Keyinchalik, Ali vafotidan keyin (661 y.), xalifalik hokimiyatini qo‘lga olgan.
Muoviya ummaviylar sulolasiga asos solgan.
Abu Xanifa an-No‘‘mon ibn Sobit (taxallusi Imomi A’zam) (699-767 yy.) - sunniylikdagi
xanifiya mazhabining asoschisi va islom ilohiyotchisi, faqixlardan biri. Kelib chiqishi forslardan.
SHariat huquqini sistemaga solgan, qiyosni tadbiq etgan, istihosi (manbalar asosida chiqarish
mumkin bo‘lgan xulosa yoki hukmlardan musulmonlar jamoasi uchun maqbulrog‘i va
foydalirog‘ini qabul qilish) tamoyillarini ishlab chiqqan, mahalliy huquq normalarini (odatni)
shariat bilan kelishtirib qo‘llashni joriy etgan, huquqshunoslikka ratsionalizm elementlarini
kiritgan. Xalifalikning bosh qozisi vazifasini zimmasiga olishdan bosh tortgani uchun Xanifa
Mansur (hukmronlik yillari 754-775 yy.) tomonidan qamalgan va zindonda kaltaklab o‘ldirilgan.
Undan yozma asarlar qolmagan, ayrim manbalarga ko‘ra «Buyuk huquqshunoslik» (al-Fiqx al-
Akbar) nomli mashhur kitobning muallifi hisoblanadi.
Azon (arab. namozga chaqirish) - islomda har kuni besh mahal o‘qiladigan namoz vaqtini e’lon
qilish va unga da’vat etish. Namozga har bir masjidda maxsus kishi - muazzin (arab. «azon
aytuvchi») chaqiradi. Azon «Alloh buyukdir. Guvohlik beraman, Allohdan boshqa iloh yo‘q.
Guvohlik beraman-ki, Muhammad Allohning elchisidir. Namozga kelinglar. Xalos bo‘lish uchun
kelinglar. Alloh buyukdir. Alloh buyukdir. Allohdan o‘zga ilohiy kuch yo‘qdir», degan
jumlalarni arab tilida baland ovoz bilan bir necha marta takrorlashdan va qavmlarni namozga
da’vat etishdan iborat bo‘lib, bunda hech qanday sirli mo‘‘jiza yo‘q. Islomda yangi tug‘ilgan
chaqaloqning qulog‘iga azon aytish odati ham bor. Bu bilan chaqaloq musulmonlar qatoriga
kiritilgan hisoblanadi.
Ali ibn Abu Tolib (661 yilda o‘ldirilgan) - islomda «Xulafo ar-Rashiddin» («To‘g‘ri yo‘ldan
borgan xalifalar»), dindorlar o‘rtasida «choryorlar» deb atalgan dastlabki to‘rt xalifadan
to‘rtinchisi. Quraysh qabilasining xoshimiylar xonadonidan. Muhammadning amakivachchasi va
kuyovi (Fotimaning eri). Xanifa Usmon o‘ldirilgandan keyin, Ali 656 yilda Madina xalifalik
hokimiyatini egallagan, lekin ummaviylar uning hokimiyatiga bo‘ysunmaganlar va Abu
Suf’yonning o‘g‘li Muoviya Damashqda o‘zini xalifa deb e’lon qilgan. Ali taxt uchun kurashda
g‘alaba qozonolmay, ummaviylar bilan kelishishga ko‘ngan. Horijiylar bunday harakatlardan
norozi bo‘lgan va suiqasd uyushtirib Alini Kufada o‘ldirganlar. U o‘sha shaharga dafn qilingan.
Keyinchlaik islomdagi ikki asosiy oqimlardan biri bo‘lgan SHialiklar (arab. «SHia» - guruh, bu
o‘rinda «Ali tarafdor-lari» mazmunida) oqimini tashkil etganlar. Ali SHialarning birinchi imomi
va SHia imomlarining shajarasini boshlab beruvchi (SHialarda Ali avlodlaridan 12 ta imom,
ba’zi kichik sektalarda 7 ta imom e’tirof etildi) hisoblanadi. SHu munosabat bilan Sunniylar
xalifalaridan hech birini e’tirof etmaydilar, o‘z imomlarini diniy rahnamo deb taniydilar.
SHialikka mansub bo‘lgan ayrim kichik sektalarda (masalan, ismoiliylar) Ali xudo darajasiga
ko‘tarilgan va uni ilohiylashtirishga bag‘ishlangan ko‘p kitoblar vujudga kelgan. SHialar
o‘rtasida Alining kahramonliklari va sarguzashtlarini tasvirlovchi juda ko‘p afsonalar to‘qilgan.
Bu afsonalar Sunniylar o‘rtasida ham keng yoyilgan, shuning uchun Ali Sunniylarda faqat
«choryor»lardan birigina emas, balki sarkarda va qahramon shaxs deb taniladi.
Ali avlodlari - Ali ibn Abu Tolib avlodlari. Alining turli xotinlaridan ko‘p farzandlari bo‘lib, eng
mashhurlari Muhammadning qizi Fotimadan tug‘ilgan Hasan va Husayn hamda ulardan
tarqalgan avlodlar hisoblanadi. SHialikdagi 12 ta imomga Ali, Hasan, Husayn va ularning
keyingi avlod-lari kiradi. Xalifalikning turli erlarida, ba’zi dav-latlarda Ali avlodlari
boshchiligidagi imomatlar vujudga kelgan. Ko‘p sonli Ali avlodlari hozirgi vaqtda barcha
musulmon mamlakatlarida mavjud. Fotimadan tarqalgan Ali avlodlari «Sayidlar», o‘zbeklar
orasida «To‘ralar» deb atalgan. Alining boshqa xotinlaridan tarqalgan avlodlari «xo‘jalar» deb
aytiladi.
308
Amri ma’ruf (arab. «yaxshilikka etaklash») - islom an’anasida har bir musulmonga mohiyatan
missionerlik vazifasini yuklaydigan aqidaviy ta’limot. Amri bi-l-Ma’ruf va nahi am-al-munkar
(yaxshilik yo‘liga etaklash) deb atalgan. Bunga ko‘ra har bir musulmon uchun o‘z farzandi va
yaqinlarini islomga o‘rgatish, diniy yo‘lga etaklash majburiy (vojib) deb hisoblangan. Bu
ta’limot islom tarixida, uning keng yoylishida va oiladagi diniy tarbiyada, dindorlikning saqlanib
qolinishida katta rol o‘ynagan va hozir ham hal qiluvchi rol o‘ynamoqda.
Arshi-a’lo (arab.-«yuksak taxt») - islom manbalarida va diniy an’anada xudoning go‘yo
osmonning eng yuqori ettinchi qavatida joylashgan taxti. Boshqa dinlarda ham xudo osmonda
turadi deb tasavvur qilingan. Islom vujudga kelgan davrda arablar orasida osmon ham, er ham
etti qavat deb hisoblangan. SHunga moslashgan holda Ali avlodlari to‘g‘risidagi diniy tushuncha
shakllangan.
Axbor (arab. xabarlar) - SHialarning muqaddas rivoyat-lari, Muhammad va Alining so‘zlari,
faoliyati to‘g‘risidagi rivoyatlar to‘plami. Axbor Sunniylarda muqaddas hisoblangan sunna
(hadis to‘plamlari) o‘rnida e’tirof qilinadi va Qur’ondan keyingi muqaddas manba hisoblanadi.
Sunna Muhammad va sahobalarning, axbor esa faqat payg‘ambar va uning oila a’zolari, Ali va
boshqa imomlarning faoliyatlari haqidagi rivoyatlarni o‘z ichiga oladi.
A’lam (arab. bilgich, bilag‘on) - ulamolar ichida shariat qonun-qoidalarini yaxshi bilgan kishi.
Ilgari qozilik lavozimiga yaqin, ba’zan shariat qonunlaridan bexabar odam-lar saylangan. Ana
shunday qozilar A’lam maslahati asosida hukm chiqargan. Har qozi yonida a’lam mansabi
mavjud bo‘lgan.
A’rof (arab. to‘siqlar) - islom diniy manbalarida, xususan, Qur’onda ta’riflangan jannat bilan
do‘zax o‘rtasi-dagi joy. O‘zbek tilida A’rof so‘zi o‘rnida ko‘pincha «arosat» termini ishlatiladi.
Diniy an’anada qiyomat kuni jannatga ham, do‘zaxga ham tushmay o‘rtada qolgan odamlar
turadigan joy, ular do‘zaxda azob chekayotganlarni ham, jannatda rohat qilayotganlarni ham
ko‘rib turadi, deb talqin etiladi. A’rof xristianliklarning katolitsizm yo‘nalishida chistilihe
(ruscha) deb ataladi. Jannat va do‘zax kabi a’rof haqida tasavvurlar ham dindorlarni dahshatga
solish va din tazyiqini kuchaytirish uchun xizmat qilgan.
Baytulloh (arab. Allohning uyi) - Makka islom dini-ning muqaddaslashtirilgan markaziga
aylangandan keyin Ka’baga berilgan nom.
Bibi Mushkulkushod (fors.toj. mushkulni oson qiladi-gan ayol) - dindorlar tasavvurlarida kishini
qiyinchiliklar-dan xalos etadigan avliyo ayol obrazi.
Bibiseshanba – seshanba, ona-ayollar sig‘inadigan avliyo, afsonaviy shaxs (ona), charx
yigiruvchi ayollarning homiysi, oila baxtining himoyachisi.
Vaqf (arab. din yo‘lida ajratilgan mol-mulk) - islom an’anasida davlat va ayrim kishilar
tomonidan diniy muassasalar, masjid madrasalar va boshqalarga ajratilgan mol-mulk. Islom
mamlakatlarida Vaqfdan kelgan daromadlar, diniy muassasalar va ularda xizmat qiladigan din
peshvolariga sarflangan. Horijiy sharqdagi musulmon davlatlarida Vaqf mavjud, hatto er islohoti
o‘tkazilgan ayrim mamlakatlarda ham Vaqf saqlanib qolmoqda.
Darvesh (fors.toj. gado, qashshoq, faqir) - islomda tasavvuf yo‘liga kirib, mehnat qilmay,
darbadarlik, gadolik va xayr-ehson bilan kun kechiruvchi, tarkidunyo qilgan shaxs. Darveshlar
turli so‘fiylik tariqatlariga mansub bo‘lganlar.
Domla - 1) diniy maktab va madrasalarda talabalarni o‘qituvchi shaxs, din va shariat peshvosi; 2)
duolar o‘qib, dam solib, ins-jinslarni qaytaruvchi, kasalliklarni tuzatuvchi shaxs.
Jazava, ekstaz - kuchli asab qo‘zg‘alishi, o‘z hatti-harakat-larini nazorat qilolmay qolish, xayolot
va reallik o‘rtasidagi chegaraning yo‘qolishi natijasida yuzaga keladigan holat. Jazava diniy
sig‘inish elementi hisoblanadi. Jazava qo‘zg‘ovchi diniy vositalarga tinka madorni qurituvchi,
hayojonli zikr tushish, «raqs»lar, o‘zini-o‘zi qiynash, tungi bedorlik, uzoq vaqt ibodat qilish,
butun diqqat e’tiborni biror ilohiy ob’ektga qaratishlarni kiritish mumkin. Turli xalqlarning
309
dinlari tarixida giyohvandlik yordamida Jazavani sun’iy qo‘zg‘atish hollari mavjud bo‘lgan.
Jazava holatida bo‘lgan kishilarda vaqt va fazoni his qilish buziladi, yo‘q narsalarni ko‘rish va
bo‘lmagan tovushlarni eshitish, og‘riqni sezmaslik hollari va boshqalar sodir bo‘ladi. Jazavaning
eng ko‘p uchraydigan turlari shomonlikda, SHialikdagi shaxsey-vaxseyda ko‘rish mumkin.
O‘tmishda so‘fiylarning zikr tushish marosimlarida o‘zlarini yo‘qotish darajasida jo‘sh urib
hurujga kelishi holati ham Jazavaning ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan.
Zamzam - Makka shahridagi Ka’ba yaqinidagi buloq. U islom paydo bo‘lmasdan ancha ilgari
mavjud bo‘lgan. Zamzam bulog‘i atrofida ibodatxona qurilgan. Arab qabilalari o‘rtasida
islomgacha Ka’bani va Zamzam bulog‘ini ziyorat qilish, u erda qurbonlik so‘yish odati bo‘lgan.
Islom rivoyat-larida, payg‘ambar Ismoil otasi Ibrohim bilan Ka’bani qurayotganida suvsiz
qolganligini va erni tepib muqaddas suv -Zamzamni chiqarganligi to‘g‘risida hikoya qilinadi.
Hojilar Zamzam suvini tabarruk hisoblab ichadilar va o‘z yurtlariga olib keladilar. Uning suvi
sotiladi va Saudiya Arabistoni bundan durustgina daromad oladi. Markaziy Osiyoda, xalq ichida
obi zamzam - zamzam suvi deb yuritiladi.
Idda, iddat al-mar’a (arab. ma’lum vaqt ayollar uchun belgilangan muhlat) - shariat bo‘yicha eri
o‘lgan yoki eridan ajralishgan xotinlar boshqa erga chiqish uchun o‘tishi shart bo‘lgan muhlat.
Bunday ayollarga Idda o‘tmaguncha erga chiqish ta’qiqlangan. Beva uchun Idda 4 oyu 10 kun,
eridan ajralish-gan ayol uchun 3 oy belgilangan. Muhlatning belgilanishi Qur’onga asoslangan
holda shariatga kiritilgan bo‘lib, ayol-ning ajralgan yoki o‘lgan eridan homilasi bor yoki
yo‘qligini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan. Idda yaxshi tadbir bo‘lib, nasl-nasabning aniq bo‘lishi
uchun xizmat qilgan va qilmoqda.
Imom (arab. oldinda turuvchi) - islom dinida musulmon-larning rahbari, boshlig‘i. Imom atamasi
quyidagi mazmunlar-da ishlatiladi: 1) sunniylikda barcha musulmonlarning oliy rahbari yoki
buyuk Imom (al-imom al-kabir), ya’ni xalifa;
2) sunniylikda shariat mazhablari (xanifiya, malikiya, shofi’iya, xanbaliya) ning asoschilari; 3)
SHialikda eng yuksak rahnoma hisoblangan Ali va uning avlodlari; 4) SHialikda ham,
sunniylikda ham har bir masjidda namozni boshqarib boruvchi ruhoniy - masjid imomi.
Imom Maturidiy. Maturidiy (870-944 yy.) Samarqand-ning Matur mahallasida tavallud
topgan. U 15 dan ziyod asar yozgan. Uning «Kitob at-tavhil» va «Kitob ta’vilot ahl as-sunna»
degan 2 ta asarida kalon ilmi rivojlantirilgan. Ularda islomning asl mohiyati xato talqin qilingan:
jaflid-lar, karomatlar, rofiziylar, murji’ylar, mu’taziylilar kabi yo‘nalishga isbotlar bilan
raddiyalar bildirilgan. Kalon falsafasini rivojlantirgan mutakallim Maturidiy aql va naql
ahkomlari nisbatini to‘g‘ri izohlar ekan, inson hatti-harakatlarida iroda erkinligiga ega, shu
sababli har bir kishi o‘z ishlari uchun mas’ul deb isbotladi. Xanifiya mazhabi g‘oyalarini
rivojlantirgan Maturidiyning 1130 yilligi 2000 yil 17 noyabrda Samarqandda tantanali
nishonlandi. SHu tantanada I.A.Karimov katta nutq so‘zlab, jumladan shunday dedi: «Imom
Maturidiyning, agar odamlar yaxshilik yo‘lida birlashsa YAratganimiz o‘z marhamatini darig‘
tutmaydi, degan so‘zlarida bizning zamonamiz uchun ham ibratli saboqlar bor».(Qarang:
Turkiston. 2000 yil 18 noyabr shanba soni). Har bir talaba Imom Maturidiy merosini yaxshi
o‘rganishi lozim, chunki bu merosda juda ko‘p foydali, qadriyatga oid g‘oyalar mavjud.
Imomat (arab. boshqarish, rahbarlik) - SHialik davlati-ni boshqarish huquqi haqidagi
ta’limot, e’tirof etilgan besh aqidadan biri. Unda musulmonlar jamoasi yoki davlatida faqat
Muhammad avlodi (Ali va Fotimadan tarqalgan avlodlar) hukmron bo‘lish huquqiga ega, deb
hisoblaganlar.
Imon (arab. ishonch, e’tiqod) - islom dinida uning aqidalariga, Allohga, Muhammadga va
ilohiy hisoblangan kitoblarga, taqdirga, oxiratga ishonish. Islomda imon talab-lari «arkon-al-
imon» (e’tiqod asoslari) deb hisoblanadi. Unga shak-shubhasiz e’tiqod qilish talab qilinadi. Imon
talablari, ya’ni aqidalar Islomning diniy dunyoqarash asos-larini tashkil etadi.
310
Imron - islom tarixida payg‘ambar Musoning otasi Bibliyada Imron nomi bilan ma’lum
bo‘lgan va islomga Imron nomi bilan kirgan. Imron Qur’onda Bibi Maryamning otasi sifatida
tilga olinadi. (Qur’onning 3-surasi «Ol-imron» - «Imron oilasi» deb ataladi).
Islom birdamligi - barcha musulmonlarni birlashtirish yo‘lidagi siyosiy harakat. Islom
birdamligining asosini Islom olamini alohida qilib ajratish, uni «kapitalistik G‘arb» ga ham,
«Kommunistik SHarq»ga ham qarshi turadigan mustaqil siyosiy shaklga keltirish g‘oyasini
tashkil etadi. Islom birdamligi tarafdorlari musulmon mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni har
tomonlama mustahkamlash, «boy» davlatlar tomonidan «kambag‘al» davlatlarga yordam
ko‘rsatish zarurligini ta’kidlydilar. Islom olami ligasi, ayniqsa, unda asosiy mavqeni qat’iy
egallagan neftga boy davlatlar, islom birdamligi g‘oyasini amalga oshirish talabi bilan
chiqmoqdalar. Butun dunyodagi musulmonlarning birligi g‘oyasi ularning hammasining «otasi»
Ibrohim ekanligi, Makkadagi Ka’ba yagona diniy markaz ekanligi, Qur’on va shariatda asoslab
berilgan ahloqiy, ma’naviy, xuquqiy normalari borligi kabi nazariy xulosalarga asoslanadi.
Islom san’ati - islom dini tarqalgan mintaqalardagi xalqlarning islom tasavvurlari va an’analari
bilan bog‘liq san’ati. Islom san’ati o‘z tarixiy taraqqiyoti davomida ko‘proq rasmiy harakterga
ega bo‘lgan va dinning an’anaviy asoslariga ta’sir etmaydigan o‘zgarishlarga uchradi. Islom
san’ati tarqalgan joylarni madaniy jihatdan shakllangan bir necha xududlarga ajratib ko‘rsatish
mumkin. Bular: arab hududi (YAqin SHarq, Misr, Turkiya, Ispaniya), Eron hududi (Eron,
Afg‘oniston, Markaziy Osiyo), Hind-Eron hududi (Xindiston, Pokiston), Indoneziya-Malayziya
xududi. YUqori-da sanab o‘tilgan hududlar san’atning badiiy qiyofasi, islom g‘oyalari va
ana’analari ta’siri bilan bir qatorda islomga qadar mavjud bo‘lgan an’anaviy san’at belgilarini
ham o‘z ichiga oladi. Madaniy jihatdan shakllangan hududlarning bu xususiyati amalda san’at va
me’morchilik turlarini, uning uslubi, yodgorliklarning tuzilish usullarini qamrab oladi. Islomning
boshqa dinlar (iudaizm, xristianlik, zardo‘shtiy-lik, buddizm) bilan to‘qnashuvi natijasida
madaniy jihatdan yuqori bo‘lgan hududlarning islomga qadar bo‘lgan san’ati g‘oyalari islom
san’atiga ta’sir etgan.
Islom fundamentalizmi - hozirgi islomdagi 3 oqimdan (traditsionalizm va modernizm birgalikda)
biri. Bu oqim o‘zini diniy uyg‘onish tarafdorlari deb ataydi. Islom fundamentalizmining asosiy
konsepsiyasi islomning funda-mental tamoyil (shundan ularga islom fundamentalizm nomi
berilgan), kapitalizmdan ham, sotsializmdan ham farq qiladigan mustaqil «Islom taraqqiyot
yo‘lini» belgilab beradi, deb hisoblaydilar. Islom traditsionalistlaridan farq qilgan holda, ular ana
shu fundamental tamoyillarni tiklash va ularga amal qilish tarafdorlaridanlar. Lekin islom
modernistlariga qarshi ular ana shu tamoyillarni hozirgi davr taqozosiga moslab, qayta talqin
etish mumkin emas, deb hisoblaydilar. Islom fundamentalizmi tarafdorla-ri traditsionalistlarga
o‘xshab, din va siyosatni bir deb tushunadilar, faqat ulardan farqli o‘laroq, islom bilan millat
manfaatlarini bir yoki yaqin deb hisoblaydilar. Islom fundamentalizmi tarafdorlari ijtimoiy
adolat uchun kurashishni maqsad qiladilar, hatto mazlum tabaqalarni boshqalardan ajratib, ana
shular nomidan ish ko‘radilar. Ijtimoiy-sinfiy jihatdan islom fundamentalizmi turli (demokratik,
radikal va konservativ) dunyoqarashdagi o‘rta hol guruhlar manfaatlarini ifodalaydi.
Laylat-ul-qadr (arab. taqdirni hal qiluvchi kecha) - ramazon oyining qur’onda tilga olingan 27
kunga o‘tar kechasi. SHu kechadan boshlab Muhammadga Qur’on 23 yil davomida vahiy
qilingan. Musulmonlar Laylat-ul-qadrni muqaddas, deb hisoblashlari ana shundan. Dindorlar har
yili shu kechada, Alloh har bir kishining ibodat paytida iltijo qilgan tilagini hisobga olib, uning
taqdiri haqida xukm chiqaradi, deb tasavvur qiladilar. SHuning uchun ham Laylat-ul-qadr
kechasini Qur’onni o‘qib, Allohga iltijo qilib, o‘tkazish rasm bo‘lgan.
Madrasa (arab. dars o‘qitiladigan joy, darsxona) - islomda o‘rta diniy o‘quv yurti. YAqin va
O‘rta SHarq mamlakatlarida madrasalar ulamolar, maktabdorlar, davlat apparati xodimlarini
tayyorlaydi. Islom ilohiyoti masalalarini sharhlovchi markaz sifatida madrasa dastlab VII-VIII
asrlarda arablarda paydo bo‘lgan. Keyinchalik ayrim masjidlar qoshida ilohiy maktablar tarkib
topib, madrasa deb atala boshlangan. Madrasalar XI-XII asrlarda Markaziy Osiyoning barcha
311
yirik shaharlarida mavjud bo‘lgan. Madrasaga diniy maktabni tugatgan kishilar qabul qilingan.
Madrasalarda arab va fors tillarda shariat qonunlari o‘rgatilgan. Ayrim madrasalarda tibbiyot,
a’ruz bilimi, falsafa, geografiya va boshqa fanlar ham o‘qitilgan. Hozir ham jahondagi ko‘p
horijiy musulmon mamlakatlarining madrasalarida diniy ta’lim bilan birga dunyoviy bilimlar
ham o‘qitiladi.
Masjid, machit (arab. sajda qilinadigan joy) - musulmonlar jamoa bo‘lib namoz o‘qiydigan joy,
ibodatxona. Masjidlar asosan kundlik 5 vaqt namoz o‘qish uchun mo‘ljallangan. Juma va hayit
namozlari esa jom’e masjidlarida o‘qiladi. Masjidlar dastlab shaharlarda, keyinchalik qishloq va
mahallarda barpo etilgan. Masjidlarning to‘rida, Makkaga qaragan (Qibla) tomonida mehrob,
hovlisida hovuz, bir yoki bir necha minora bo‘ladi. Ayrim yirik masjidlar mehrobining o‘ng
tomonida va’zxon-lik uchun mo‘ljallangan minbar, ba’zilarida esa qur’on o‘qi-ladigan maxsus
joylar ham bo‘ladi. Ba’zi masjidlarda maktablar ham bo‘lib, ularda o‘g‘il bolalarga Qur’on
o‘qish o‘rgatiladi. Masjidlar diniy targ‘ibot markazi vazifasini o‘tagan. Masalan, jamoa
namozida imom-xatiblar xutba o‘qib, turli diniy masalalar bo‘yicha targ‘ibot qiladilar.
Muazzin (arab, - azon aytuvchi) - masjidda azon aytib, namozga chorlovchi shaxs. Muazzin xalq
tilida «So‘fi» deb ham ataladi.
Mudarris (arab. - dars beruvchi) - madrasa o‘qituvchisi, ilgari muayyan ilohiyot fanidan dars
bergan.
Hozir Xorijiy SHarq mamlakatlaridagi madrasalarda faqat diniy bilimlardan emas, balki
dunyoviy fanlardan dars beruvchilar ham Mudarris deb ataladi.
Muslim (arab. bo‘yin eguvchi) - islom diniga e’tiqod qilgan shaxs. Bu so‘zning ko‘plik shakli
(muslimun)ni buzib talaffuz qilish jarayonida Eron va Markaziy Osiyoda musulmon, qirg‘iz va
qozoqlarda, hamda Rossiyada basurmon atamalari kelib chiqqan.
Mutavalliy (arab. - ish boshi, boshqaruvchi) - islom tari-xida vaqf mulkiga va undan keladigan
daromadga vasiylik qiluvchi, uni taqsimlovchi diniy amaldor. Vaqf erlarini ijaraga berishni;
madrasa, masjidlarda xo‘jalik ishlarini ham Mutavalliy bajargan. Mutavalliylik amali juda
muhim va serdaromad hisoblangan. Vaqf daromadining 10 foizi mutavalliylarga maosh
tariqasida beriladi.
Muftiy, mufti (arab. fatfo beruvchi, diniy masalalar-da qaror chiqaruvchi) - sunniylikdagi oliy
martabali ruhoniy. Muftiy diniy-huquqiy masalalarni izohlash, talqin etish, shariatni tadbiq etish
masalalarida hal qiluvchi huquqga ega. Odatda, uning fikr va qarorlari fatvolarda bayon etilib,
musulmonlar uchun qo‘llanma hisoblanadi. Horijiy SHarqdagi musulmon mamlakatlarida
muftiylik hukumat tayinlaydigan rasmiy lavozim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |