321
kongregatsiyasi) ta’sis etgani fikrimizning isboti bo‘la oladi.
Rim papasi Piy XII ning
missionerlikka da’vat ruhi bilan sug‘orilgan “Fideyi Donum” (1957), Ioann XXIII ning
“Prinseps postorum” (1959), Pavel VI ning “Populorum progressio” (1967) nomalari, II Vatikan
soborida (1962-65) missionerlik masalalariga bag‘ishlab qabul qilingan maxsus dekret qabul
qilingani ham bu yo‘ldagi ishlar tadrijiy tashkil etilganini ko‘rsatadi.
Missionerlik muassasalari yirik kapital va erlarni tasarruflariga olib, o‘z mamlakatlari siyosatini
o‘tkazishda faol ishtirok etganlar. Ma’rifat tarqatish, tibbiy yordam ko‘rsatish
ishlarini
monopollashtirib olib shu yo‘l bilan xristianlik targ‘ibotini kuchaytirganlar.
SHu asnoda tajriba osha borgani va faoliyat hududi kengaygani sari missionerlar xristianlikni
qabul qilgan aholi ichidan mahalliy ruhoniy kadrlar tayyorlashga e’tibor bera boshlganlar. 1978
yildagi konklavlarda
169
Afrikadan 12 kardinal, Osiyodan 9 kardinal
ishtirok etgani ana shu
harakatning hosilasi edi.
1517 yili katoliklikdan ajralib chiqqan protestantlik uyushmalari esa umumjahon ruhoniyligi
tamoyiliga amal qilib, har bir dindordan missionerlik qilishni talab etib kelmoqda. Xususan,
1772 yilda Germaniyaning Drezden shahri yaqinidagi Gerngut degan joyda yuzaga kelgan
gernguterlar jamoasi protestantlardan birinchi bo‘lib missionerlik faoliyatini olib borganlar.
XVIII-XIX asrlarda protestant missionerligi Angliyaning kolonial siyosati bilan bog‘liq
holda
o‘sib bordi.
SHuningdek, missionerlik faoliyati bilan xristianlik doirasida yuzaga kelgan, izdoshlari soni
ozchilikni tashkil qiladigan yangi konfessiyalar ham shug‘ullana boshlaganini qayd etish zarur.
YUqoridagi mulohazalar ham missionerlik asosan xristian dini bilan bog‘liq hodisa ekanini
ko‘rsatadi. Katoliklik va protestantlikda missionerlik bilan shug‘ullanish
har bir masihiyning
burchi darajasiga ko‘tarilgan.
SHunga qaramay, missionerlikni faqat xristian dini bilan bog‘lash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Hozirgi
kunda missionerlik faoliyati bilan faol shug‘ullanishga harakat qilayotganlar orasida bahoiylar va
krishnachilar ham borligi fikrimizga misol bo‘la oladi.
«World Book» ensiklopediyasida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, dunyodagi umumiy
missionerlarning 2/3 qismini katolik missionerlari tashkil etadi. SHunday bo‘lsa-da, hozirgi
kunda Protestantlik missionerlikning asosiy homiysi bo‘lib turibdi.
Bir qancha oqimlarga bo‘linib ketgan Protestantlikda missionerlik
din arkonlaridan biri
hisoblanib, missionerlik jamiyatlarining har bir a’zosi esa bunday amaliyotni o‘zi uchun farz deb
biladi. SHuning uchun ham, hozirda dunyodagi xalqaro missionerlarning ko‘pchiligini protestant
missionerlari tashkil qiladi. Agarda protestantlik tarqalgan hududlar xaritasiga nazar tashlasak,
ularning deyarli barchasi rivojlangan yirik davlatlarda joylashganiga guvoh bo‘lamiz.
Protestantlikda oqimlar juda tez-tez paydo bo‘lib turadi, har bir oqim o‘z missionerlik
tashkilotiga ega bo‘ladi. Quyida protestantlikdagi eng yirik va missionerlik bilan faol
shug‘ullanadigan tashkilot va uyushmalar haqida fikr yuritiladi.
Protestant oqimlari orasida eng yiriklaridan biri bo‘lmish adventizm
170
oqimiga 1831
yili Uayt
Miller tomonidan asos solingan. U.Miller Bibliya matnlariga asoslangan holda 1843-1844
yillarda Isoning ikkinchi qaytishi yuz beradi deb bashorat beradi. Bashorat amalga oshmagan
bo‘lsada, oqimning ta’siri ko‘pchilik orasida saqlanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: