O‘зbekiстон рeспublikaсi


- “Xudo Assambleyalari” cherkovlariga



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/222
Sana02.03.2022
Hajmi5,44 Mb.
#479674
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   222
Bog'liq
dinshunoslik

- “Xudo Assambleyalari” cherkovlariga 
1914 
yilda AQSHning Arkanzas shtatida asos solingan. Markazi Missuri shtatining Springfild 
shahrida joylashgan. Bu cherkov a’zolarining soni 2 milliondan ortiqni tashkil etadi. Ushbu 
cherkov pyatidesyatniklikning muqaddas uchlik, Muqaddas Ruh bilan cho‘qintirish, “xudo bilan 
notanish tilda gaplashish”(glossaliya) kabi g‘oyalari qatoriga, e’tiqod orqali shifo topish, Isoning
ikkinchi qaytishi, o‘liklarning ikki marta qayta tirilishi, Isoning 1000 yillik podshohligi va 
balog‘atga etganlarni suvga butunlay botirish orqali cho‘qintirishdek aqidalarni ham qo‘shgan. 
Assambleya boshida 2 yilda bir yig‘iladigan Markaziy kengash turadi. Ular 16 nashr, jumladan, 
ayollar va bolalar uchun jurnallarga, bir necha kollej va Bibliya maktablariga egalar. Xudo 
Assambleyalari cherkovi 98 mamlakatda o‘z jamoalariga ega, 71 mamlakatda missionerlik 
faoliyatini olib boradi.
Xudo CHerkovi-
1884 yilda AQSHning Tennesi shtatida tashkil etilgan. Ushbu cherkov XVI 
asrda tugagan reformatsiyani davom ettirish g‘oyasini olg‘a suradi. CHerkov har qanday 
aqidalardan pok, huddi Iso Masih davridagidek, sevgi bilan ish olib borilishi lozim degan 
aqidaga tayanadi.. SHu g‘oyalarni amalga oshirish uchun 1886 yili xristian ittifoqi tuzilib, 1902 
yili uning asosida “Muqaddaslik cherkovi” tuzildi va 1907 yili u “Xudo cherkovi” nomini oldi.
«Xudo CHerkovi» trinitarian-pyatidesyatnik
176
e’tiqodiga mansub bo‘lib, “uch krizis” aqidasiga 
tayanadi. Hozirgi kunda tashkilotni har ikki yilda yig‘iladigan «Markaziy Assambleya» 
boshqaradi. Uning 8 ta nashri mavjud. AQSHning o‘zida cherkov a’zolarining soni 500 ming 
kishini tashkil etadi. Ushbu cherkov 72 mamlakatda missionerlik faoliyatini olib bormoqda.
Xalqaro Birlashgan Pyatidesyatnik CHerkovlari
ham AQSHda 1945 yilda yuzaga kelgan.
Aqida sifatida Iso Masih nomi bilan cho‘qintirishni olg‘a surishadi. Muqaddas uchlik troitsa 
haqidagi ta’limotni rad etadilar. Ushbu tashkilot voyaga etganlarni suvga botirish orqali 
cho‘qintirish bilan bir paytda oyoqlarni yuvish, ya’ni o‘zaro muhabbatni ifodalash uchun har bir 
jamoa a’zosining bir birlarining oyoqlarini yuvishi
177
amaliyotiga rioya qiladi. Tashkilot markazi 
AQSHning Missuri shtatidagi Xezlvid shahrida joylashgan. CHerkov o‘z radiosiga, “Pentecosfal 
Xerald” nomli jurnaligi ega. Hozirda ushbu cherkov 46 mamlakatda missionerlik faoliyatini olib 
bormoqda. 
Pyatidesyatniklikda To‘liq injil xristianlaridan tashqari ta’limotining mazmuniga ko‘ra bir-biri 
bilan bog‘liq bo‘lgan va umuman farq qiladigan boshqa ko‘plab oqimlar ham mavjud.
O‘zbekiston hududida mazkur yo‘nalishga taalluqli birinchi tashkilot 1985 yilda Toshkent 
shahrida tashkil etilgan. Bugungi kunda respublikamiz bo‘yicha To‘liq injilchi xristianlarning 21 
ta diniy tashkiloti mavjud. 
Ko‘pgina ogohlantirish va ma’muriy choralarga qaramay ular yurtimizda o‘zlarining 
missionerlik faoliyatlarini olib borishga intilishmoqda. Jumladan, yakshanba kunlari o‘zbek 
tilida ma’ruzalar, qo‘shimcha Bibliya o‘qish darslari tashkil qilish yo‘lidagi harakatlar, «Xosil 
yig‘ish kuni» deb ataladigan va har bir a’zo cherkovga yangi odam olib kelishini 
176
Тринитариан – “трио” яъни “учлик” сўзидан келиб чиққан. Чўқинтириш вақтида Ота, Ўғил ва Муқаддас 
Руҳлар номи билан чўқинтирадиган пятидесятниклар, тринитариан-пятидесятниклар деб аталади. 
177
Бир ойда бир марта «Причешение» (нон ва вино ейиш) маросимидан олдин амалга оширилади. 


324 
rag‘batlantirishga qaratilgan amaliyotning mavjudligi ham shunday xulosa chiqarish imkonini 
beradi. 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish