TAYANCH IBORALAR:
Islom, musulmon, payg‘ambar, shariat, xadis, aqida, shia, sunniylik, xanafiya, xanbaliya,
druzlar, zeydiy.
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR:
13.
mazhablar qanday paydo bo‘ldi?.
14.
mazxab nima?
15.
xanbaliya mazhabini moxiyati?
16.
Islomni muqaddas kitobi
ADABIYOTLAR:
312
14.
Jo‘raev U, Saidjonov Y. Dunyo dinlari tarixi. T. 1998.
15.
Dinshunoslik asoslari. T. “O‘zbekiston”. 1995 y.
16.
Xayrullaev M, SHoaxmedov M. Madaniyat va meros. T. 1973.
17.
Islam Ensiklopedicheskiy slovar. M. 1991.
18.
Mo‘minov A. Movarounnahr ulamolari xanafiylar // sharqshunoslik. №9. 1990. 40-44
betlar.
19.
Islom. Bag‘rikenglik va mutaassiblik. T. 1998.
Azimov N. Islom va xozirgi zamon. T. “O‘zbekiston”. 1991
MAVZU: “VIJDON ERKINLIGI VA DINIY TASHKILOTLAR” TO‘G‘RISIDAGI
QONUN. DINIY EKSTRAMIZM VA FUNDAMENTALIZM. (2 soat)
Reja:
1.
Vijdon erkinligi tushunchasi. Dunyoviy davlat va din.
2.
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar masalasi.
3.
Mustaqillik va din. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tomonidan vijdon
erkinligini kafolatlanishi.
4.
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi ngi tahriridagi qonun mazmuni
va mohiyati.
5.
Diniy ekstramizm va fundamentalizm.
Dunyoviy davlatlarda, ya’ni davlatdan din, diniy tashki-lotlar ajratib qo‘yilgan
mamlakatlarda, insonparvar, demok-ratik jamiyatlarda vijdon erkinligi mavjud. Vijdon erkinligi
nima? Bu savolga quyidagicha javob berish mumkin. Dinlarga, diniy urf-odatlarga, imon-
e’tiqodga har bir fuqaroning amal qilishi yoki hech qanday dinga amal qilmas-ligi huquqlarini
joriy etilishi va ulardan shaxslarning bemalol foydalana olishiga vijdon erkinligi deyiladi.
Vijdon erkinligi insoniyat tarixida turli shakllarda amal qilgan bo‘lib, ular hukmron diniy
mafkura, dunyoqarash talablariga nisbatan ziddiyatda bo‘lib kelgan.
Vijdoni buyurgan e’tiqodni rasmiy diniy-mafkuraga qarama-qarshi qo‘ygan erkin
fikrlovchilar e’tiqodi vijdon erkinligidir. Quldorlik, feodalizm, kapitalizm va sotsia-lizm
jamiyatlarida vijdon erkinligining quyidagi tarixiy shakllari mavjud bo‘lgan:
1.
Deizm - tabiatni xudo yaratgan, xudo bilan tabiat ajralmaydi, deb hisoblovchi e’tiqod edi.
SHamol xudosi, dengiz xudosi, osmon, chaqmoq xudosi, er osti va zulmat xudosi, dehqonchilik
xudosi mavjud, degan tasavvurlar deizm tufayli mavjud bo‘lgan. Masalan, Apollon, YUpiter,
Erxubba kabi xudolar greklar, rimliklar, turkiy xalqlarning xuddi shunday xudolari bo‘lgan.
YUpiter - rimliklarning chaqmoq xudosi edi. Apollon greklarning osmon xudosi bo‘lgan.
Erxubba - turkiy xalqlarda suv xudosi edi. Deizm tasavvurlari hozir ham ma’lum darajada
saqlanib kelmoqda.
2.
Panteizm - tabiat o‘z sabablariga asosan rivojlanadi, unga xudolar ta’sir qila olmaydi deb
hisoblaydigan tushuncha va tasavvurlardan iborat ta’limot bo‘lib, bu ta’limot tabiatdagi hamma
narsa va hodisalarni xudo yaratgan va ular tomonidan tabiat boshqarib turiladi, deyuvchi xristian,
iudaizm, buddizm, islom va boshqa dinlar mafkurasiga qarshi qaratilgan ta’limot edi. Panteizm
tabiatshunos olimlar tomonidan ishlab chiqil-gan. Masalan, grek faylasufi Gerakl tabiatni
xudolar-dan ham, odamlardan ham hech kim yaratmagan, u qonuniy yonib va so‘nib-turadigan
mangu olovdan tashkil topgan, deb hisoblagan. Italiyalik olim Jardano Bruno esa har bir yulduz
o‘zi bir olam, dunyo cheksiz, Injil ko‘rsatma-lari uydirmadan iborat, deb hisoblagan.
Inkivizatsiya sudi uni 1600 yil 14 aprelda Rim shahrida tiriklayin gulxanda kuydirib o‘ldirishga
hukm qilgan va bu hukm ijro etilgan. Panteizm vijdon erkinligining tarixiy shakli sifatida hozir
ham ayrim olimlar e’tiqodida mavjud.
3.
Mutaziliylik - islom dinining rasmiy mafkurasi bo‘l-gan kalom falsafasining, ya’ni Alloh
yagona, u xohlaganini qiladi, bandalarida hech qanday o‘z fikr, xohish-iroda erkinligi bo‘lishi
313
mumkin emas, degan aqidalarni cheksiz da’vat qilgan rasmiy ruhoniylar - mutakallimlardan
norozi bo‘lib, ulardan ajralib chiqqan islomdagi hurfikrlik mavqeidagi olimlar ta’limoti edi.
Mutaziliya ta’limoti Alloh yaratgan har bir odam o‘z hatti-harakati uchun o‘zi javobgar, yaxshi
yoki yomon qilgan ishlari uchun o‘zi Alloh oldida javob berishi lozim, inson erkin fikrlashga
haqli, deb hisobladilar. Mutaziliya ta’limoti xalifalar Xorun ar-Rashid va Ma’mun (IX-X asrlar)
davrlarida xalifalikning rasmiy mafkurasi edi.
4.
Qo‘sh haqiqat - bu ta’limotga asosan dunyoda Allohga ma’qul bo‘lgan barcha yaxshi
ishlar islomiy haqiqat bo‘lib uni tan olmoq kerak. Bu birinchi haqiqatdir. Bu haqiqat-ga ko‘ra
Qur’on, shariat, hadislar, islom aqida va marosimlari, ahloq-odoblari, boqiy va foniy dunyo,
jannat-do‘zax xususidagi barcha fikr-mulohazalar ayni haqiqatdir. Biroq bir guruh olimlar,
islomiy mutafakkirlar dunyoviy ilmlar ochayotgan yangiliklarni ham haqiqat deb hisobladilar, bu
ikkinchi haqiqatdir. Ikkinchi haqiqat tarafdorlari odatda hurfikrlilik mavqeida turadilar. Ular
birinchi haqiqatni inkor qilmaydilar, ammo ular olamga, dunyoviy fanlar ochayotgan
haqiqatning kuchiga ham ishonadilar. SHu asosda o‘z ta’limotlarini, falsafiy dunyoqarashlarini
olg‘a surdi-lar. Abu Nosir Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Abu Abdulloh Al-Xorazmiy, Umar
Xayyom, Ulug‘bek, Alisher Navoiy, A.Jomiy kabi allomalar qo‘sh haqiqat maqveida turib ijod
qilganlar.
5.
Ateizm - XVIII asrda Fransiyada ma’rifatparvar faylasuflar tomonidan olg‘a surilgan
ta’limot edi. F.Volter, D.Didro, Lametri, Golbax va boshqalar Fransiya respublikasining birinchi
Konstitutsiyasiga vijdon erkinligi to‘g‘risida moddalar kiritish, bu moddalarda har bir fuqaroga
dinga amal qilish yoki amal qilmaslik, dinlarning tengligini e’tirof etish, diniy tashkilotlar va
dinni davlatdan ajratib qo‘yish, maktabni cherkovdan ajratish kabi huquqlarni kafolatga olishni
talab qildilar. SHuningdek, ular dinga qarshi ilmiy asoslangan targ‘ibot-tashviqot olib borish
huquq-larini talab etdilar. Fransiya respublikasi Konsti-tutsiyasiga ana shu talablarga ko‘ra bir
qator moddalar kiritilib, din dunyoviy davlatdan, maktab cherkovdan ajratildi. Bu ishlar boshqa
ko‘pgina davlatlarda, jumladan sobiq SSSR da ham mavjud edi.
Sobiq sho‘rolar davrida mamlakatda ommaviy ateizmni joriy etish harakati avj oldirilib, dinni
nafaqat davlatdan ajratish, uni hatto jamiyatdan butunlay va zudlik bilan ajratib tashlash
siyosati olib borildi. Buyuk davlatchilik, qizil imperiyachilik manfaatlari, kommunistik firqa
mafkurasining muxolifi sifatida baholangan dinni yo‘q qilishga qaratilgan ateistik targ‘ibot eng
vahshiyona shakllarda olib borildi. SHu maqsadda o‘ng minglab cherkovlar, masjidlar,
ibodatxonalar, madrasa, monastirlar yo‘q qilib tashlandi, eski diniy maktablar yopildi. Minglab
din arboblari, mullalar qatag‘on qilindi. Diniy hayitlar, urf-odatlar ma’n etildi yoki ularni
bajarishga qarshi ko‘plab to‘siqlar qo‘yildi. Masalan, o‘sha davrlarda O‘zbekiston bo‘yicha haj
safariga bir yilda 1-2 kishi borardi, xolos.
SSSR da «Xudosiz» gazetasi va «Xudosizlar» jurnali nashr etilar edi. Din eskilik sarqiti deb
baholanib, bu sarqitlarga butunlay barham berish ishlari olib borildi. Eski arab alfavitida
yozilgan kitoblar, qo‘lyozmalar diniy yozuvlar deb yo‘q qilindi. Ularni saqlash, o‘qish
ta’qiqlandi. Natijada islom qadriyatlaridan xalqimiz amalda uzib qo‘yildi, dinsizlik avj oldi.
«Sobiq SSSRdagi hukmron kommunistik partiyaning jilovbardorlari diniy jamoalarni
xalqlarning aql-idrokini egallash uchun kurashda o‘zlarining raqibi deb hisoblar edi. Ular
o‘zlarining butun faoliyatlari davomida dinni kamsitish, ruhoniylarni yo‘qotish va omon
qolganlarni bo‘ysundirish uchun eng keskin choralarni ko‘rgan edi. Din sun’iy ravishda
mafkuraviy kurashning o‘ta qizg‘in jabhalaridan biriga aylantirib qo‘yilgan edi. Islom dinining
o‘ng minglab mo‘‘tabar ruhoniylari qatag‘on qilindi. Minglab machitlar va yuzlab madrasalar
buzib tashlandi. Bu obidalarning ko‘pchiligi xalqimiz uchun, insoniyat sivili-zatsiyasi uchun
bebaho me’moriy va tarixiy qadriyat hisoblanar edi. Dindorlarning aksariyat ko‘pchiligi 90-
yilning o‘rtalari-ga qadar Qur’oni karimdan bahramand bo‘lmagan edilar» (Qarang: I.Karimov.
O‘zbekiston buyuk kelajak sari. «O‘zbe-kiston» nashriyoti 1998 yil, 444-445-betlar).
1991 yilning 31 avgustida O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligin qo‘lga kiritdi. 1991 yil 14
iyunda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» Qonun qabul qilindi. Bundan tashqari
314
1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul etildi. Bu hujjatlarda
O‘zbekiston dunyoviy davlat sifatida dinga o‘z munosabatini bayon qildi.
Demokratik, insonparvar va dunyoviy davlat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasida 100 dan ortiq
xalq va millat, 15 ta diniy Konfessiya vakillari yashayotir. Respublikamizda islom dinigina
emas, balki yahudiylik, xristian konfes-siyalari; Rus pravoslaviya, Rim katolik, Arman-
grigoriyan, Lyutteran cherkovlarida, baptistlik va boshqa jamoalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
(Qarang: I.Karimov. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. 444-445-betlar).
Barcha dinlar, diniy uyushmalar keng faoliyat ko‘rsatayotgan respublikamizning qishloq va
shaharlarida milliy ozodlik qo‘lga kiritilganidan keyingi yillarda barcha dinlar, shu jumladan
islom dini qadriyatlari qayta tiklandi. Musulmonlar safi juda kengaydi, yoshlar dinni qiziqib
o‘rganmoqdalar, diniy marosimlar, xususan islomiy hayitlar - Qurbon, Ramazon hayitlari
tiklanib, bu tabarruk hayitlar xalqimizga ko‘pdan-ko‘p ma’naviy ruh bag‘ishlamoqda. Dam olish
kunlari deb belgilab qo‘yilgan Ramazon, Qurbon hayitlarida minglab machitlarda o‘ng minglab
kishilar hayit namozlari o‘qimoqdalar, vafot etgan yaqin kishilarining qabrlariga borib, tilovat
qilmoqdalar. Qadimgi davrlarda qurilib, sho‘rolar davrida xarobalarga aylangan minglab
madrasa, machitlar qayta ta’mirlandi, ko‘plab yangilari qurildi. Hozirgi davrlarda (1999 yilda)
O‘zbekistonda 3,5 mingdan ziyod machitlar rasman ro‘yxatga olingan va ular faoliyat
ko‘rsatmoqda. Toshkentda shu yil boshida (1999 yil) Islom universiteti tashkil etildi. Mufti
janoblari rahnamoli-gida musulmonlar diniy idorasi ish olib borayotidir. Bu idora chet
mamlakatlardagi o‘nlab musulmon davlatlari bilan aloqa olib boradilar, delegatlar qabul
qiladilar, diniy kadrlar tayyorlashda, diniy adabiyotlar tayyorlash sohalarida hamkorlik qiladilar.
Dindorlar huquqlari, davlatimiz bilan din munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi Konsti-
tutsiyasida qonuniy asoslarda aniq belgilab qo‘yilgan. «Hamma uchun vijdon erkinligi
kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e’tiqod
qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan sing-dirishga yo‘l qo‘yilmaydi».
(O‘zbekiston Respublikasi Konsti-tutsiyasi. «O‘zbekiston» nashriyoti. 1992 yil 31-modda,15-
bet).
Konstitutsiyamiz mazkur moddasining mazmunini izohlab, Prezident I.Karimov shunday
fikrlarni yozgan: «Hozirgi kunda respublikada 15 ta diniy konfessiya uyushmalari faoliyat
ko‘rsatmoqda. Ularning bir qismi noan’anaviydir. Davlat ular bilan o‘zaro munosabatda o‘z
dunyoviy xususiyatini hisobga olgan holda quyidagi tamoyillarga amal qilmoqda:
-
dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish;
-
diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalari-ning xususiy ishi deb tan oladi;
-
diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan
fuqarolarning ham huquqlari-ni teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik;
-
ma’naviy tiklanish, umuminsoniy ahloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy
uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo‘llarini izlash
zarurati;
-
dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof
etish».(Qarang: I.Karimov. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. 448-bet).
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi dunyoviy davlatdir. SHu sababli Konstitutsiyaning 6-
moddasida shunday deb yozib qo‘yilgan: «Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan
hamda ular qonun oldida tengdir. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi».
(O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 31-bet).
Mazkur moddaga asosan diniy tashkilotlar diniy ishlar bilan shug‘ullanadilar, ular davlat
siyosatiga aralashmaydilar va davlat qonunlariga hurmat bilan qaraydilar. Masalan,
O‘zbekistonda ta’lim dunyoviy fanlarni o‘rganishga asoslangan, diniy bilimlar esa diniy
maktablar, madrasalar yoki xususiy tarzda idoralar rahbarligida olib boriladi.
Insonparvar jamiyat qurayotgan O‘zbekistonda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to‘g‘risida»gi qonun 1991 yil 14 iyunda qabul qilingan bo‘lib, unga binoan diniy marosimlar,
315
masalan, namoz o‘qishga barcha sihatgohlarda, davlat muassasalarida, dam olish uylarida ruxsat
etilgan edi. Bolalarni dinga o‘qitish ota-onalar xohishiga qarab olib borilgan. Har 10 kishi
uyushsa ibodatxonalar yoki machitlar ochishga, diniy ishlar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi
ro‘yxatidan o‘tkazilar edi. Diniy targ‘ibot matbuot vositalarida, radio-televidenie orqali olib
borildi. Juda ko‘plab machitlar ochildi. CHala Mullalar ruxsatsiz maktablar, xonaki da’vat-
xonalar ochdilar. Dindan dunyoviy davlatimizni yo‘q qilib, o‘rniga islomiy davlat qurishga, hatto
jihodga da’vat qilish, yoshlarni diniy fanatizm ruhida tarbiyalash maqsadlarida foydalanish keng
tus oldi. Diniy fundamentalizm, ekstre-mizm ruhidagi vahhobiylar, hizbut-tahrir, «Nur» kabi
panislomizm harakatlarida buzg‘unchilik ishlari olib boril-di. Natijada O‘zbekiston
Konstitutsiyasining 57-moddasi qo‘pol ravishda buzildi. Bu moddada shunday deb yozib qo‘yil-
gan: «Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi,
respublikaning suvereniteti, yahlitligi va havfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va
erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi,
xalqning sog‘ligi, ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek, harbiylashti-rilgan
«birlashmalar»ning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat
birlashmalarining tuzilishi va faoliyati ta’qiqlanadi. Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish
ta’qiqlanadi». (Konstitutsiya: 19-20-bet).
«Endi Toshkentda bo‘lib o‘tgan fevral voqealariga kelsak, mudhish voqea tashkilotchilarining
manfur g‘arazlari - xalqni el sevgan yurtboshisidan judo qilish, yurtda parokandalikni bunyod
etib, ildam rivojlanib borayotgan erkinligimizni bo‘g‘ib tashlash edi» (Qarang: Ahmadjon
Luqmonov. Xalifalik nima? «Namangan» nashriyoti, 1999 yil 22-bet).
Ushbu moddadagi ko‘rsatmalar qo‘pol ravishda buzilgan-ligi sababli O‘zbekiston
Respublikasining «Vijdon erkin-ligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonuniga yangi modda-
lar qo‘shilib, yangi tahrirda 1998 yil 1- may kuni qabul qilindi.
Uning 5-moddasida davlatdan din, diniy tashkilotlar ajratib qo‘yilganligini ko‘rsatish bilan birga
barcha dinlar, ularning tashkilotlari teng huquqqa egaligi, dindorlar orasida o‘zaro nizolar
chiqarish, horijdan kelib da’vat qilish qonun bilan ta’qiqlanadi. Bu ishlarni qilgan shaxslar
javobgarlikka tortiladi, deyiladi. 6-moddada barcha viloyatlar, tumanlar va mahalla qo‘mitalari
o‘z hududlarida ushbu qonunga to‘g‘ri amal qilish uchun mas’ulligi va javobgarligi alohida
ta’kidlab o‘tilgan.
7-moddada O‘zbekiston Respublikasida xalq ta’limining barcha tizimi dindan ajratib
qo‘yilganligi, ta’lim tizimi dasturiga diniy bilim berish kiritilmaydi, deb yozilgan. 8-moddada
esa 18 yoshga to‘lgan va undan o‘tgan fuqarolardan 100 nafari diniy jamoa tuzishga ruxsat
etilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Qonunda xususiy tarzda dinni o‘qitish ma’n etiladi (9-modda), deb ko‘rsatilgan. Ro‘yhatga
olinmagan va ruxsat qilinmagan diniy tashkilot yoki jamoa tashkil etgan shaxs javobgarlikka
tortiladi (11-modda).
Jamoat joylarida diniy xizmatdagilardan boshqa fuqarolarga diniy libosda yurish ma’n etiladi
(14-modda). Horijdan keltirilgan diniy adabiyotlar maxsus ekspertizadan o‘tkazilgandan
so‘nggina tarqatiladi (19-modda). Diniy ekstremistik mazmundagi chop etilgan materiallar, kino,
foto, audio, video materiallar tayyorlash, saqlash va tarqatish ta’qiqlanadi (19-modda). Diniy
ekstremizm – muayyan diniy konfessiya va tashkilotlardagi ashaddiy mutaassib, fanatik
unsurlarning faoliyati mafkurasi. Fanatizm o‘z aqidasining shak-shubhasiz to‘g‘riligiga ishonib,
boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda ularni tan olmaslik, balki ularni diniy
asoslarni buzishda ayblab, ularga qarshi urush ochishga chaqiradigan omillardandir. Diniy
fanatizm diniy ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlaydi.
Fundamentalizm – ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo‘l bilan zamonaning
barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari suruvchilarning yo‘nalishi. Diniy
fundamentalizm – aqidaning o‘zgarmasligini himoya qiladigan,
Do'stlaringiz bilan baham: |