O‘зbekiстон рeспublikaсi



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/222
Sana02.03.2022
Hajmi5,44 Mb.
#479674
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   222
Bog'liq
dinshunoslik

Horijiylar
diniy jamoa davlat rahbarini saylab qo‘yilishi lozim deb hisoblaganlar. Saylanadigan 
shaxsning tarjimai holiga e’tibor qilinmagan. Ularning fikricha, har bir diniy jamoa o‘ziga imom 
saylashi va uni o‘rnidan tushirishi mumkin.Ular jamiyat tepasida ruhoniylar turishini talab 
qilganlar, saylangan imom esa ularning jamoasidan davlat idorasidagi vakil bo‘lgan. 
Horijiylar
dindan qaytgan bid’atchilarni dushman deb bilganlar. «Dinning sofligini» saqlashga harakat 
qilganlar. O‘ta shafqatsiz tamoyillar sababli horijiylar VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab bir 
qancha mustaqil sektalarga bo‘linib ketgan. Jumladan, Azrikiylar, Ibodiylar, Sufriylar sektalari 
o‘z imomlari nomlari bilan atalgan holda paydo bo‘lgan. 
Zeydilar firqasi VIII asr o‘rtalarida, 740 yilda Kufada ummaviy xalifa Xishonga qarshi xalq 
qo‘zg‘oloniga boshchilik qilgan Zeyd ibn Ali nomi bilan atalgan. Zeyd Alining evarasi 
Husayning nevarasi edi. Zeydilar 864 yili Eroninng shimolida o‘z davlatlarini tuzgan. Bu davlat 
300 yilcha yashagan. 901-yilda esa ular yamanda davlat hokimiyatini qo‘lga olganlar. Zeydilar 
diniy e’tiqodni amaliy harakat bilan qo‘shishni, erkin fikrlashni, taqdirga ishonishni, Qur’onning 
azaldan mavjudligini, Allohning so‘zi ekanini tan oladilar. Ular ko‘pincha SHia marosimlariga 
amal qilishadi, o‘z turmush tarziga ko‘ra Sunniylarga yaqin turishadi. 
Ismoiliylar sektasi.
Bu sekta VIII asrning ikkinchi yarmida bog‘dod xalifaligida paydo bo‘lgan. 
Mazkur sekta Ja’farning o‘g‘li Ismoil nomi bilan bog‘liq. 
Ismoiliylar diniy ta’limotida «dunyoviy aql» va «dunyoviy ruh»ga e’tiqod qilish asosiy o‘rin 
egallaydi. Ular turli davrlarda turli xalqlarga payg‘ambarlarning yubori-lishi «dunyoviy aql»ning 
namoyon bo‘lishi deb hisoblashadi. Ular 7 ta payg‘ambarni: Odam Ato, Ibrohim, Nuh, Muso, 
Iso, Muhammad va Ismoilni tan olishadi. Ularning fikricha imomlar payg‘ambarlarning 
vorislaridir. 
XI asrda Ismoiliylar turli sabablarga ko‘ra: assasinlar, karmatlar, nizoriylar, mustanmiylar degan 
sektalarga bo‘linib ketgan. Hozirgi vaqtda Ismoiliylar o‘rta sharq mamlakatlarida, Hindistonda, 
Uganda, Keniya, Tanzaniya va Tojikistonning tog‘li o‘lkalarida mavjud. Hindistonning Gujrat 
shtatida tirik xudo Ogohonlar faoliyati payg‘ambarlarga mansub. 
Druzlar firqasi ismoiliylardan ajralib chiqqan bo‘lib, ular 998-1021 yillarda hukmron bo‘lgan 
xalifani «xudo yo‘lini ko‘rsatuvchi» ilohiy haloskor deb biladilar. Ular SHia imomlarini va 
sunniy xalifalarini tan olmaydilar. Druzlar turk sultonlari davrida nisbatan mustaqil bo‘ldilar. 
Suriya bilan Livanda Druzlar 1924-1925-yillarda fransuz mustamlakachilariga qarshi milliy 
ozodlik harakatida aktiv qatnashdilar. 
Islomda yana ibodiylar, imomiylar, nusariylar, alilohiylar, ahmadiylar kabi o‘nlab sektalar 
mavjud. 
Islom falsafasida Qur’on, fiqh, ahloq va boshqa masalalarni sharhlash va izohlashda bir-biriga 
zid bo‘lgan tamoyillar paydo bo‘lib, kalom, ya’ni ilk islom diniy-falsafiy ta’limoti vujudga keldi. 
Ilk islom aqidalariga qattiq rioya qilishni ilgari suruvchi mutakallimlar, insonda iroda va fikrlash 


303 
erkinligini Allohga qarama-qarshi qo‘ymagan holda himoya qiluvchi muttaziylilar ta’limoti, 
ruhiy poklanish va kamolot bosqichlaridan o‘tib, ilohiy haqiqatga erishish to‘g‘risidagi so‘fiylik 
yoki tasavvuf ta’limoti VIII asrdayoq arablar bosib olgan barcha hududlarda, ayniqsa, Markaziy 
Osiyoda keng tarqaldi. Bu ta’limot XIV asr oxirlaridan boshlab bu erda yangi bosqichga 
ko‘tarilib rivojlandi. Tasavvuf Islom asosida shakllangan diniy-falsafiy oqim bo‘lib, unda 
qadimgi yunon ta’limoti-neoplatonizm, iudaizm, xristianlik, zardo‘shtiylik, ayniqsa buddizmning 
ta’siri seziladi. Uning asosida asketizm, ya’ni bu dunyo lazzatlaridan voz kechish asosida 
Allohga etish, uni bilish, u bilan birlashish yo‘lini qidirish yotadi. So‘fizm Qur’on va shariat 
talab etgan diniy aqidalar talablarini albatta bajarish, so‘zsiz o‘zini xudoning quli deb bilish, 
ma’lum diniy qoidalarga o‘z shaxsiyatini bo‘ysundirishni talab qiladi. SHaxsiy erkinlik, o‘z 
xohishi bilan tozalanib, Allohga ruhiy singish orqali erishish g‘oyasiga asoslanadi. Bu yo‘lda 
so‘fiylikka berilganlar ortodoksal islom ruhoniylari talablariga rioya etmaganliklari uchun 
so‘fiylarning vakilla-ri ayrim hollarda qoralanganlar, quvg‘in qilinganlar, jazo-langanlar. 
Tasavvufda insonning kamoloti va Allohga ruhan erishuv yo‘llari 4 bosqichdan iboratdir: 
Birinchi bosqich shariat deb atalib, bunda avvalo shariatning barcha talablarini chin qalbdan 
bajarish va unga to‘la bo‘ysunish talab etiladi. 
Ikkinchi bosqich tariqat bo‘lib, bunda murid o‘z shaxsiy istaklaridan voz kechib, o‘zini pir 
ixtiyoriga topshirishi kerak. 
Uchinchi bosqich ma’rifat bo‘lib, bunda so‘fiylar koinotning birligi xudoda mujassam bo‘lishini, 
olam xudoning emonatsiyasidan, ya’ni nurlanishidan vujudga kelishini, yaxshilik va 
yomonlikning nisbiyligini aql bilan emas, balki qalb bilan anglab olishlari kerak. 
To‘rtinchi bosqich haqiqatdir. Bunda so‘fiy shaxs sifatida tugab, xudoga - mo‘ljallangan 
haqiqitga etishish, Allohga singib ketishi va natijada abadiylikka erishuvi zarur. Bu jarayon 
ma’lum davomli vaqtni talab etadi. Maxsus ruhiy, jismoniy harakat, faoliyat - sig‘inish, 
ibodatlar, ohanglar yordamida amalga oshiriladi. So‘fizm tarafdorlari, dastlab, moddiy boylikka 
ega bo‘lish va unga intilishni qoralab, haqiqiy boylik ma’naviy-ruhiy boylikda deb hisoblaganlar. 
Tasavvufning ijtimoiy bazasi, bu - shahar hunarman-dlari, mayda savdogarlar bo‘lib, IX-
X asrlardayoq Iroq, Eronda bu ta’limotning yirik vakillari vujudga kelgan. Halloj (859-922), 
Bistamiy (IX asr), Junaydiy (vafoti 910) shular jumlasidandir. 
Tasavvufning nazariy va amaliy tomonlari bor. Amaliy tomoni bevosita Allohga erishuv 
jarayonidir. Bu yo‘lda so‘fiylik qoidasini bajargan holda juda ko‘pchilik tasavvufga ishonadilar. 
Bu jarayonda shayxlar va muridlar paydo bo‘lib, so‘fiylikka berilganlar, shayxlardan ta’lim 
olganlar, ularga murid bo‘lib tushganlar. Oldinroq, amaliy so‘fiyzm, so‘fiylikning nazariy 
masalalari bilan shug‘ullanish esa so‘ngroq vujudga kelgan. So‘fiyzm nazariyotchilari o‘z 
davrining bilimini puxta egallagan, ilmlardan xabardor, bilimdon-mutafakkir kishilar bo‘lganlar. 
Bulardan Abdul Hamid G‘azzoliy (1058-1116), Suhravardiy (1155-1191), Ibn Arabiy (1165-
1240) kabilarni ko‘rsatish mumkin. Ular so‘fiyzmning nazariy masalalari bo‘yicha qator risolalar 
yaratganlar. 
Ibn Arabiy ayniqsa, so‘fiyzm nazariyasini ishlab chiqishga katta hissa qo‘shdi. 
Andaluziyada tug‘ilib, o‘z umrini turli musulmon shaharlarini kezib, bilimli kishilar bilan 
muloqatda bo‘lishda o‘tkazdi. U so‘fiyzmning eng yirik nazariyotchisi bo‘lib, 300 dan ortiq 
asarlar muallifidir. Ibn Arabiyning ayniqsa, «Fusul al-xikam», «Futuxat al-makkiya», «Tarjimon
al-alivak» kabi asarlarida so‘fiy mutafakkir sifatida olam xudoning birligi, unga intilish, «Ichki 
tajriba» yordamida erishish, Qur’onning ramziy harakterga egaligi haqida ta’limotlar asoslab 
berilgandir. Uning, ayniqsa, so‘fiyzm kosmogoniyasini har tomonlama ishlab chiqishdagi 
xizmati maxsus ta’kidlab o‘tiladi. 


304 
So‘fiylik nazariyasi dastlab xalifalikning musulmon nazariy fikrining markaziy shaharlari 
Bog‘dod, Damashq, Madina kabi shaharlarida ishlab chiqilgan va keng yoyilgan bo‘lsa-da, u 
SHarq o‘lkalarida keng tarqaldi. So‘fiylar to‘xtovsiz sayohatda bo‘lar, turli shaharlarda bilim, 
dinga berilgan shaxslar bilan uchrashuvlar, muloqatlar o‘tkazar edilar. 
So‘fiylik ta’limoti xukmron mafkuradan farq qilgani holda Allohni haqiqat deb talqin etgani, 
jannat-do‘zaxni inkor qilgani, barcha dinlarni teng deb bilgani, haqiqatga erishish yo‘lida
umumiy diniy aqidaga emas, shaxsiy tajriba-intuitsiyaga asoslangani, Islom diniy qoidalariga 
befarq qaragani uchun ortodoksal Islom rahbarlari tomonidan ayrim hollarda ta’qib qilindi, 
ayrim so‘fiyzm mafkurachilari jazolandi ham. Bistamiy qoralandi, Xalloj o‘lim jazosiga xukm 
qilindi. Xurosonda Aynul Kuzrat ham o‘ldirildi. So‘fiylar xalqqa yaqin bo‘ldilar, uni himoya 
etishga harakat qildilar. Movarounnahrga mo‘g‘ullar hujum qilganda ayrim so‘fiylar Vatan 
himoyasi yo‘lida qurbon bo‘ldilar. 
So‘fiy ta’limotlari panteizm yoki Alloh va insonning birlashuvi, olamning (moddiy va ruhiy) 
yagonaligi, hammaning to‘xtovsiz harakatga intilishi zarurligi ta’limoti bilan o‘z davri ilg‘or 
falsafiy ta’limotlariga yaqin turdi va bu bilan xurfikrlikka ham xizmat qildi, aqidachilik, 
xukmron mafkuraga zarar keltirdi. Turli so‘fiy ulamolarning asarlarida bu ta’limotga turlicha 
yangiliklar, aniqliklar kiritilib borildi va u musulmon SHarqida ortodoksal Islomdan so‘ng eng 
rivojlangan, keng tarqalgan ta’limotga aylandi. Uning 15 ga yaqin asosiy yo‘nalishlari - 
maktablari musulmon mamlakatlarida tarqalgandir. 
X asrdan boshlab so‘fizm g‘oyalari Markaziy Osiyo shaharlarida ham keng tarqala boshladi. 
Masalan, Xalloj turli o‘lkalar, Xuroson va Mavorounnaxrda o‘z ta’limotini targ‘ib etdi. So‘fiylik 
asarlari arab, fors tillarida yozildi. O‘rta Osiyoda, so‘ngroq turkiy tillarda ham badiiy asarlar 
shaklida vujudga keldi. 
Movoraunnaxrda tasavvuf ta’limotlari X asrdan boshlab keng yoyila bordi. Tasavvuf ta’limotini 
rivojlantirishda Movorounnaxrlik va Xurosonlik yirik so‘fiylik ta’limot-chilarining xizmati katta 
bo‘lgan. Lekin bu erda mustaqil sufiylik maktablari XI-XII asrlardagina vujudga kela boshlagan. 
Masalan, so‘fiyzm ta’limotini ishlab chiqishda IX asrda Termizda tug‘ilib o‘sgan Xakim 
Termiziyning 80 ga yaqin risolalari muhim rol o‘ynadi.
U Termizda tug‘ilib, shu erda vafot etdi, lekin o‘z ta’limotini Makka, asosan Balx va Nishopurda 
turganida targ‘ib etdi va ko‘p muridlar orttirdi. Uning inson o‘zini-o‘zi turli iflos instinktiv 
(g‘ayri ixtiyoriy) hislatlardan tozalashi, o‘z qalbida Alloh nurini his qilishga intilishi kabi fikrlari 
so‘fizmning so‘nggi rivojida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Uning shogirdlari Juzjoniy, Abu Bakr 
al-Varraq tomonidan rivojlantirildi.
O‘rta Osiyoda, xususan hozirgi O‘zbekiston xududida tasavvufning rivojlanishida YUsuf 
Hamadoniy ta’limoti muhim rol o‘ynaydi. Bu ta’limot, umuman, O‘rta Osiyoda vujudga kelgan 
tasavvuf maktablariga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. U g‘arbiy Eroning Hamadon shaxrida tug‘ilib, 
o‘sgan bo‘lsada, umrining asosiy qismi va faoliyatini O‘rta Osiyoda o‘tkazgan. U 
hunarmandchilik - kosibchilik bilan shug‘ullangan. Unin ta’limoti asosan xunarmandlar orasida 
keng tarqalgan va asosan ularning manfaatlarini ifodalagan. 
YUsuf Hamadoniy ta’limotida vatanparvarlik g‘oyalari o‘z ifodasini topgan bo‘lib, u shogirdlari 
bilan birga qo‘lida qurol bilan mo‘g‘ullar xujumiga qarshi kurashdi. Hamadoniy ta’limotidan 
O‘rta Osiyoda so‘nggi tasavvuf maktabi - YAssaviylik va Naqshbandiylik kelib chiqdi. 
Birinchisi, Xoja Axmad YAsaviy, ikkinchisi Abdulxoliq G‘ijduvoniy va so‘ngroq Bahovuddin 
Naqshband nomlari bilan bog‘liqdir. Bu tasavvuf maktablariga to‘xtashdan avval XI asrlardan 
boshlab O‘rta Osiyoda Qadariya tasavvuf ta’limotining tarqala boshlanganini qayd etib 
o‘tmoqchimiz. 
Qadariylik - qadariya tariqatining asoschisi Abdulqodir Jiloniy bo‘lib, u 1077 yilda tug‘ilgan, 
Bag‘dodda ta’lim olgan, Akademik V.V. Bartold bu ta’limot haqida Abdul-xoliq - axlohiy 
qarashlar targ‘ibotchisi va uning maqsadi odamlar oldida do‘zaxni eshigini yopib, jannat eshigini 


305 
ochish, kishilarni o‘zaro hurmat, muhabbatga undash edi, deb baho beradi. Qadariya ta’limoti 
Turkiya, Afg‘oniston, Pokiston, Jazoir kabi mamlakatlarda ham tarqalgan. 
O‘rta Osiyo muzofotida birinchi vujudga kelgan yirik so‘fiylik tariqati YAssaviylikdir. Bu 
tariqatga Ahmad YAssaviy (1105-1165) asos solgan. YAssaviy YAssi (Turkiston) shahrida 
ruhoniy oilasida tug‘ilgan. Uning otasi Ibrohim YAssi (Sayram) shahrida uzoq yil shayhlik 
qilgan va ko‘p muridlarga ega bo‘lgan.
YAssaviy Buxoroda mashhur ulamo YUsuf Xamadoniydan so‘fiylikning asoslarini o‘rgandi, 
ustozining o‘limidan so‘ng o‘rniga biroz vaqt o‘rinbosar bo‘lib qoldi, so‘ng o‘z yurti Turkistonga 
qaytdi. YAssaviy ta’limoti uning turkiy tilda yozilgan «Devoni hikmat» asarida bayon etilgan. 
Bu asar ko‘chmanchi va o‘troq turkiy xalqlar o‘rtasida so‘fiylik ta’limotini targ‘ib etishda 
muhim ahamiyat kasb etgan. YAssaviy ta’biricha, qiyinchilikka, chidamli og‘ir hayotga 
o‘rgangan odam haqiqiy so‘fiy bo‘la oladi va u xudo vasliga erishadi. Bu dunyo bevafodir. 
YAssaviy g‘oyalari O‘rta Osiyoning turli shaharlarida uning shogirdlari tomonidan keng targ‘ib 
qilindi. SHulardan biri Sulaymon Boqirg‘oniy bo‘lib (vafoti 1192 yilda), u o‘zining turkiy tilda 
yozilgan «Boqirg‘on», «Oxir zamon» asarlarida so‘fiyzm va yassaviylikni targ‘ib qilgan. 
Markaziy Osiyoda shakllangan eng yirik so‘fiylik tariqatlaridan yana biri kubroviyadir. Unga 
Xorazmda XIII asrning boshlarida Najmiddin Kubro (1145-1221) asos solgan. Kubroviya 
tariqati O‘rta va YAqin SHarq o‘lkalarida ham keng tarqalgan. N. Kubro Xivada tug‘ilib 
so‘fiylik ta’limotini Misr, Tabriz, Hamadon shaharlarida egallagan. Ko‘hna Urganchda o‘z 
ta’limotini rivojlantirib, shu erda yangi so‘fiylik tariqatiga asos solgan. Mo‘g‘ullar hujumi 
davrida o‘z muridlari bilan shahar himoyasida faol ishtirok etib qurbon bo‘lgan. Kubro 
bilishning maxsus yo‘lini rivojlan-tirib, so‘fiyzm rivojiga katta hissa qo‘shgan. U o‘zining qator 
risolalarida Kubroviya tariqatining qoidalarini ishlab chiqqan. Bu qoidalar so‘fiylikning ham 
nazariy, ham amaliy masalalarini o‘z ichiga oladi. Kubroviya tariqati O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, 
SHimoliy Hindiston, Eronda tarqaldi va mayda so‘fiylik oqimlarining vujudga kelishiga 
sababchi bo‘ldi. Bu oqimlar Hindistonning Dehli, Bihar shaharlarining madaniy hayotiga muhim 
ta’sir ko‘rsatdi. 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish