298
jome’ masjidida juma namozlarida kollektiv bo‘lib o‘qiladi. Namozning ehtiyoti peshin, tavoruh,
janoza kabi turlari ham mavjud. Og‘ir bemorlar, o‘zini o‘zi eplay
olmaydigan qariyalar namoz
o‘qishdan ozod etilganlar.
Hojatga borishlik, badandan qon yoki yiring oqishi, qusmoq, mast bo‘lmoq, uxlamoq, xushdan
ketmoq, el qo‘yib yuborishlik, namozda qattiq ovoz chiqarib kulishlik, gumon qilishlik kabi
holatlarda tahorat buzilgan hisoblanadi.
3.
Ro‘za va ro‘za hayiti - islomning yana bir farz maro-simidir. Ro‘za tutish ham barcha
musulmonlar uchun majbu-riy. Undan
emizadigan yosh bolali onalar, og‘ir bemorlar,
safarda
yurgan kishilar, aqli-hushi o‘zida bo‘lmagan shaxslar ozod etiladi.
Ro‘za tutish - Qur’onning vahiy qilinishi boshlangan Ramazon oyida 30 kun davomida
bajariladi. Ro‘za tutish («og‘iz boylash») erta saharlik boshlanib to kechki iftor-likkacha davom
etib, shu vaqt mobaynida ovqat etmaslik, suv ichmaslik, nos, papiros, nasha kabilarni
chekmaslik, cho‘mil-maslik shart. Ro‘za oyida iftorlik ziyofatlari xonadonlarda o‘tkaziladi, unda
faqat ro‘za tutganlar qatnashmog‘i kerak.
Ro‘za kunlari jamoat bo‘lib qo‘shimcha tavoruh namozi ham o‘qiladi. 30 kun ro‘za tutish
tugagach, ro‘za hayiti o‘tkaziladi. Bu hayit umumxalq bayrami bo‘lib, unda arafalik qilinadi,
hayit namozi o‘qiladi, vafot etgan avlodlar qabrlari ziyorat qilinadi, «yangi hayit» marosimi
o‘tkaziladi va h.k. Ro‘za Allohga iymon-e’tiqod kuchaygan, Qur’on tilovatlari ko‘pay-gan
tabarruk kunlar hisoblanadi.
Mustaqil O‘zbekistonda ro‘za hayiti kuni bayram sifatida nishonlanib, dam olish joriy etildi.
Prezidentimiz bu kuni dindorlarni muborak ro‘za hayiti bilan qizg‘in tabriklaydi.
Ro‘za o‘g‘il bolalarga 12 yoshdan, qizlar uchun esa 9 yoshidan tutish buyurilgan. Ro‘za jismoniy
tarbiya va sog‘lomlashtirishga yordam berishi mumkin;
4.
Zakot - islom farzlaridan biri. U diniy ahamiyatga ega bo‘libgina qolmay, balki muhim
ijtimoiy ahamiyatga ham egadir.
Zakot - bu musulmonlarning boyliklardan faqiru miskinlarga berilishi shart bo‘lgan Allohning
haqqi. Islom ta’limotiga binoan sadaqa, ya’ni xayru-ehson ikki xil bo‘ladi: ixtiyoriy va majburiy.
Zakot berilishi shart bo‘lgan majburiy sadaqa hisoblanadi. Zakot sadaqagina bo‘lib qolmasdan,
balki u ibodatdir. Har bir musulmon ibodat qilmasligi mumkin bo‘lmaganidek molu dunyosi
ma’lum miqdorga etgach Islom ahlining zakot bermaslikka hech bir haqqi yo‘q. Zakotni inkor
qilgan shaxs islom dinidan chiqqan bo‘ladi, ammo uni farz ekanini e’tirof etsayu, lekin amalda
bajarmagan bo‘lsa gunohkor bo‘ladi.
Zakotni balog‘at yoshiga etgan (18 yoshga to‘lgan), hur va ozod kishilar, aqli hushi joyida, mol-
dunyosi, ya’ni jamg‘armasi nisob miqdoriga etgan va u shaxsiy mulk bo‘lsa, 12 oy ichida biron
marta ham kamayib qolmasa, egasining kundalik ehtiyojlaridan ortiq bo‘lsa, ana shunday shaxs
zakot to‘laydi. Nisob - zakot berilishi shart bo‘lgan mollarning o‘lchov miqdori bo‘lib, u
mollarning turiga qarab turlicha bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: