AQIDALAR.
1)
yakka Allohdan boshqa xudo yo‘q, u hech kimdan tug‘ilmagan, hech kimni
tug‘dirmagan. Olamni yo‘qdan yaratgan, odamlarni, barcha jonli va jonsiz narsalarni, ins-
jinslarni, farishtalarni foniy va boqiy dunyolarning egasi, u hamma narsa, hodisalarni ko‘rib,
293
bilib turadi. Ungagina bo‘ysunaman, uning to‘g‘ri yo‘lidan olib borayotgan Muhammad
payg‘ambarga ishonaman, unga taqlid qilaman.
2)
Farishtalarga ishonish, ularni Alloh olovdan yaratgan jonsiz, ko‘zga ko‘rinmaydigan
ruhlar, deb tasavvur etiladi. Farishtalar Allohga itoat etadilar, uning xizmatini bajaradilar, deb
ishonadilar. Masalan, farishta Azroil jon oluvchi, Jabroil farishta Allohdan Muhammad
payg‘ambarga xush xabar keltirgan. Munkir va Nakir degan farishtalar vafot etganlarni so‘roq
qilib gunoh va savobini aniqlaydi va h.k.
3)
Muqaddas kitoblarga ishonish va ulardagi ko‘rsatmalarga amal qilish. Muqaddas
kitoblar: Qur’on, Hadislar, Axbor, Tavrot, Talmud, Zabur, Bibliya (Injillar), Tripitaka, vedalar
va boshqalardir. Bundan Qur’on osmondan tushgan eng so‘nggi, eng mukammal, haqiqat va
Allohning so‘zlari bitilgan «ona kitob»dir.
4)
Payg‘ambarlarga va Muhammadning Allohning elchisi ekanligiga ishonish, Alloh, er
yuzidagi barcha odamlarni o‘z elchisi Muhammadga vahiylar orqali boshqarib, ularni to‘g‘ri
yo‘ldan boshlab borish vazifasini payg‘ambarga, undan keyin esa podsholarga yuklagan, deb
tasavvur etiladi. Qur’onda Muhammaddan boshqa yana Nuh (Noy), Ibrohim (Avraam), Ishoq
(Isaak), YAkub (Iakov), Ayub (Iof), YUnus (Ion), Muso (Moisey), Xorun (Aaron), Iso (Iisus
Xristos), YAh’yo (Ioann CHo‘qintiruvchi), Maryam (Mariya), Dovud, Sulaymon, YUsuf (Iosif
Prekrasno‘y) kabi payg‘ambarlar to‘g‘risida ham gap boradi. Qur’ondagi ayrim suralar
payg‘ambarlar nomi bilan ham atalgan, masalan, Muhammad, Ibrohim, YUsuf kabi.
5)
Oxiratdagi va boqiy dunyodagi hayotga ishonish. Qur’onda, oxiratda o‘lganlar tiriladi,
xudo ularni so‘roq qilib gunohkorlar do‘zaxda azob tortishga, savob ish qilganlar esa jannatda
abadiy rohat-farog‘atda hayot kechirishiga hukm qilishi aytiladi. Bu dunyo foniy, ya’ni
o‘tkinchi, aldamchi, bir lahzali, asosiy hayot esa boqiy dunyoda ekanligi ta’kidlanib, har bir kishi
sabr-toqatli, insofli, adolatli bo‘lib, savob amalar qilishi kerak, ana shundagina jannat hayoti
unga nasib etadi, deydilar.
6)
Inson taqdirining xudo tomonidan oldindan belgilab (peshonasiga yozib) qo‘yilganligi
to‘g‘risidagi tasavvur-lar. Bu aqidaga ko‘ra xudo hamma narsalar ustidan, shu jumladan,
odamlarning taqdiri ustidan ham to‘la hukmronlik qiladi. Insonda xohish va iroda erkinligi yo‘q
bo‘lib, inson faqat xudo xohlaganini, peshonasiga yozilganini ko‘radi, degan g‘oya ilgari
suriladi. Bu aqida ijtimoiy munosabatlarga tegishli bo‘lib, islom olamida ko‘p tortishuvlarga
sabab bo‘lgan.
7)
Islomning oxirgi aqidasi - bu o‘lgandan keyin tirilishga ishonishdir. Bu aqidaning vujudga
kelishida qadim dunyodagi animizm va avlodlar ruhiga sig‘inish dinlarning bevosita ta’siri
sezilib turadi. Islomdagi SHia musulmonlari e’tiqodi beshta aqida: tavhid (yakka xudolik), adl
(adolat), nubuvvat (payg‘ambarlik), imomat (imomlar hokimiyati) va qiyomat (oxirat kunining
kelishi va o‘lganlarning tirilishi)ni tan olishdan iborat.
Qur’on ilk islomda yakka-yu yagona manba edi. Ammo arab istilolari natijasida vujudga kelgan
xalifalik hududlarida yashayotgan turli xalqlar talab-ehtiyojlariga Qur’on to‘la javob bera olmas
edi. SHu tariqa o‘zgargan tarixiy sharoitdagi talab va ehtiyojlarga javob beradigan yangi
manbalar vujudga kelishi zarur bo‘ldi. Islom olimlari Muhammad payg‘ambarning hayot yo‘li, u
aytgan hikmatlari, ibratli xabarlar, ko‘rsatgan yo‘l-yo‘riqlari, uning va sahobalarining yaxshi
ishlari, o‘git va nasihatlarini, bilgan shaxslardan eshitib, to‘play boshlaganlar. Bu yangi
ma’lumotlarni «hadis», ya’ni «hikoya», «xabar», «hikmat» deb aytish mumkin. Hadislar
to‘plami Sunna deb yuritiladi. Sunniy yo‘nalishdagi musulmonlar tan olgan, hadislargina sunna
hisoblanib, u Qur’ondagi keyindagi ikkinchi manba hisoblanadi. Hadislarni dastlab
Muhammadning qarindosh-lari, xalifalar, sahobalar ishlatgan, ya’ni ular biron-bir ko‘rsatmani
(avvalo huquqiy harakterdagi ko‘rsatmani) qonunlashtirish uchun o‘zlari Muhammaddan
eshitgan so‘zlarni dalil qilib keltirganlar. VII-IX asrlarda ming-minglab hadis to‘plangan yoki
to‘qilgan. Hadisshunoslik savob ish hisoblangan, hadislarni to‘plash mustaqil bilimga aylangan,
bu ishga ixtisoslashgan ilohiyot peshvolari esa muhaddislar, deb atalganlar.
294
Hadislarning aksariyati huquqiy va ahloqiy normalarni, marosim va urf-odatlar, oilaviy
munosabatlar, kasb-kor, savdo-sotiq, ilm, ota-ona, farzand, qarindosh-urug‘, do‘stlik, yaxshilik
yoki yomonlikka oid bo‘lgan. Ammo tarxiy mazmunga ega bo‘lgan.
Muhammad tarjimaiholini, xalifalar, sahobalar faoli-yatini bayon etgan hadislar ham
bo‘lgan. Islomda taniqli va nufuzli hisoblangan kishilar tomonidan etkazilgan hadislar (sahih)
deb e’tirof qilingan.
Hadislarni etkazgan kishilar ishonchli bo‘lsa, bu hadis yaxshi (hasan) deb atalgan.
Ishonchli bo‘lmagan shaxslar etkaz-gan hadislar bo‘sh (zaif) deb atalgan.
Haqiqiy rost, chin hadislarni soxta hadisdan ajratish eng muhim ish hisoblangan. Bu
ishda ham qiyoslash, taqqoslash usulidan foydalanilgan. Masalan, biron hadis turli shaxslardan,
turli, bir-biridan uzoq joylarda solishti-rilgan ular aynan tug‘ri kelsa o‘shanday hadis sahih, ya’ni
chin hadis hisoblangan, agar bir-biriga bironta so‘zda, ma’noda to‘g‘ri kelmasa unday hadis
soxta yoki zaif hisoblangan va tashlab yuborilgan.
IX-X asrlarda hadisshunoslik va hadislarni to‘plash tugallangan. To‘plangan hadislar hajmi,
chinligi, tartibi, ahamiyati bilan musulmon olamida olti muhaddis (hadis to‘plovchi) mashhur
bo‘lgan. SHulardan uchtasi Markaziy Osiyo-dan chiqqan. Muhaddislar orasida eng orbo‘lisi va
mashhuri Imom Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (809-870 yillar) dir. U Buxoroda tug‘ilib, shu
erda o‘z davri ilmlarini, ayniqsa, diniy bilimlarini har tomonlama o‘rgangan. So‘ng o‘z
bilimlarini mukammallashtirish maqsadida Makka, Madina, Bog‘dod, Damashq, Hijoz, Kufa,
Nishopur kabi shaharlarga borgan. Bu shaharlarda juda ko‘p olimlar, dinshunoslar, muhaddislar
bilan uchrashgan, hadislar to‘plagan, so‘ng Buxoroga qaytgan. U Samarqand yaqinida vafot
etgan. Uning maqabarasi hozir ta’mirlangan va ziyoratgohga aylantirilgan.
Buxoriydan bizga juda ko‘p meros qolgan. Uning islom dinshunosligiga oid 20 taga yaqin katta
hajmdagi asarlari mavjud. «Al-Jome’-Sahih», «At-tarix al-Kabir», «At-tarix as-sagir», «Al-Adab
al-SHufrad» kabilar shular jumlasiga kiradi.
«Islom olamida hazari imom Buxoriy va imom Muslim ikkalalarining ikki sahih kitobi paydo
bo‘lgach, olimu muhaddislar juda nozik did bilan tekshirib, bahs yuritganlaridan keyin eng
ishonchli ekaniga qalblari taskin topdi. Allohning kitobi Qur’oni Karimdan keyin Islomning
ikkinchi manbasi, «Eng oliy va eng sahih» manba deb shu ikki kitobni tasdiqladilar». (Qarang:
Imom Buxoriy ta’rifi. Toshkent.-«CHo‘lpon» nashriyoti.-1996 yil. 9-bet)
Buxoriyni butun musulmon olamiga mashhur qilgan asari to‘rt jildli «Al Jome’ al-Sahih»
(«Ishonchli to‘plam») bo‘lib, u «Sahih- al-Buxoriy» nomi bilan ham ma’lumdir. Bu asar 160
qismdan iborat bo‘lib, 3450 bobni o‘z ichiga oladi. CHunki, Buxoriy 20 mingdan ortiqroq hadis
to‘plab, bulardan 7250 tasini mana shu kitobiga kiritgan. Buxoriy to‘plamiga haqiqiy bilgan
hadislarnigina kiritgan. Bu kitobdagi hadislarda inson uchun tarbiyaviy ahamiyati, uning
ma’naviy yuksalishi, pokligi, donoligi, yaxshi-yomonni ajrata bilishi kabi g‘oyalar bayon etilgan.
Hadislarning asosiy maqsadi: do‘stlik, adolat, o‘zaro yaxshi munosabatlarni mustahkamlash,
insonni yomonlikdan asrashdir. Ismoil Buxoriy «Sahih»ning hozir to‘rttala jildi o‘zbek tiliga
tarjima qilinib, undan xalqimiz foydalanmoqda.
Buxoriyning yaqin shogirdlaridan bo‘lmish mashhur muhaddislardan biri Imom Iso at-
Termiziydir (824-892 yillar). Undan «Jame’ al-kabir», «Jome’ at-Termiziy», «Ash-SHamoil al-
Nabaviya», «At-Tarix», «Kitob az-Zuxd» kabi o‘ndan ortiq asarlar qolgan. Termiziyni
musulmon olamiga mashhur qilgan asari «Jome’ at-Termiziy» bo‘lib, unda insonparvarlik
g‘oyalari keng ifodalangan. O‘g‘irlik, zo‘ra-vonlik, yolg‘onchilik, ichkilikbozlik, manmanlik
kabi salbiy, ahloqqa zid qusurlar qattiq tanqid qilingan.
Islomda mashhur bo‘lgan muxaddislardan yana biri Abu Abdurahmon an-Nasoyidir (850-915
yillar). U Nisa (Turkmaniston) shahrida tug‘ilib, horijiy sharq shahar-larida, xususan Misrda o‘z
295
bilimini oshirgan. U Falastin-ning Romla shahrida vafot etgan. Uning «at-sunai al-Kubro» kitobi
mashhur bo‘lgan. Qolgan yana uchta hadis yozganlar Eron va Arab mamlakatlarida edi.
Hadislar Qur’on kabi muqaddas manba sifatida musulmonlarning ta’lim-tarbiyasida, fiqx
sistemasida, oilaviy tarbiyada hamon katta ahamiyatini saqlab kelmoqda.
SHariat-arabcha «to‘g‘ri yo‘l», «ilohiy belgilab berilgan yo‘l» demakdir.
SHariat - islom qonun-qoidalariga, moddiy va ma’naviy hayotning barcha sohalarida
musulmonlar bajarishi lozim deb belgilangan, ijtimoiy-iqtisodiy, fuqarolik, ahloqiy va diniy
faoliyat va hatti-harkatlar bo‘yicha qonun-qoidalar va me’yorlar majmuasidir.
SHariatning harakterli xususiyatlaridan biri shundaki, u faqat huquq va qonunchilikka xos
masalalar bilan cheklanib qolmay, u ahloq va diniy marosimchilik masalalarini ham o‘z ichiga
oladi. Musulmonlar uchun bajarish farz, ya’ni majbur hisoblangan dasturlarni belgilab beradi va
ularning diniy qonun tusiga kiritadi. SHuni hisobga olganda, shariatni faqat shartli ravishda diniy
huquq tizimi deb atash mumkin.
SHariat insonning huquqiy, ahloqiy va diniy hayotini qattiq nazoratga oladi, u hatto insonning
shaxsiy va oilaviy hayoti, kundalik turmushiga oid barcha masalalarni ham o‘z tasarrufiga oladi
hamda ularni diniy qoidalar darajasiga ko‘taradi. SHariat feodal tizimdagi ijtimoiy munosabatlar,
ta’lim-tarbiya, ruxsat etilgan va qat’iyan ta’qiqlangan hatti-harakatlar: oila, nikoh va taloq
masalalari, savdoda oldi-sotdi tartibi va mulkiy munosabatlar, jinoiy harakatlar va jazolash
me’yorlari kabi bir butun, yaxlit tizimdir. SHariat va uning qoidalari islomda Alloh tomonidan
belgilab berilgan ilohiy yo‘l bo‘lganligi uchun u muqaddas hisoblanadi. CHunki, yuqorida aytib
o‘tilganidek, Muhammad payg‘ambar diniy jamoada yakka hukmdor sifatida - ham hokim, ham
qozi, ham lashkarboshi, ham bosh imom bo‘lib, u Alloh nomidan musulmonlarning oilaviy va
shaxsiy muammolarini o‘zi hal etgan, musulmonlarga pand-nasihat qilgan, yo‘l-yo‘riq
ko‘rsatgan. Ana shular keyinchalik hadislarga kiritilgan, ular shariat dasturlari, qonunlari
darajasiga ko‘tarilgan.
SHariat XIII-XII asrlar davomida asta-sekin shakllandi. Qur’on, hadis (sunna), ijmo’ va qiyos
shariat manbalari hisoblanadi.
Ijmo’ - diniy jamoa fikri (arabcha-ijmo’ al-umma) bo‘lib, Qur’on va hadislarga asoslangan,
ammo alohida vaziyat yoki shart-sharoitni hisobga olib chiqariladigan ulamolar hukmi edi.
Qiyos - kengayib ketgan, ichki nizolar kuchayib borayotgan xalifalikda shariatga asos qilib
olingan to‘rtinchi manba edi. Qur’on va hadislardan topilmagan ko‘rsatmalar o‘rniga ulamolar
bergan fatvo o‘tgan. Qiyos - mantiqiy taqqoslash yo‘li bilan biror masala bo‘yicha hukm
chiqarish usulidir.
Ijmo’ bilan qiyos qabul qilingach, mahalliy va markazdagi humdorlar shariatni o‘z xohish-
irodalariga qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Natijada islomning Muhammad payg‘ambar
davridagi ko‘p talablari buzildi. Islomga bid’at hisoblangan yangiliklar kirib qolgan. Keyingi
vaqtlarda vahhobiylar «islomni tozalash»ni talab qilmoqdalar.
SHariat eng avvalo qonunchilik bo‘lib, u Muhammad vafotidan keyin 5 asr davomida ishlab
chiqilgan. Bu ishlar bilan shug‘ullanish natijasida qonunshunoslikka oid diniy fiqx bilimi
vujudga keladi. Fiqx so‘zi arabcha bo‘lib, u bilish, tushunish, anglash mazmunidan olingan. Fiqx
bilan mashg‘ul bo‘lgan ulamolar fiqxlar, ya’ni qonunshunos, diniy qonunlar sohasida bilimdon
kishilar demakdir. Masalan, Marg‘ilon shahridan etishib chiqqan Burhonuddin Marg‘iloniy
(1197 yilda vafot etgan) Ali ibn Abu Bakr al-Farg‘oniy ar-Rishtoniy qator asarlar muallifi bo‘lib,
uning fiqxga oid eng mashhur kitobi «Hidoya fi-l-Furuz» («SHariat sohalari bo‘yicha
qo‘llanma»)dir. «Hidoya» musulmon huquqshunosligi sohasidagi eng yirik va keng tarqalgan
asarlardan biri bo‘-lib, hozirgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas.
SHariatni yaratish jarayonida fiqx kategoriyalari ishlab chiqilgan.
296
1.
«Farz» deb nomlanadi va bunga bevosita Qur’onda ko‘rsatilgan har qanday holda ham
bajarilishi majbur bo‘lgan harakatlar kiradi. Farz deb belgilangan talablarni bajara olmaslik
qattiq gunoh hisoblanadi. Masalan, har bir musulmon kalimai shahodat keltirishi, namoz o‘qishi,
ro‘za tutishi, zakot to‘lashi, haj qilishi farz majburiyatlaridandir.
2.
«Mandub» (tavsiya qilingan, lozim deb tayinlangan) oddiy tilda «Sunnat». Bunga
bajarish tavsiya etiladi-gan harakatlar kiradi, bajarish savob, lekin bajaril-maganda gunoh
hisoblanadi. Masalan, qurbonlik marosi-mi o‘tkazish, sadaqa ulashish, aziz joylarga borish.
3.
«Muboh» deb atalib, bunga har bir shaxs ixtiyori bilan bajarsa ham bo‘laveradigan hatti-
harakatlar kiradi, ular savob ham, gunoh ham hisoblanmaydi. Masalan, o‘lganlar ruhiga chiroq
(sham) yoqish. Bibi seshanba, mushkulkushot o‘tkazish.
4.
«Makruh» deb ataladigan kategoriyaga nolozim hisoblanadigan hatti-harakatlar kiradi.
Makruh ishni qilish nolozim hisoblanadi, lekin gunoh hisoblanmaydi. Masalan, xotinni taloq
qilish, emizadigan bolasi bor ayollarni ro‘za tutmasligi kabi.
5.
«Harom» yoki «Mahzur» deb ataladigan kategoriyaga shariatda qat’iy ravishda ta’qiqlangan
hatti-harakatlar kiradi. Masalan, Islomdan chiqib boshqa dinni qabul qilish, birovning haqqini
o‘zlashtirib yuborish, zino qilish, zakot to‘lamas-lik kabilar. Harom ishlarga yo‘l qo‘ygan shaxs
gunohkor hisoblanib, unga jazo qo‘llanishi mumkin.
Feodalizm davrida yangi kategoriya ishlab chiqilib «Vojib» deb atalgan. «Vojib» xalifalar,
podsholar, amirlar, sultonlar va boshqa hukmdorlarning farmon va bo‘yruqlarini bajarish
majburligini va zarurligini anglatgan. «Vojib» Alloh bo‘yruqlaridan keyin, ya’ni Muham-mad
ko‘rsatmalaridan avvalgi o‘ringa qo‘yilgan. Vojibni «Amri vojib» deb ham aytiladi. SHohning
aytgani Ollohning aytgani, degan ma’noda ishlatilgan. SHariat islom rasmiy din hisoblanadigan
davlatlarda hozir ham o‘z kuchiga ega. Masalan, Eron Islom respublikasida 1979 yildan boshlab
shariat rasmiy kuchga ega. Lekin islom davlatdan ajratilgan mustaqil O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida (31,61 moddalar) shariat qonunlari rasmiy kuchga ega emas, ammo shariatning
ahloqiy talablari, ayrim holatlarda ijtimoiy-mulkiy, oila-nikoh talablari hamon an’anaviy kuchga
egadir.
Islomda Qur’on, shariat, hadislarda ahloqqa alohida ahamiyat berilgan. Keng ma’noda olinganda
inson, uning hayoti va hayotining mazmuni, mehnat, uning ahamiyati, boshqa dindagi xalqlarga
munosabat, xotin-qizlar, oila-nikoh, odamlarning jamoat joylarida o‘zaro munosabatlaridagi
me’yorlar va savdo-sotiq kabi ko‘pgina masalalar ahloqiy jihatdan qanday bo‘lishi kerakligi
belgilab qo‘yilgan. Masalan, Qur’onning 4-sura 33-oyatida: «O‘z-o‘zingizni o‘ldirmangiz»
deyilgan, yoki 6-suraning 141-oyatida «Tentaklik qilib bilmaslik natija-sida o‘z farzandini
o‘ldirganlar - yo‘ldan adashganlardir», deyilgan, yoxud 6-suraning 152-158-oyatlarida «Ota-
onangizga muruvvat qilinglar, ifloslikka (buzuqchilikka) ochiq ham, yashirin ham
yaqinlashmangiz, odam o‘ldirmangiz. Buni Alloh ta’qiqlagan. Etimlar mulkiga yaqinlashmangiz,
o‘lchovda va tarozida adolatli bo‘lingiz. Gapirgan vaqtlaringizda to‘g‘ri bo‘lingiz», deyilgan. Bu
ahloqiy ko‘rsatmalar mustaqil O‘zbe-kistonda ma’naviyatni yuksaltirish uchun beqiyosi
ahamiyati bor.
Garchi ahloq va uning tamoyillari, oddiy kundalik me’yorlari, har qanday dindan avvalroq
ibtidoiy jamiyatning yuqori bosqichlarida vujudga kelgan bo‘lsa ham dinlar, shu jumladan, islom
dini ham ana shu ahloqiy yutuqlarni o‘z mazmuni, maqsadi va yo‘nalishiga asosan qayta ishlab
va unga o‘ziga xos bo‘lgan yangi tamoyil va me’yorlarni qo‘shib musulmonlarga Alloh va
payg‘ambar nomidan taqdim etadi.
Musulmonlar oliy tabaqalar ommadan tashkil topganligi uchun islom ahloqi umuminsoniydir.
Ulamolar bu ahloqdagi insoniylikni muhim xususiyat sifatida alohida ta’kidlab o‘tadilar.
SHariat mulkka munosabatni ham belgilab qo‘ygan. Masalan, erga egalik shakli shariatga ko‘ra
uchta: podsholik mulki, xususiy mulk, vaqf mulki kabilardan iboratdir. Xalifa butun
mamlakatning mulkiga xo‘jayin bo‘lmasada, barcha mulk amalda uniki hisoblanadi. Davlat er
mulkini ersiz dehqonlar ma’lum shartnoma asosida ishlaganlar.
297
Vaqf mulkiga erlar, savdo rastalari, objuvozlar, bog‘lar, karvon saroylar, barcha masjid,
madrasa, maqbara, diniy maktablar, mozorlar atrofidagi joylar, diniy yozuvlar kiradi.
Vaqf erlari davlat tomonidan, ayrim boylar tomonidan, egasiz qolgan, vasiyat qilingan erlardan
tashkil topadi. Vaqf erlarini garovga qo‘yish, sotib olish, tortiq qilish mumkin emas. Vaqf
mulkini mutavalli boshqaradi. Bu mulkdan qolgan daromadlar din manfaatiga sarflanadi, muhtoj
kishilarga undan yordam beriladi.
SHariatni amalga oshirish qozilar va ularning ixtiyorida bo‘lgan qozilik mahkamasi qo‘lida
bo‘ladi. SHariat ta’qiqlari, majburiyatlarini xalq qanday bajarayotganligini mahalliy ruhoniylar,
qozi, imom, ulamo, uyboshi, ellikboshi, yuzboshi, mingboshi, tumanboshilar nazorat qiladi.
SHariat jinoyatni turlarga ajratib jazo belgilaydi. 1-xildagi jinoyat qonli jinoyat bo‘lib, unga
birovni o‘ldirish yoki yarador qilish, o‘g‘irlik yoki qaroqchilik kabilar kirib, ular og‘ir jinoyat
hisoblanadi. Bunday jinoyatga yo‘l qo‘ygan shaxs o‘limga yoki og‘ir tan jazosiga hukm qilinadi,
ba’zan o‘ldirilgan kishining xunini to‘lashga majbur qilinadi. Masalan, qulni o‘ldirgan kishi qul
sotib olib berishi yoki uning narxida jarima to‘lashi Qur’onda aytilgan.
2-xildagi jinoyatga dindan qaytish, zino qilish, o‘g‘irlik, qaroqchilik kirib, bu hollarda ham
aybdor kishi o‘lim jazosi olgan.
3-jinoyatga shariatga nolozim ishlar kiradi: sababsiz namoz o‘qimaslik, ro‘za tutmaslik, birovga
tuhmat qilish, birovlar haqini eb yuborish, qimor o‘ynash, kayf qilish, zakot to‘lamaslik, din
peshvolarini haqoratlash. Bu jinoyatlar zindonga solish, qamchi bilan savalash, mol-mulkini
musodara qilish bilan jazolangan.
Islomning boshqa dinlardan keskin farqi unda g‘oyat ko‘p marosimlar mavjudligi bo‘lib,
marosimlar asrlar bo‘yi xalq ommasi hayotiga keng singib ketgan, barchani o‘z ta’siriga olgan,
jamotchilik fikri va ijtimoiy psixologiyaga ta’sir qilib, turmush tarzi belgilangan, tartib-
intizomga solib, odamlarni kollektivchilik, hamkorlikka o‘rgatgan, ulardan ma’lum darajada vaqt
va sarf-harajat sarflashni talab etgan, musulmonlarning dunyoqarashi va iymon-e’tiqodini
kengaytirib borgan. Islom marosimlari muayyan demokratik harakterga ega, ya’ni ularga rioya
qilishda jamiyatdagi turli tabaqa, sinf va guruh, boylaru kambag‘allar birdek huquqqa va
majburiyatga egalar, ammo imkoniyatlar darajasi turlicha.
Do'stlaringiz bilan baham: |