285
tomon qibla, deb hisoblangan (2-sura, 143-150 oyatlar). Jihod urushlarida (islom dini uchun)
halok bo‘lgan kishilar shahid deb belgilangan (2 suraning 154-oyati). Musulmonlarga o‘limtik
go‘shti, qon, to‘ng‘iz go‘shti, Allohdan boshqa (sa-nam)larning nomini tilga olib so‘yilgan
hayvonlarning go‘shti harom qilingan (2-sura 173-oyat). Qasos olish, o‘lim oldidan o‘z mol-
mulkini vasiyat qilish, ro‘za tutish, haj marosimlarini ijro etish (2-suraning 196-200-oyatlari),
qurbonlik qilish (2-suraning 196-oyati) haqidagi qoidalar kiritilgan (2-suraning 178-187-
oyatlari). Pora berish va pora olish ta’qiqlangan (2-suraning 188-oyati). Kayf qiladigan ichkilik
ichish noma’qul deyilgan, maysir (arablar o‘rtasida keng tarqalgan qimor o‘yini) ta’qiqlangan (2-
suraning 219-oyati). Oila-nikoh qoidalari, mahr berish, taloq, uch taloq, erdan ajralgan yoki eri
o‘lib beva qolgan ayollarning kutish muddatlari (addat-idda), farzandni emizish, otalik-onalik
huquqi kabi (2-sura 226-243-oyatlar) qoidalar kiritilgan.
625 yilning oxiri 626 yilning boshlarida vahiy qilingan 4-surada oila, nikoh, vorislik,
etim-esirlar huquqi kabi 2-suradagi (Uhud, jangidan keyin) masalalar yanada batafsilroq aytib
o‘tilgan. Mukammal yangi qonun-qoidalar (4-suraning 1-39, 127-130-oyatlar), shuningdek jihod
urushlarida ishtirok etish, shahidlar va ularning oilalari haqidagi qoidalar vahiy etilgan (4-
suraning 71-104-oyatlari).
Islom tarixida, sho‘ro islomshunosligida va targ‘ibotga moyil adabiyotlarda ko‘pgina
munozara, kelishmovchilikka sabab bo‘lgan ko‘p xotin olish (poligamiya) masalasiga alohida
to‘xtalib o‘tmoq zarur. Bu masalaning tub tarixiy mohiyatini oyatning matnini tahlil qilmasdan
tushunish qiyin. 4-suradagi 3-oyat «Oyat at-taadud az-zavjot» (ko‘p xotinlilik haqidagi oyat) deb
nomlangan. Uning arabcha matni quyidagicha: «Va ni xiftum allo tuksitu fi-l-yatomo fankixu mo
toba lakum minan-nison masno va sulosa va rubo’a, fa in xiftum allo ta’dilu fa-voxidatan av mo
malakat aymonikum, zolika adno allo ta’ulu», ya’ni «Agar etimlarga nisbatan adolatsizlikdan
qo‘rqsangiz, u holda o‘zlaringizga yoqqan ayollardan ikkitasini, uchtasini, to‘rttasini
nikohingizga olingiz. Ularga nisbatan teng bo‘lolmaslikdan qo‘rqsangiz, unda faqat bittasiga,
yoki o‘z qo‘l ostingizda bo‘lganlarga nikohlaningiz. Bu adolatdan chetlanmaslikka yaqinroq».
Ma’lumki, Badr va Uhud janglarida, oraliqdagi 10 dan ortiq mayda to‘qnashuvlarda, jami
180 dan ortiq kishi halok bo‘lgan edi. Ulardan qolgan tul xotinlaru etim bolalarning turmushi va
ta’minoti masalasi paydo bo‘lgandi. Etimlar va bevalarni boqish, tarbiyalash maqsadida
to‘rttagacha xotin olishga ruxsat etilgan. Lekin ularga teng qaray olmagan kishi bo‘lsa bitta xotin
olsin, hatto o‘z cho‘risiga uylansin, deyishning mohiyatida shahvatparastlik emas, balki vujudga
kelgan murakkab ijtimoiy, huquqiy va ahloqiy muammolarni hal qilish zaruriyati yotadi.
Bu masalada musulmonlarga ibrat bo‘lish uchun payg‘am-barning o‘zi Uhud jangida
yaralanib, keyin vafot etgan yaqin safdoshi Abu Salama ibn Abdul Asadning xotini Ulima
Salamaga 626 yilning mart oyida uylanadi va uning etim qolgan ikki o‘g‘ilchasini o‘z tarbiyasiga
oladi.
Feodalizm sharoitida o‘rta asrlar musulmon mamlakat-larida diniy mutaassiblik
kuchayadi, ilk islomga xos demok-ratik va insonparvarlik g‘oyalarining mazmuni unutiladi,
boylar va hokimlar uchun etimlarga g‘amxo‘rlik emas, balki shuhratparastlik va shahvatparastlik
tuyg‘ulari hamda oilaning mol-mulkini ko‘paytirish, o‘z manfaat, huquqlarini kuchaytirish kerak
edi. Lekin bu mohiyatan ilk islomga xos ahloqiy tamoyillarni qo‘pol buzish bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: