Dyakon
(yunoncha-xizmatchi)
-
II-III asrlarda episkop huzuridagi xizmat lavozimi,
xristianlik jamoalarida xo‘jalik ishlarini olib boradi. Keyinroq esa diniy unvonga aylantirilgan,
ibodat va marosimlarni o‘tkazishda pop yordamchisi bo‘lgan ruhoniy kishi.
2.
Kardinal
(lotincha-bosh, asosiy)
-
katolik cherkovida Rim papasidan keyingi ruhoniy.
Kardinallar «kardinallar kollegiyasi» majlisining roziligi bilan papa tomonidan tayinlanadi va u
papaning yaqin maslahatchisi hisoblanadi. O‘z navbatida konklav-kardinallar yig‘ilishi Rim
papasini saylaydi.
3.
Katolik cherkovi episkoplari Sinodi-Rim papasi huzuridagi maslahat organi
2-
Vatikan sobori tavsiyasiga ko‘ra Pavel VI tomonidan tuzilgan. Papa xohishi bilan 3 yilda bir
marta yig‘ilish o‘tkaziladi va cherkov uchun muhim masalani muhokama qiladi. Sinodning
qarori episkoplarning 2G‘3 qismi (uchdan ikki) ovoz bergandagina qabul qilinadi va papa tasdiq
qilsa kuchga kiradi.
4.
Katolikos
(yun.-umumiy)
-
arman-grigoryan cherkovi va gruzin pravoslav cherkovi
boshlig‘ining unvoni, patriarx unvoni bilan birlashtirilgan va unga teng hisoblangan.
5.
Klir
(yun.-chek tashlash. Xristian ruhoniylari dastlab chek tashlash yo‘li bilan saylangan)
- xristian unvonli ruhoniylari va cherkov xizmatchisi, ruhoniylarning hammasi, tor ma’noda
pritch, ya’ni diniy mavzuda olib boriladigan dindorlarning suhbat yig‘ilishi ziyofatiga rahbarlik
qilgan kishi. Dastlabki asrlarda Klirlar oddiy, kambag‘al kishilardan saylandi, lekin II asr oxiri
III asr boshlaridan boshlab Klirlar Rim hukmdor sinflar, tabaqalari vakillaridan saylanib
xristianlik dini davlat tomonidan asta-sekin tan olina boshlandi.
6.
Kolyada
- slavyanlarda qish faslida kunduzi eng qisqa, kechasi eng uzoq bo‘lgan paytda
o‘tadigan bayramlarning xristiancha sikli. Kolyada qarashlari bo‘yicha bu vaqt yangi hayotning,
tabiat yangilanishining boshlanishi. Kolyada kolyadakalar bilan birga o‘tkazilgan kolyadani yo‘q
qilishga bo‘lgan urinish zoe ketgach, xristian cherkovi 25 dekabrdan 19 yanvargacha o‘tadigan
Isoning tug‘ilishi va cho‘qintirilishga bag‘ishlangan bayramlar sikli-svyatkaga kiradi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarida xristianlar mavjud bo‘lib, ularning markazi Toshkentda, bosh
ruhoniysi Vladimir (episkop). Xristianlar bilan musulmonlar yaxshi aloqada, hamjihatlikda
yashaydilar.
Kolyada vaqtida qadimgi slavyan xalqlari turli sayillar, o‘yin-kulgilar va marosimlar o‘tkazilgan.
Endi bular qatoridan «Isoni ulug‘lash», yulduz va xristianlikka xos boshqa muqaddas narsalarni
ko‘tarib yurish tartiblari joy oldi. Kolyada xalq bayramidir.
7.
Kretsianizm
(lat.-yaratish va jon) - xristian ilohiyoti ta’limotida jon to‘g‘risidagi oqim.
Kretsianizm taraf-dorlari, (mas. Hozirgi neotomistlar) xudo har safar odamni yaratganda jonni
uning tanasi bilan qo‘shib qo‘yadi, deb hisoblaydilar. Bunga qarshi oqim-tradutsializm
(Tertullian lyuter) tarafdorlari esa jon Odam Atoga xudo tomonidan faqat yaratilgandagina ato
etilgan, keyin bolalarga jon otadan, onadan homila bo‘lgan paytda o‘tadi deb ta’kidlaydilar.
8.
Do'stlaringiz bilan baham: |