O‘зbekiстон рeспublikaсi



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/222
Sana02.03.2022
Hajmi5,44 Mb.
#479674
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   222
Bog'liq
dinshunoslik

Protestant yo‘nalishi

16-asrdan boshlab Evropa mamlakatlari shaharlarida burjuaziya 
sinfi shakllandi, ular shahar hunarmandlari, o‘rta darajadagi savdogarlar, ziyolilarga bosh bo‘lib 


270 
kapitalistik usulda moddiy boyliklar ishlab chiqarib, bozor munosabatlariga o‘ta boshladilar. 
Tabiiy va gumanitar fanlarning rivojlantirmay, burjua demokratiyasini o‘rnatmay, vijdon 
erkinligini joriy etmasdan turib kapitalizm tuzumini o‘rnatib bo‘lmas edi. Kapitalizm o‘ziga 
asosiy raqib bo‘lgan feodalizmni, cherkov va xristianlikning qarshiligini engibgina rivojlanishi 
mumkin edi. Xususan, katolitsizm cherkovlari, Rim papasi o‘rta asrlar tuzumi feodalizmning 
tayanchi, monarxiyaning tayanchlari bo‘lib, bunga qarshi reformatsiya harakati kuchayib bordi. 
Antifeodal va antikatoloitsizm harakatlari Germaniyada avj ola boshlab, bu harakat boshida 
nemis byurgerlari, ya’ni burjuaziyasi turdi. 
Germaniyadagi Vittenberg shahrida monax Martin Lyuter katolik cherkovini isloh 
qilishni, Rim papasi qaromog‘idan Germaniyadgi cherkovlarga ajratib mustaqil bo‘lishni targ‘ib 
qildi. 1517 yilda Martin Lyuter cherkov eshigiga o‘zining 90 ta moddadan iborat tezislarini 
yopishtirib qo‘ydi. Bu tezislarda, jumladan katolik poplarining indulgensiya sotishini, 
Germaniyadagi cherkovni Rim papasi qaramog‘idan ozod etishni talab qildi. Lyuterning bu 
talablarini butun Germaniyada xayrixohlik bilan kutib olindi. Mamlakatda katolik cherkovining 
zulmiga va zo‘ravonligiga qarshi ommaviy harakat avj oldi, tez orada bu harakat xalq 
ommasining feodal tuzumga qarshi inqilobiy kurashga aylandi, dehqonlar urushi boshlanib ketdi. 
Bundan qo‘rqib ketgan hokimiyat egalari bo‘lgan knyazlar, dvoryanlar va ruhoniylar armiya 
bilan, fanatik dehqonlar bilan birlashib dehqonlar harakatini bostirdi. Germaniyada feodalizm 
saqlanib qoldi. 
Garchi xalq ommasi engilgan bo‘lsa-da, Germaniyada katolitsizmning hukmronligiga 
barham berildi. Nemis knyazlarining ko‘pchiligi bu erlardagi cherkovlarni isloh qildilar. Ular 
cherkovga qarashli erlarni tortib olib papa va episkoplarning cherkov ustidan hukmronligini 
bekor qildilar, ko‘pgina monastirlarni yopib qo‘ydilar. SHunday qilib katolitsizm o‘rnini 
protestansizm egalladi. 
«Protestantlar» degan nom 1529 yilda «Protestansiya» deb atalgan hujjatga, ya’ni ruhoniy 
va dunyoviy feodal-larning umumgerman s’ezdi lyuteranchilikning tarqalishini cheklash haqida 
qabul qilingan qaroriga qarshi tuzilgan protestga imzo quygan nemis knyazlariga berilgan edi. 
Protestant knyazlar 1555 yilda Rim bilan bitim tuzishga muvaffaq bo‘ldilar, bu bitimga ko‘ra, 
har bir knyaz o‘z fuqarolari uchun istagan dinni: Lyuteranchilikni yoki katolitsizmni tanlab olish 
huquqiga ega bo‘lgan ega bo‘lgan edi. Natijada «mamlakatda kim hukmron bo‘lsa, shuning dini 
hukmron bo‘ladi», degan qoida belgilanadi. Augsburg diniy olami deb nom olgan bu bitim 
protestansizmning Germaniya bo‘ylab keng yoyilib ketishiga olib keldi. Keyinchalik Lyuter 
tarafdorlarini ham, boshqa islohchi oqimlarning izdoshlarini ham protestantlar deb atay 
boshladilar. 
XVI asrning o‘rtalariga kelib katolik dinini isloh qilish harakatida qatnashgan 
SHveysariya, Angliya, SHvetsiya, Daniya va Norvegiya mamlakatlari ham katolitsizmdan 
chiqdi. So‘ngra xuddi shunday ish Belgiya, Gollandiya va Fransiyada ham ro‘y berdi. Bu ishlar 
CHexiya, Vengriya va Polshada amalga oshdi. XVII asrdan boshlab u shimoliy Amerikaga va 
Evropa davlatlarining boshqa mamlakatlariga kira boshladi. 
Feodalizmni muqaddaslashtiruvchi katoliklar cherkoviga qarshi kurash boshlagan 
burjuaziya cherkovni butunlay tugatmay, uni «tuzatish», isloh qilishni, o‘z sinfiy manfaatlariga 
muvofiqlashtirishni maqsad qilib qo‘ydi. 
Protestansizm xudoning borligi, uning uch qiyofada namoyon bo‘lishi, jonning 
o‘lmasligi, jannat va do‘zax (katolitsizmdagi a’rofdan tashqari) haqidagi, vahiy va boshqalar 
to‘g‘risidagi umumxristian tasavvurlarni e’tirof etadi. 
Protestansizmning o‘ziga xos bo‘lgan aqidalari quyidagilardan iborat: 1) shaxsiy e’tiqod 
bilan najot topish; 2) dinga ishonuvchan barcha kishilarning ruhoniy bo‘lishi mumkinligi; 3) 
Bibliyaning oliy nufuzini tan olish;


271 
4) dastlabki gunoh fe’l-atvorini buzganligi, uni yaxshilik qilish qobiliyatidan mahrum qilganligi, 
shuning uchun u xayrli ishlar, sirli marosimlar va asketizm yo‘li bilan emas, bandalar gunohini 
so‘rab olish uchun o‘zini qurbon qilgan Isoga shaxsan e’tiqod qilish yo‘li bilan oxiratda 
gunohlardan forig‘ bo‘lish mumkinligini; 5) xristianlikni qabul qilgan va cho‘qintirilgan har bir 
kishi o‘zini xudo bilan g‘ayritabiiy muloqatda bo‘lishga bag‘ishlaydi, bu ishni cherkov yoki 
ruhoniylar vositaligisiz amalga oshirishi mumkinligi; 6) ruhoniylar bilan oddiy dindorlar 
o‘rtasidagi aqidaviy farqning yo‘qligi; 7) ruhoniylar oddiy dindorlarning tavbasini qabul qilishi 
va ularni gunohdan forig‘ qilishi mumkin emasligi va ularning diniy jamoalar oldida hisob 
berishi to‘g‘risidagi aqidalarga amal qilishi ishlab chiqilgan. 
Protestansizmning o‘ziga xos xususiyatlari: 
-
ruhoniylarning oila qurishi man’ etilmaydi; 
-
samoviy huzur-halovat to‘g‘risidagi ta’limotni rad qilingan; 
-
o‘lganlarga bag‘ishlab duo o‘qish, aziz avliyolarga sig‘inish, ular sharafiga bag‘ishlab 
bayramlar o‘tkazish, muqaddas murdalarga va ikonalarga (ikona yunoncha so‘z bo‘lib, uning 
ma’nosi tasvir, obraz, g‘ayritabiiy mavjudodlarning rasmlari, relefli tasvirlari bo‘lib, ular 
katolitsizm va pravoslavieda sig‘inish predmetlari hisoblanadi) topinish bekor qilinadi; 
-
ibodat uylaridan ortiqcha hashamlar, mehroblar, ikonalar, haykallar, qo‘ng‘iroqlar olib 
tashlanib, oddiy holga keltirildi; 
-
monastirlar va monaxlar jamoasi ham barham toptirilgan; 
-
ibodat nihoyatda soddalashtirildi, va’z aytish, duo o‘qish, psalomlarni (yunoncha pasaltir 
tarkibini tashkil etuvchi diniy qasidalar, ashulalar, xudoga hamdu sanolar o‘qish, iltijo, arz-dod 
(zorlanish), qarg‘ash kabilarni ona tilida o‘qish va kuylash joriy qilindi; 
-
Bibliya birdan-bir manba deb qaralib, muqaddas rivoyatlar rad qilindi. Bibliya milliy 
tillarga tarjima qilindi, uni o‘rganish va sharhlash «gunoh» hisoblanmaydi. 
Bu o‘ziga xos xususiyatlar burjuaziya demokratiyasining yangi diniy yo‘nalishga nisbatan tadbiq 
etish asosida paydo bo‘lgan. 
Protestansizm ichki yo‘nalishlarida: Lyuteranlik, sving-lichilik, kalvinizm, anglikanchilik, 
mennochilik, anabap-tizm, unitarizm kabi mazhablar mavjud. Bu mazhablar XVI-XVIII asrlarda 
paydo bo‘lgan edi. Lekin keyinchalik yana protestansizmda: optistlar, metodistlar, kvakerlar, 
adventistlar, Iegovo shohidlari, Mormonlar yoki «Oxirat avliyolari», «Najot armiyasi», 
pyatidesyatniklar kabi diniy sektalar ham paydo bo‘ldi. Bu oqim va sektalarning ko‘pchiligi 
«diniy uyg‘onish», dastlabki xristianlik va Reformatsiya g‘oyalariga qaytish shiori ostida tashkil 
topdi. (Ilova: bu sektalarning ayrimlarini keyinroq aytamiz). 
Protestansizm kapitalizm rivojlanishi, sotsializmning paydo bo‘lishi, marksizm dahriyligi va 
mafkurasi, ikkinchi jahon urushi va mustamlakachilikning tugashi ta’sirlari oqibatida o‘zining 
evolyusiyasi, yangilanish bosqichlarini boshidan kechirib, yangi protestansizm yoki liberalizm 
ilohiyoti, «inqiroz ilohiyoti», «yangi ilohiyot» kabi shakllariga ega bo‘ldi. 
Protestansizm falsafasida, XVI asrda, dastlabki reformatsiya davrida Lyuteran ta’limoti asosida 
diniy e’tiqodni insonning xudo bilan shaxsiy aloqasidir, deb e’lon qilgan edi. M.Lyuter xudoni 
sxolastik diniy bilishni insoniy aql-idrokka qarama-qarshi qo‘ygan edi. Bu bilan inson aql idroki 
ham chetga chiqarib tashlandi. F.Melanxton esa neosxolastika ta’limotida diniy e’tiqod talablari 
muhokamasiz aql-idrokni aralashtirmasdan xudo bilan ruhiy qo‘shilishini ishlab chiqadi. 
XVIII asrda yana Leybnits-Volf ta’limotida dinning o‘zini dunyoviy aql-idrok bilan mushohada 
qilish ob’ektiga aylantirildi. I. Kantning sxolastika va cherkovni tanqid qilishi va xudoni amaliy 
aql-idrok postulati (haqiqatligi ayon bo‘lmasa ham, isbotsiz asos qilib olinadigan qoida) va 
ahloqiy garovi sifatida e’tirof etishidan protestant ilohiyotchilari foydalanilmoqchi bo‘ldi. 
XX asrning 20-yillarida vujudga kelgan «dialektik ilohiyot» (asoschisi K.Bart) liberal 
protestanszimni e’tiqodning «o‘lishi» sifatida rad qilib, S. Kergerning ekzistensialistik 
ta’limotida ishlab chiqilgan metodiga tayanadi: xristian dini apologetikasi (yun.-himoya qilish, 


272 
ya’ni ilohiyotning tafakkur dalillari yordamida diniy ta’limotni himoya qilish) dunyo mantiqqa 
to‘g‘ri kelmaydi», be’mani va unga inson «o‘z ahvoliga tashlab qo‘yilgan», degan g‘oya asos 
qilib olindi. Bart va uning tarafdorlari esa xudo e’tiqod ob’ektiga aylanishi uchun his-tuyg‘ular 
yoki aql idrok xizmatiga muhtoj emas, deb chiqmoqdalar. 
Protestansizmda faqat cho‘qintirish va non, vino iste’mol qilish marosimlari mavjud, xolos. 
«Lyuter inson qo‘lini echib yubordi, ammo uning qalbini xudoga bog‘lab berdi», degan edi, 
allomalardan biri. 
Sekta lotincha-«ajralgan», «uzilgan», «mazhab» demak-dir. Hukmronlik qiluvchi yoki 
o‘tmishda hukmronlik qilgan diniy yo‘nalishdan ajralib chiqqan diniy mazhabni odatda ana shu 
so‘z bilan atalgan. Xristianlikda barcha yo‘nalishlarda ham firqalar bor. Ayrim sektalar mustaqil 
diniy oqimga aylanib ketgan. Xristianlikning o‘zi dastlab yahudiy dinidagi sekta bo‘lganligi 
boshda aytib o‘tilgan edi. Rasmiy hukmron din sektaga mansub ruhoniylarni bid’atchilar, ular 
shaytonning yo‘liga kirib ketganlar, deb qoralaydilar, O‘tmishda sektantlik harakatlari yangi 
diniy aqidalar, marosimlar, bayramlar, rivoyatlar, ayrim diniy peshvolar, alviyolar ta’limotiga 
amal qilish, ijtimoiy-siyosiy sinfiy-tabaqaviy manfaatlar, rasmiy dindan norozilik oqibatlarida va 
boshqa sabablarga ko‘ra kelib chiqqan va rivojlangan. 
Biroq sektantlik juda xilma-xil bo‘lib, uning ichki ziddiyatlari ko‘p. Agar sektalarning aksar 
ko‘pchiligi diniy yangi tarixiy sharoitga moslashtirish asosida paydo bo‘lgan bo‘lsa, shunday 
sektalar ham borki, ular eski dinni avvalgi holida, hech qanday o‘zgarishsiz saqlab qolishga 
intiladilar. 
Xristianlikdagi uchta yo‘nalishning barchasida ham sektalar borligini hisobga olib, biz sektalarni 
matnda alfavit asosida bayon qilish maqbul deb hisobladik. 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish