O‘зbekiстон рeспublikaсi


Katoliklarning diniy marosimlari



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/222
Sana02.03.2022
Hajmi5,44 Mb.
#479674
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   222
Bog'liq
dinshunoslik

Katoliklarning diniy marosimlari 
Katoliklarning marosimlari juda tantanali o‘tishi bilan ajralib turadi. Marosimlarning 
ko‘pi cherkov va monastirlarda o‘tadi, ularda musiqa asboblaridan organ chali-nadi, yakka 
ashulalar va xor munojotlar aytiladi. Bu dindorlar hissiyotiga ta’sir etib, ularda diniy zavq 
uyg‘ota-di. Marosimlar: 
1)
Momo Havoga (Eva) va Bibi Maryamga sig‘inish marosimi ayollar orasida keng tarqalgan 
bo‘lib, bu marosimda «ayollar Momo Havo sizlarga doimo homiylik qiladi», degan g‘oya 
mujassam bo‘lgan. 
2)
«Avliyolarga» sajda qilish, tabarruk narsalarga va mumiyolangan avliyolar jasadiga sig‘inish 
marosimi ham mavjud, Masalan, G‘arbiy Evropa cherkovlari va monastirlarida dindor ko‘rib 
sig‘insin degan maqsadda go‘yoki Isoning sochi, tirnoqlari, kiyimlari, qizil plashi, Momo 
Havoning suti, Iso mixlangan xoch qo‘yilgan. Ularda yana avliyolar: Matfey, Luka, Pyotr, 
YUlianlarning jasadi namoyish qilinadi, dindorlar ularni taof qiladilar. 
3)
Turli vaqtlarda butlarni yangilash, «yig‘lovchi» butlar, o‘zi yonadigan shamlar, mo‘‘jizali 
davolash kabi mo‘‘jizalar ko‘rsatish ham keng tarqalgan. 
4)
Xristianlikdagi asosiy marosimlar: tavba qilish, prichashchenie, nikoh, cho‘qintirish ham 
katoliklar tomonidan marosim va bayramlar deb amal qilinadi. 
5)
Katolik cherkovlarida diniy xizmat paytida, avlodlar xotirasiga sham yoqish odati ham keng 
tarqalgan. 
Rim papasi katolitsizmi boshqa xristianlik yo‘nalishlaridan qat’iy markazlashtirilganligi 
bilan ajralib turadi. Katolik cherkovi tepasida Rim papasi turadi. Papa-lotincha ota degani bo‘lib, 
papa barcha katoliklarning «ruhoniy otasi» hisoblanadi. Papa o‘z siymosi, e’tiqodi bilan, ahloq-
odobi, bilimdonligi, xudojo‘yligi bilan barcha katoliklarga namuna hisoblanadi. U gunohdan 
xolis erdagi xudoning vakili, bosh ruhoniy deb tushuniladi. 
Papa kardinallar, ya’ni oliy darajadagi ruhoniy-larning vakillari kollegiyasi tomonidan 
umrbod muddatga saylanadi. Papalik mansabiga nomzod bo‘lgan ruhoniy ovozlarning kamida 
2/3 qismini va yana oshiqcha bir ovoz olishi kerak. Saylovdan o‘tgan kishi o‘zining ilgarigi 
ismidan voz kechadi va o‘ziga yangi ism oladi. 
Katolitsizmning ko‘p asrlik tarixi davomida papalik mansabiga 300 ga yaqin kishi 
saylangan. Ulardan 31 tasi papalik lavozimiga noloyiq, yaramas ishlar qilgan. Lekin papaning 
«gunohsiz»ligi haqidagi aqida 1870 yilda bo‘lib o‘tgan Vatikan cherkov sobori tomonidan 
tasdiqlangan. Hozirgi papa 1978 yilda saylangan Korol Vaytilla - Oann Pavel 11 bo‘lib, u 1920 
yilda Polshannig Krakov shahrida tug‘ilgan yirik ruhoniydir. U xristian ahloqiga oid 400 ga 
yaqin kitob yozgan. Ioann Pavel II davrida Rim papasining obro‘si kuchaydi, yangi cherkovlar 
ochildi. Vatikan xazinasi boyidi, katolik cherkovlari turli xristian-demokratlar orqali siyosatda 
aktiv qatnashmoqdalar. 
Vatikan Rim shahrida 44 gektar maydonga joylashgan papalik davlati bo‘lib, uning 
davlatga xos o‘z bayrog‘i, gerbi, chegarasi, politsiyasi, oliy organlari mavjud. Papalikning oliy 
diniy tashkilotini Rim Quriyasi deyiladi. Quriya yig‘ilishlarida barcha katolik cherkovlari 


267 
bajaradigan qarorlar qabul qilinadi. Vatikanda Rim papasi akademiyasi mavjud bo‘lib, unda din 
va fan, ahloq va ijtimoiyot, ekologiya va inson huquqlariga oid bo‘lgan masalalar bilan 
shug‘ullanadigan olimlar ishlaydilar. Rim papasi XIII asrda yashagan italiyalik ruhoniy, faylasuf 
Foma Akvinskiyning «muqaddas ruh zarralari barcha moddiy narsalarda yashirin ravishda 
mavjud, fanning vazifasi ularni ochib faktlar to‘plash, faktlardan umumiy xulosalar, nazariy 
umumlashgan tushunchalar chiqarish esa dinning vazifasi, dinga fan xizmat qilishi lozim, ular 
ittifoq bo‘lishi kerak», degan ta’limotni Neotomizm nomi bilan rivojlantirayotir. Foma 
Akvinskiyni papalikning piri hisoblaydilar. 
Ammo ming yildan ziyod davom etgan o‘rta asrda papa qoshida dahshatli inkivizatsiya 
sudi ish olib borib, u katolitsizm g‘oyalariga qarshi chiqqan ta’limotlarni bad’at deb, fanni esa 
shakkoklik hisoblab, olimlarni ta’qib qildi. Minglab kishilarni qattiq jazolagan. Inkivizatsiya 9-
12 million kishini jazolagan. U Vatikan va papaning eng kuchli quroli edi. 1540 yilda ispan 
dvoryani Ignatiy Loyola tomonidan tuzilgan Iezuitlar diniy ordeni papalik tayanchi bo‘lib, 
o‘zlarini oddiy kishilardan ajralmaydigan kiyim kiygan. YAshirin ish olib boradigan iezutlar 
yuqori tabaqa orasida targ‘ibot olib borib, katolik cherkovi uchun xayr-ehson qilish, papalikni 
qo‘llab-quvvatlash, bid’atlarni aniqlash kabi hufyona harakatlar qilganlar. 
Katolitsizm Germaniya, Ispaniya, Italiya, Fransiya, Polsha, Belorus, Ukraina, Latviya, 
Litva, Estoniya; Afrika, Amerika mamlakatlarida hozir ham mavjud bo‘lib, 35 ming iezutlar, 27 
ming fransiskanslar, 21 ming solezianslar, 18 ming xristianlar birodarligi, monaxlar birlashmasi 
hamda ko‘p mingli ruhoniylar orqali ishlaydi. Vatikan va Rim papasi turli mamlakatlarda 
joylashgan radiotelekompaniya-lar, 50 dan ortiq tilda bosiladigan yuz millionlab nusxali jurnallar 
va diniy kitoblarga egadir. Katolik universitetlari, kollejlari, diniy maktablari, hatto yasli-
bog‘chalari mavjud. 
Vatikan va Rim papasi umumbashariy muammolar - urush va tinchlik, ekologiya, spid, 
rak kasalliklari, inson huquqlari, ocharchilik va qashshoqlik, yalpi qirg‘in qurollarini ta’qiqlash 
kabi masalalarni hal qilishga oid qalqaro simpozium, konferensiyalarda aktiv qatnashdi. 
Vatikan va Rim papasiining siyosati «Xristian sotsializmi», «Xristian demokratiyasi»ni 
butun dunyoda o‘rnatishdir. 
SHunday qilib xristianlikning yirik yo‘nalishi bo‘lgan katolitsizm dindorlarga xizmat 
qilmoqda. 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish