269
ulug‘lanadi. «Rossiya erida ziyo» sochgan barcha avliyolar degan bayram ham bor. Ko‘pgina
bayramlar mo‘‘jizakor ikonalarga bag‘ishlangan. Bu bayramlar bir-biridan keskin farq qilmaydi.
Pravoslavie ibodat kitoblari - ibodat vaqtida ibodatxonalarda o‘qiladigan yoki cherkov
xizmati, tainstva hamda treba (cherkov qavmlari talablariga ko‘ra) o‘tkaziladigan ibodat
marosimlarini o‘tkazish tartibini o‘z ichiga oladigan kitoblar. Ibodatxonlarda o‘qiladigan kitoblar
jumlasiga: «Appostollarning qilmishlari», sobor maktublari, Psaltir (Zabur) ni o‘z ichiga olgan
Injil va apostol kiradi. CHerkov xizmati, tainstvo va trebalarni o‘tkazish tartibi haqidagi kitoblar
jumlasiga ibodat tartiblarini bayon qiladigan Slujebnik (Ibodat kitobi), liturgiyadan boshqa
ibodatlarni o‘tkazish bo‘yicha qo‘llanma bo‘lmish CHasoslov, tainstvo marosimlarini (hamda
ruhoniylik unvonini berish marosimidan boshqa) o‘z ichiga olgan trebnik, cherkov qo‘shiqlari
to‘plami - Oqtoyx, yilning har bir kuni uchun avliyolar sharafiga duo o‘qish va qo‘shiq aytish
to‘plami-oylik Mineya, umumiy Mineya (bu ham shunday to‘plam, lekin unda umuman barcha
avliyolarga taalluqli qo‘shiqlar bor), post (ro‘za), Triodi (ro‘zaga yaqin va ro‘za oyida
aytiladigan qo‘shiqlar) to‘plami kiradi. Unga ibodat, qo‘shiq, duo aytish, marosim tartibi kabilar
kiradi. Marosim va ibodat paytida maxsus kiyiladigan kiyimlar bor va turli idish hamda anjomlar
ishlatiladi.
Rus pravoslavie cherkovlari besh ruhoniysi - Butun Rossiya va Moskva patriarxi barcha
cherkovlarga yuborgan maktubida shunday so‘zlar bor:«Ibodatxonalarimizning kundalik
hayotidan elektr lampochkalariga ortiqcha xirs qo‘yishni cheklash vaqti keldi. Berilib ibodat
qilish uchun ibodatxonalarga qadam qo‘ygan xudojo‘y miltillab yonadigan moychiroq,
shamchiroq yorug‘ida ibodat qilishni istaydi. YOrqin elektr yorug‘i ibodat kayfiyatini so‘ndirishi
u yoqda tursin, hatto bunday kayfiyatni tarqatib yuboradi»
988 yilning yozida Kiev knyazi Vladimir Vizantiya davlatidan pravoslavie mazhabiga
qabul qilishni so‘radi va Konstantinopol patriarxligiga qabul qilindi. Rossiya xristianlikni shu
tariqa qabul qildi. Vizantiyadan Rossiyaga kelgan messioner pravoslav ruhoniylar Kiev
ko‘chalarida oliy tabaqaga mansub kishilarni Dnepr daryosida cho‘qintirdilar. Lekin oddiy
odamlar yangi dinga kirishni xohlamasdan cho‘qinishdan bosh tortganlari ham bor edi, ular
majburan cho‘qindilar. SHundan keyin Moskva, Novgorod, Tver, Pskov, Vladimir, Nijniy
Novgorod knyazliklari ham birin-ketin cho‘qintirilib yangi dinni qabul qilganlar.
Qadimgi Rusning xristianlikni qabul qilishi ijobiy ahamiyatga ega bo‘lgan edi. CHunki
Rus knyazlari asta-sekin yagona davlat bo‘lib birlashdilar. Rossiya Evropa davlatlari bilan yaqin
aloqalar bog‘ladi. Rossiya xristian madaniyatini rivojlanishiga olib keldi.
Butun Rossiya va u bosib olgan joylarda ko‘pdan-ko‘p pravoslav cherkovlari,
ibodatxonlar, monastirlar, xramlar vujudga keldi, ular o‘z podsholariga katta xizmat qildilar.
Rossiya xudojo‘y xristianlar mamlakatiga aylanib ketdi. Hamma o‘quv tizimida, armiyada,
oilada xristianlik ahloqi, aqidalari, marosimlari, duo va madhiyalari joriy etilgan bo‘lib, ularda
Rus knyazlari, podsholari, imperatorlari mahalliy amaldorlari sharaflanardi. Pyotr 1 1711- yilda
muqaddas Sinod tuzish va uni davlat qoshidagi diniy ishlar vazirligi bo‘lishi to‘g‘risida farmon
chiqardi. Hozirgi davrda Butun Rossiya va Moskva
patriarxligi mavjud, uning Zagorsk
shaharchasida markazi joylashgan. Aleksiy II esa hozirgi paytdagi patriarxdir.
Pravoslavie mazhabida hozirgi paytda yagona markaz yo‘q. Hozir 15 avtokefal, ya’ni
biri-biridan mustaqil bo‘lgan pravoslav cherkovlari bor. Bular Konstantinopol (Turkiya),
Aleksandriya (Misr), Antioxiy (Suriya), Quddus, Rus, Kipr, Gruziya, Serbiya, Ruminiya,
Bolgariya, Ellada, Albaniya, Polsha, CHexiya, Amerika avtokefal cherkovlaridir.
Pravoslavieda ahloqiy ta’limotga ham alohida ahamiyat berilgan. YAqin kishilaringni
sev, yomonlik qilma, yaxshilik qil, o‘ldirma, o‘g‘irlik qilma kabi pand-nasihatlar o‘ta
talabchanlik bilan ta’kidalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: