saηa, unga ~ yңa ~ uηa shaklida, qipchoq lahjasi shevalarida esa мағaн
~ maγan, сaғaн ~ saγan, oғaн ~ oγan shaklini oladi.
O‘rin-pаyt kelishigida -дə/да/тə/та ~ dä/dа/tä/tа affiksi
qatnashadi. -дə/тə ~ dä/tä affiksi barcha shevalarda, -да/та ~ dа/tа
affiksi esa singarmonizmli shevalarda keladi: ishda ~ ъштә ~ ištä,
qo‘lida ~ қолуда ~ qo‘luda, ichida ~ и:чъндə ~ i:čindä , shu orada ~ шу
oртaльқтa ~ šu ortalїqta (qipchoq).
Сhiqish kelishigida 4 toifa аffikslаr ishtirok etadi:
40
-дən/даn/тən/таn ~ dän/dаn/tän/tаn affiksining qo‘shilish
imkoniyatlari keng: -дəн/тəн ~ dän/tän affiksi barcha shevalarda
qo‘llana oladi: Buxorodan ~ Бух
ɔрɔдəн ~ Buxārādәn, sendan ~ сəндəн
~ sändän. Boshqalari esa singarmonizmli shevalarga xosdir:
yaprog‘idan ~ йарпақьдан ~ йarpaqьdan, maxluqdan ~ махлуқтан ~
maxluqtan (qipchoq);
-нəн/нан ~ nän/nаn affiksi Xorazm, ba’zi qipchoq shevalarida
m, n, ң ~ η undoshlari bilan tugagan sozlarga qo‘shiladi: o‘zingdan ~
өзъңнән ~ öziηnän, bo‘yingdan ~ бoйyңнaн ~ bojuηnan, o‘zimdan ~
өзъмнəн ~ özimnän, o‘yindan ~ ойьннан ~ ojïnnan;
-дъn/дьn/тън/тьн ~ din/dїn/tin/tїn affiksi shimoliy o‘zbek
shevalarida bu kelishikning asosiy affiksidir: sutchidan ~ сүйтчъдън ~
süjtčidin, oshxonadan ~ ашханадьн ~ ašxanadїn, topa olmasdan ~
тапамастьн ~ tapamastїn, Сhimkentdan ~ Чъмгəттън ~ Čimgättin;
-дун/дүн/тун/түн ~ dun/dün/tun/tün affiksi ko‘proq Qorabuloq,
Mankent shevalarida va bir qator singarmonizmli shevalarda uchraydi va
oxirgi bo‘g‘inida lablangan unli bo‘lgan so‘zlarga qo‘shiladi: uydan ~
үйдүн ~ üjdün, qo‘ydan ~ қойдун ~ qojdun.
O‘g‘uz va qipchoq lahjasi shevаlаridа egаlik vа kelishik аffikslаri
o‘rtаsidа interkаlar n tоvushining kelishi hаm kuzаtilаdi: qo‘llarida ~
қолларьнда ~ qоllаrїndа, so‘zidan ~ sөzъннəн ~ sözinnän, o‘zida
~өzъндə ~ özindä.
Shevalarda modal shakllar. O’zbek shevаlаridа ot, sifat, fe’l
turkumlarining ichki kategoriyalarida shevаlаrning xususiyatlarini
ko‘rsatadigan so‘z shakllari ham bor. Quyida ot turkumidafi shunday
shakllar bilan tanishamiz:
-дж
ɔн ~ žān affiksi Farg‘ona vodiysi shevаlаridа erkaklar ismiga
qo‘shilib, hurmat ma’nosini ifodalasa, Xorazm shevаlаridа -джaн ~ žan
shaklida qizlar (ayollar) ismlariga qo‘shiladi. Toshkent va boshqa ba’zi
shevalarda kelinlarning qajnota va qajnonaga murojaatida bu affiks
ɔ
йъ
дж
ɔн ~ ājižān, əдəджɔн ~ ädäžān so‘zlarida uchrajdi;
-x
ɔн ~ xān affiksi Toshkent, Farg‘ona vodiysida erkaklar ismlariga
qo‘shilganda, hurmat, nasl-nasabga aloqadorlik mazmunini ifoda qiladi;
41
-бaй ~ baj affiksidan Xorazmda erkaklarga hurmat ifodalash
uchun foydalaniladi.
Shimoliy o‘zbek shevalarida va ayrim qipchoq, o‘g‘uz shevalarida
yoshi kattalarni hurmat qilishda ularning nomini qisqartirib chaqirish
keng tarqalgan: Qurbon aka ~ Қурəкə ~ Quräkä, Sobir aka ~ Сәкә ~
Do'stlaringiz bilan baham: |