O‘zbeкiston respubliкasi


-§. Qo‘shma gapning qismlari orasidagi funksional munosabatlarga ko‘ra turlari



Download 0,83 Mb.
bet396/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

125-§. Qo‘shma gapning qismlari orasidagi funksional munosabatlarga ko‘ra turlari. Bu tasnifda qo‘shma gap tarkibidagi gaplar bir-biriga qanday sintaktik munosabatda ekanligi nazarda tutiladi. Qismlari orasida funksional munosabatiga ko‘ra qo‘shma gap har xil bo‘ladi. So‘z qo‘shilmasida, uyushiq bo‘lakda bo‘lgani kabi, gap orasidagi munosabat tenglik (birikish, zidlanish, ayirish) yoki tobelik tabiatida bo‘lishi mumkin. Tenglik munosabati ko‘p holatda faqat ohang bilan bog‘langan qo‘shma gap, yuklama bilan bog‘langan qo‘shma gap esa teng bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gap orasida ko‘riladi. Bog‘lovchi va yuklamaning ma’nosiga ko‘ra qo‘shma gap tarkibiy qismlari orasidagi munosabat:
a) mo‘tadil birin-ketinlik: Bahor boshlandi, dalada ishlar qizidi. Bahor boshlandi va dalada ishlar qizidi;
b) uzilmas birin-ketinlik: Bahor boshlandi-yu, dalada ishlar qizidi;
d) ayiruv: Goh yig‘ladi, goh kuldi;
e) zidlov: Кeldi, lekin gapirmadi. Tortindi, lekin kirdi.
Qo‘shma gap tarkibiy qismlari orasida tobelik aloqasi mohiyatan so‘z birikmasi tarkibiy qismlari orasidagi hokim-tobelik munosabati bilan o‘xshash. Farq shundaki, bunda tobe qism ham, hokim qism ham alohida gap bilan ifodalanadi. Bu masala tilshunosligimizda «Ergash gapli qo‘shma gaplar» mavzusi doirasida chuqur va atroflicha o‘rganilgan.
Gap bo‘laklariga muvofiq ravishda bunday qo‘shma gaplar 5 turga ajratiladi.

  1. Кesim tobe gapli qo‘shma gap: Meni hayratda qoldirgan narsa shuki, qiz juda og‘ir yarador bo‘lishiga qaramay jilmayar edi. (Oyd.)

  2. Ega tobe gapli qo‘shma gap: Кim birovga chuqur qazisa, unga o‘zi yiqiladi. (Maq.)

  3. Hol tobe gapli qo‘shma gap: Yomg‘ir aralash qor yog‘ib turgan bo‘lsa ham, u negadir shoshilmas, xayol bilan band edi. (O.Yoq.)

  4. To‘ldiruvchi tobe gapli qo‘shma gap: Shunga erishishimiz kerakki, ayollar hayotning har bir sohasida yerlar bilan teng bo‘lsin. (A.Qah.)

  5. Aniqlovchi tobe gapli qo‘shma gap: Umrlar bo‘ladiki, tirigida o‘likdir. Umrlar bo‘ladiki, mangulikka tirikdir. (M.Shayx.)

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bu tasnif ma’no bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli bir qo‘shma gapning o‘zi xilma-xil tasnif etilishi mumkin.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish