123-§. Qo‘shma gapning tarkibidagi bog‘lovchi vositalariga ko‘ra tasnifi. Bu tasnif sof shakliy bo‘lib, gap orasidagi ma’noviy bog‘lanish qanday qo‘shimcha (shakliy) vosita bilan ta’minlanishiga tayanadi. Bu asosga ko‘ra qo‘shma gapning quyidagi turlari ajratiladi:
a) faqat ohang bilan bog‘langan qo‘shma gap;
b) yuklamalar vositasida bog‘langan qo‘shma gap;
d) teng bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gap;
e) ergashtiruvchi bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gap;
f) nisbiy so‘zlar vositasida bog‘langan qo‘shma gap.
Do'stlaringiz bilan baham: |