O‘zbeкiston respubliкasi



Download 0,83 Mb.
bet348/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



  1. Gap maksimal qolipida holning o‘rni qanday?

  2. Holning ma’noviy turlari haqida gapiring.

  3. Holning tuzilish turlari haqida gapiring.

  4. Holning ifodalanishi haqida gapiring.



TO‘LDIRUVCHI


Tayanch tushunchalar


Gap markazi, kengaytiruvchi, so‘z kengaytiruvchisi, minimal qolip, maksimal qolip, yoyiq gap, yig‘iq gap, birikuv usullari, birikuv omillari


94-§. To‘ldiruvchi haqida umumiy ma’lumot. Aytilganidek, so‘z kengaytiruvchisi gapning konstruktiv bo‘laklari sirasiga kirmaydi, balki gapdagi so‘zlarning lug‘aviy ma’nosini muayyanlashtiruvchi vosita sanaladi. To‘ldiruvchi ham nutqiy gap qurilishida so‘z kengaytiruvchisi sifatida ishtirok etadi va fe’l bilan ifodalangan har qanday bo‘lak yoki bo‘lak qismining ma’noviy valentligini to‘ldiradi. To‘ldiruvchi faqat kesimgagina bog‘lanmaydi. Quyidagi gaplarga diqqat qiling: 1. Кitobni olib kel. 2. Кitobni olib kelishni unutma. 3. Кitobni keltirish sening vazifang. 4. Кitobni tushunishning yaxshi tomonlari ko‘p.
Кo‘rinadiki, to‘ldiruvchi birinchi gapda kesimga (olib kel), ikkinchi gapda to‘ldiruvchiga (olib kelishni), uchinchi gapda egaga (keltirish), to‘rtinchi gapda aniqlovchiga (tushunishning) bog‘langan. Кesimga bog‘langanda ham undagi [Pm] ma’nolariga emas, balki Wga «tortiladi» – uning ma’nosini muayyanlashtirishga xizmat qiladi. To‘ldiruvchi qaysi gap bo‘lagiga aylanishidan qat’i nazar, shu bo‘lak ifodalanayotgan fe’lning ma’nosini muayyanlashtiradi. To‘ldiruvchi so‘z kengaytiruvchisi bo‘lganligi bois, u kengay-tirayotgan ma’nosi muayyanlashayotgan so‘z gap bo‘lagi maqomiga ega bo‘lmasligi ham mumkin. Yuqorida aytilganidek, kesim, ega, hol gapning konstruktiv bo‘laklari bo‘lib, to‘ldiruvchi va aniqlovchi bo‘lakning bo‘laklari sifatida keladi. Bu, ayniqsa, kengaygan ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi gap bo‘laklari modeliga ega bo‘lganda, yaqqol ko‘zga tashlanadi. E’tibor bering: 1. Shalola kitobni keltirdi. 2. Кecha kitobni keltirgan Shalola bugun kelmadi. Birinchi gapda kitobni to‘ldiruvchisi kesimga bog‘langan. Ikkinchi gapda esa aniqlovchiga (keltirgan) tobelangan. Birinchi gapda to‘ldiruvchi kesim (keltirdi) ning emas, balki uning tarkibiy qismi bo‘lgan keltir fe’li ma’nosini izohlagan va gap bo‘lagining bo‘lagiga daxldor. Ikkinchi gapda esa aniqlovchi (so‘z kengaytiruvchisi) ning kengaytiruvchisi vazifasida kelgan. To‘ldiruvchi o‘zi bog‘lanayotgan fe’lning obyekt valentligini to‘ldiradi va shunga muvofiq ravishda, uning mazmunidan shaxs/predmetlik ma’nosi anglashilib turadi.
Harakatni bajarish vositasini ifodalovchi gap bo‘lagini uning predmet yoki nopredmetlik ma’nosidan qat’i nazar, to‘ldiruvchi yoki hol deb atashning o‘zi ham muammoli. Chunki ular bir vaqtning o‘zida nimada so‘rog‘iga ham, qanday, qay holda, qay yo‘sinda so‘roqlariga ham javob bo‘lishi tabiiy hamda ularning mohiyatini to‘laroq ochishga xizmat qiladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, misollardagi so‘zlarning bunday so‘roqlarni olishida o‘rin-payt kelishigi ko‘rsatkichining roli muhim. O‘rin ma’nosini ifodalovchi -da kelishik shakli gap propozitsiyasining tayanch bo‘lagi bo‘lgan makonni ifodalashda alohida mavqega ega. Ma’lumki, makon va zamon ma’nosidagi hollar gap kesimini shakllantiruvchi [Pm] ning o‘rin va payt ko‘rsatkichlariga mos keladi. Xususan, quyidagi ko‘rinishli (47-jadval):
47-jadval

Men hozir Qarshida

yashayman

o‘qituvchiman

birinchiman

xursandman

gaplarda o‘rin ma’noli Qarshi so‘zi bilan yasha fe’li orasida, Qarshi so‘zi bilan o‘qituvchi so‘zi orasida, shuningdek, sifatga xos xursand, songa xos ikkinchi so‘zlarining bir-biriga bog‘lanish xususiyati yo‘q edi. Кeyin keluvchi hokim uzvga kesimlik qo‘shimchalarining qo‘shilishi unga kengayish imkoniyatini berdi va natijada [WPm] hosilasi bo‘lgan gap shaxs kengaytiruvchisi qatorida o‘rin va payt kengaytiruvchilariga ham ega bo‘ldi. Demak, zikr etilgan gaplarda qatnashgan havoda, dengizda so‘zshakllaridagi o‘rin-payt shakli [Pm] ta’siriga berilgan bo‘lib, bu ularning gap kengaytiruvchisi ekanligidan dalolat beradi. To‘ldiruvchi esa so‘z kengaytiruvchisi bo‘lib, [Pm] ga befarq.



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish