Sifatning tuzilishiga ko‘ra turlari. Sifat tuzilishiga ko‘ra sodda va murakkab bo‘ladi. Sodda sifatlar bir o‘zakli bo‘ladi: oq, yozgi, aqlli, beg‘ubor, tor. Murakkab sifat o‘z o‘rnida uchga bo‘linadi: a) juft sifat; b) takroriy sifat; d) qo‘shma sifat.
Juft sifat ikki sifatning juftlashishidan tashkil topadi: oq-qora, yaxshi-yomon, katta-kichik.
Takroriy sifatda bir o‘zak takrorlanadi: katta-katta, baland-baland, og‘ir-og‘ir.
Qo‘shma sifat birdan ortiq mustaqil so‘zning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi: havo rang, ishyoqmas, ertapishar, yoqavayron, o‘zbilarmon.
Eslatma. Juft va qo‘shma sifat yasama. Takroriy sifatda shakl yasalishi, qisman leksemalashuv mavjud. U taraqqiyot natijasida yangi ma’no kasb etishi ham mumkin: yo‘l-yo‘l. Bunda yangi so‘z yasalishi emas, balki so‘zshaklning leksemalashuvi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |