O‘zbeкiston respubliкasi


Shakllarda pleonazm va tejamkorlik



Download 0,83 Mb.
bet151/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

Shakllarda pleonazm va tejamkorlik. Bir so‘zda ma’nolari bir xil yoki yaqin bo‘lgan qo‘shimchaning takrorlanishi (ikki, ba’zan uch) affiksal pleonazm deyiladi. Pleonazm affikslarda bir necha ko‘rinishga ega. Masalan, bir affiksning aynan o‘zi yoki tashqi shakli har xil bo‘lgan – ma’nodosh affikslar takrorlanadi: takrorlangan bu affikslar:
a) zich, ketma-ket holda (ayting + iz + lar) ham;
b) ajralgan holda ham bo‘lishi (ish + da + lig + im + da) mumkin.
Affiksal pleonazm har xil sababga ko‘ra yuzaga keladi. Bir affiks o‘zak bilan juda ham zichlashib, o‘zakning tarkibiga singib ketadi, bunda o‘zak o‘z mustaqilligidan mahrum bo‘ladi, natijada, so‘zga shu qo‘shimchaning ma’nodoshlaridan biri qo‘shilishi mumkin, qo‘shimcha arxaiklashib, undan keyin tildagi iste’molda bo‘lgan qo‘shimcha qo‘shiladi (ichkariga, tashqariga, nariga, beriga, barisi kabi). Takrorlanayotgan sinonim affikslarning barchasi «tirik» bo‘lsa, ular ta’kid, kuchaytirish kabi uslubiy vazifani o‘z zimmasiga oladi (sizlar aytingizlar kabi). Boshqa tildan kirgan affiks tushunarli va keng iste’molli bo‘lmaganda ham uning tilimizdagi ma’nodoshi qo‘llanadi (yor + on + lar kabi). Qo‘shimcha qo‘shilishi natijasidagi tovush o‘zgarishi ham ma’nodosh affiksning qo‘shilishiga sabab bo‘ladi: yarmisi, kichkinagina, unisi, anavinisi, qaysinisi, singlisi, toychoqcha kabi.
Pleonazm aksariyat hollarda til evolutsiyasi bilan bog‘liq hodisa. Bunga o‘zbek tilining akademgrammatikasida ayrim izoh berilgan: 1. Ot va sifat yasovchi -lik affiksi farqlanib, vazifasi ajralishi (-li sifat yasaydi, -lik ot yasaydi) natijasida ular ketma-ket qo‘llanadigan bo‘lgan: aqllilik, ifodalilik, bilimlilik. 2. Og‘zaki so‘zlashuv nutqida ba’zan uchrab qoladigan mashshoqchi, xodimchi kabi so‘zlarda «bajaruvchi» ma’nosi ikki marta ifodalangan: ichki fleksiya (arab tilida mashshoq – mashq qiluvchi shaxs, xodim – xizmat qiladigan shaxs) va -chi affiksi orqali. 3. Bir xil ma’nodagi ikki affiks qo‘shma affiks maqomini oladi: yog‘ingarchilik, namgarchilik, rasvogarchilik kabi. 4. Кelishik va egalik affikslarining ikki marta ifodalanishi (kitobni uch somdanga oldi, romanning sozboshisi) ham pleonazmning o‘ziga xos ko‘rinishi. 5. Bir qo‘shimchaning o‘zi takrorlanganda, ko‘pincha ular morfema fonetik variantlarining qator kelishi tusida bo‘ladi (fonetik, uslubiy qulaylik): qistalang (-ta, -la), shoshilinch (-l, -n), tiqilinch (-l, -n) kabi. 6. Bir ma’nodagi ikki affiksning ketma-ket qo‘llanishi analogiya natijasida tug‘ilishi ham mumkin. Masalan, biri-birisi, yig‘loq-yig‘loqi, sayroq – sayroqi, o‘ynoq-o‘ynoqi.
Tejam – plenonazmning ziddi. Tildagi tejam tamoyili so‘zlovchi (individ)ning ruhiy, psixofiziologik quvvatini til birliklarini qisqartirish, tushirib qoldirish orqali tejash, kommunikatsiyaga ketadigan vaqtni kamaytirish, tildagi ortiqchalikni bartaraf etish ehtiyojidan kelib chiqib, zohir bo‘ladigan umumlisoniy qonuniyat. Op keling (olib keling), buyam (bu ham), qong (qoling) kabi hodisa bunga misol bo‘ladi. Tejamkorlikning fonetik, morfologik ko‘rinishi mavjud. Morfologik tejam asosida fonetik tejam yotadi. Yirik – irik, yigit – igit, yiroq – iroq qisqaruvi fonetik tejamga misol. Olib ber – ober, bizim – bizning, sizing – sizning kabilar morfologik qisqaruvga misol. Olib ber – ober, bizim – bizning, sizing – sizning tejalishlari – nutqiy qisqaruv.
Tejam o‘z maqomiga ko‘ra yo lisoniy, yo nutqiy bo‘lishi mumkin. Masalan, jo‘nalish kelishigi shakli dastlab -qaru ko‘rinishida bo‘lgan, bugungi kunda u qisqarib, -ga shakliga kelib qolgan. Bu – tejamning lisoniylashuvi. Olib ber – ober, bizim – bizning, sizing – sizning tejalishi nutqiy qisqaruv. Chunki, sizing so‘zshaklidagi -ing lisonda -ning shaklida yashaydi. Tilshunoslikda faqat nutqiy qisqaruvlarnigina tejam sifatida tan olishga moyillik kuchli.
Tejam o‘z mohiyatiga ko‘ra nutqiy aloqani osonlashtirishga xizmat qiladi, biroq axborot ko‘lamiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish