Grammatik shaklning tuzilishiga ko‘ra turi. Grammatik shaklning tuzilishiga ko‘ra turlari bir qarashda ularning sintetik va analitik turining yangicha nomlanishiga o‘xshaydi. Biroq sintetik shaklning o‘zi sodda yoki murakkab bo‘lishi mumkin. Masalan, uydagi, ko‘chadagi so‘z shakllaridagi sintetik grammatik shakl -dagi murakkab shaklga misol -da + -gi.
Grammatik shakl tuzilishiga ko‘ra sodda yoki murakkab bo‘lishi mumkin. Sodda shakl bir grammatik ko‘rsatkichdan iborat bo‘ladi. Кelishik, egalik shakllari bunga misol. Sintetik shaklning ayrimi va sintetik-analitik shaklning barchasi murakkab shakl.
Do'stlaringiz bilan baham: |