O‘zbeкiston respubliкasi



Download 0,83 Mb.
bet72/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

18-jadval

SEMEMA


Tushuncha

Tushuncha

Tushuncha

TUSHUNCHA



Semema

Semema

Semema

Bunda ayrim e’tirozli jihatlar mavjud.
Birinchidan, semema ko‘pincha emas, balki har doim ham ongdagi tushuncha bilan bog‘langan. Semema tushunchaning ifodasidir. Olimlar tavsifda ko‘pincha so‘zini qo‘llashda sememaning har doim ham ma’lum bir tushuncha bilan bog‘lanavermasligini nazarda tutadi. Ularning bu fikri quyidagicha ifodalanadi: «Shuni ham aytish kerakki, yordamchi leksema sememalarida tushuncha bilan bog‘lanish yo‘q. Chunki, yordamchi leksema, aytilganidek, qo‘shimcha va leksema ziddiyatida oraliq uchinchi vazifasini o‘taydi. Ular shaklan leksema, mazmuni (vazifasi), sememasiga ko‘ra esa qo‘shimcha» (H.Ne’matov, R.Rasulov. O‘zbek tilining sistem leksikologiyasi asoslari. 57-bet).
Demak, mualliflar leksema va semema munosabatining dialektikligini «bo‘rttirgan»lari bois, barcha leksemada sememani ko‘radilar. Shuning uchun leksema «jamiyat a’zolari uchun tayyor, umumiy, majburiy bo‘lgan, shakl va mazmunning barqaror birikuvidan tashkil topgan voqelikdagi narsa, belgi, xususiyat va munosabatlarni shakllantiruvchi, nutq va lug‘atda grammatik morfemalarni o‘ziga biriktira oladigan morfema turi» tarzida ta’riflanadi. Biroq yuqoridagi tavsifda «yordamchi leksema, aytilganidek, qo‘shimcha va leksema ziddiyatida «oraliq uchinchi vazifasini o‘taydi» deyilishining o‘ziyoq ularni mustaqil leksemaga zid qo‘yishga intilish borligi seziladi. Zero nomustaqil leksema shaklan mustaqil leksemaga uyg‘un. Ular mazmun mundarijasi asosida grammatik qo‘shimcha bilan bir qatorda turadi. Shu boisdan yordamchi leksemalar mazmun mundarijasini semema emas, balki grammatik ma’no deyish maqsadga muvofiq. Mustaqil leksema, yordamchi leksema va grammatik qo‘shimcha munosabatini chizmada quyidagicha berish mumkin (19-jadval):
19-jadval

mustaqil leksema

nomustaqil leksema

grammatik qo‘shimcha

semema

nomema

grammatik ma’no

grammema

Tilshunos Sh.Rahmatullayev sememaga ega birliknigina leksema sifatida baholaydi: «Biz analiz yo‘liga, ya’ni nutqdan tilga borish yo‘liga o‘rganib ketganmiz. Albatta, konkret birlikdan (so‘zformadan) abstrakt birliklarga (so‘zformani tarkib toptiruvchi birliklarga) borish oson ko‘chadi. Shu yo‘l bilan borib, so‘zforma tarkibida leksik ma’no anglatuvchi qismni ajratamiz va uni leksema deb nomlaymiz. Asli leksik ma’no anglatuvchi til birligiga leksema deyiladi».
Demak, olim leksema talqiniga ichdan (ma’nodan) kelib chiqqan holda munosabatda bo‘lganligi tufayli nomustaqil birlikni leksema sifatida qarashni ma’qul ko‘rmaydi.
Bunda shakl emas, balki ma’no (semema) yetakchilik qiladi. Кo‘rinadiki, mustaqil va nomustaqil birliklarga bir xil o‘lchov (mezon) bilan munosabatda bo‘lish ular tabiatini xiralashtiradi. Chunki yordamchi leksema ma’nosi bilan qo‘shimchaga yaqinlashsa, nomemaga egaligi asosida leksema bilan uyg‘unlashadi. Bundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, ma’lum bir hodisa, masalan, leksema ta’riflanar ekan, ta’rif ta’riflanayotgan hodisani to‘liq qamrab olmasligini e’tiborga olish lozim.
Dialektikada ham hodisalarga berilgan har qanday ta’rif mutlaq bo‘lmasligi, unda, baribir, ayrim hodisa «ta’rifga sig‘may qolishi» ta’kidlanadi. Demak, leksema «o‘zida tayyorlik, majburiylik, takrorlanuvchanlik, ijtimoiylik xususiyatlarini mujassamlashtirgan, shakl va denotativ ma’no birligidan iborat mustaqil anglanish va qo‘llanish tabiatiga ega bo‘lgan lisoniy birlik» deb ta’riflanar ekan, bu ta’rifning barcha leksema uchun birday amal qilmasligini ta’kidlash lozim. Chunki denotativ xususiyatga ega bo‘lmagan yordamchi leksema ta’rifdan chetda qoladi. Tushunchaga asoslanmagan leksemaning mazmun tomoni grammatik ma’no bo‘lsa, denotativ tabiatli leksemalarning mazmun tomoni semema.
Bir necha tushunchani o‘zida mujassamlashtirgan leksemaning mazmun mundarijasi murakkab tabiatliligi bilan xarakterlanadi.
Har qanday lisoniy birlik serqirra mohiyatli bo‘lib, bu uning kamida ikki paradigmaga kirishini ta’minlaydi. Leksema birdan ortiq tushunchani qamrab olgan ekan, bunda uning serqirraligi yanada «kuchayadi». Masalan, uzum, o‘rik leksemasi o‘zida bir necha tushunchani saqlar ekan, bu bilan u kamida ikki lug‘aviy paradigmaga kiradi (20-jadval):

20-jadval



uzum



uzum

tok

o‘rik

zardoli

o‘rik

Birinchi paradigmada uzum leksemasi bir denotati asosida meva va boshqa bir denotati asosida esa daraxt nomini ifodalovchi ot-leksema bilan uyadoshlik qatori hosil qilsa, ikkinchi paradigmada o‘rik leksemasi bir ma’nosi bilan zardoli, ikkinchi ma’nosi asosida turshak leksemasi bilan ma’nodoshlik munosabatida bo‘ladi.


Leksema tarkibida birdan ortiq tushuncha mujassamlashganda leksema turli sintagmatik qurshovga kiradi. Masalan, yuqorida tilga olingan olma leksemasida ikkita («meva», «daraxt») tushuncha mavjud bo‘lib, u har bir ifodalagan tushunchasi asosida ham boshqa-boshqa, ham umumiy qurshovga ega bo‘lishi mumkin.
Olmani kesdik sintaktik qurshovida olma qaysi tushuncha, denotatni anglatayotganligi muayyanlashmaydi. Biroq, olmani ekdik, olmani yedik sintagmatik qurshovida atalayotgan denotat farqlanayotganligi sezilib turadi (birinchi qurshovda «daraxt», ikkinchisida «ho‘l meva»). Кo‘rinadiki, leksema birdan ortiq tushunchani ifodalaganda har bir tushunchaga mos sintagmatik qurshov mavjudligi ham anglashiladi.
Bular esa, semema leksema lisoniy mohiyatining alohida sinonimik va sintagmatik qurshovga ega bo‘lgan turidir, degan xulosaga olib keladi.
Demak, leksema birdan ortiq tushunchani ifodalaganda har bir tushuncha uchun alohida-alohida semema to‘g‘ri keladi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish