Spekulyativ talab inflyatsion kutishlar yuqori bo‘lgan jamiyatlarda, kelgusida narxlarning oshib ketish xavfi joriy davrda qo‘shimcha talab va iste’mol hajmini yuzaga keltirishi bilan izohlanadi.
Noratsional talab esa oldindan rejalashtirilmagan, lahzalik xohish, kayfiyatning o‘zgarishi kabi omillar ta’sirida to‘satdan paydo bo‘ladi va u iste’molchining odatdagi turmush tarziga mos kelmaydi.
Iste’molchining afzal ko‘rishi qoidalari
Iste’molchining eng yaxshi iste’mol ne’matlar majmuini tanlashini, ne’matlar turi ikkita bo‘lgan hol uchun qaraymiz. Umuman olganda bu tahlilni keskin darajada cheklamaydi. Haqiqatdan ham iste’molchi tanlovini berilgan ne’mat bilan boshqa
qolgan barcha ne’matlar o‘rtasida qarasak ham bo‘ladi. Ikkita ne’mat uchun naflilik funksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega (6.6-rasm).
TU
Do'stlaringiz bilan baham: |