Veblen samarasi (T. Veblen nomidan olingan) obru-e’tibor ketidan quvib unutilmas taassurot qoldirish maqsadini ko‘zlovchi namoyishkorona iste’molni nazarda tutadi. Bunda tovarning narxi ikki qismdan: real narx va obru keltiruvchi narxdan tashkil topadi. Veblen samarasi tovarning narxi qimmatligi tufayli iste’molchi talabining oshishi bilan bog‘liq samarani aks ettiradi. Snob va Veblen samaralarining asosuy farqi shundaki, agar snob samarasida muayyan tovarga talab boshqalarning shu tovarni iste’mol qilish hajmiga bo‘g‘liq holda o‘zgarsa, Veblen samarasida talab tovar narxining qimmat yoki arzonligiga qarab o‘zgaradi.
Ne’matga xos xususiyatlardan xoli bo‘lgan nofunksional talabga yana spekulyativ va noratsional talablar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |