Iste’molchi talabining alohida xususiyatlari
Iqtisodiy ne′matga xos bo`lgan iste′mol xususiyatlari ta′sirida shaklla- nadigan talab
Ratsional iste’molchiga xos tanlovning umumiy qoidalari bilan birga ayrim iste’molchilarning didi va afzal ko‘rishlari ta’sirida shakllanadigan alohida tanlov xususiyatlari ham mavjud. Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda iste’molchi talabi funksional va nofunksional guruhlarga ajratiladi (6.5-rasm).
6.5-rasm. X. Leybenstayn bo‘yicha iste’molchi talabining turkumlanishi8 Funksional talab iqtisodiy ne’matning o‘ziga (tovar yoki xizmat turiga) xos
bo‘lgan iste’mol xususiyatlari ta’sirida shakllanadi.
8 Нуриев Р.М. Курс микроэкономики: учебник/ 2-е изд. – М.: Норма, 2012. – с. 125. asosida tuzilgan.