Naflilik funksiyasi. Avstriya iqtisodchilar maktabi namoyondalari K.Menger, E.Bem-Baverk, F.Vizerlar birinchilar qatorida talab bilan narx, tovar zaxirasi va uning miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga o‘ringanlar. Aniqlanishicha, cheklangan resurslar sharoitida ularning hajmi narxiga ta’sir qiluvchi
muhim omillardan biri hisoblanadi. Ular ketma-ket iste’mol qilinadigan biror ne’matdan olinadigan nafning iste’molchi uchun kamayish xususiyati mavjudligi to‘g‘risidagi qonuniyatni aniqlashgan. Masalan, chanqagan inson bir stakan mineral suvni zo‘r qoniqish bilan ichadi, ikkinchi stakan suv birinchi stakan suvga nisbatan kamroq, uchinchisi esa - ikkinchisiga nisbatan kamroq naf beradi. Bu holat toki oxirgi stakan suv beradigan naf nolga teng bo‘lguncha davom etadi. Bunda umumiy naf (total utility) ortib boradi, lekin har bir keyingi stakan suvdan olinadigan qo‘shimcha, ya’ni chekli naf (marjinal utility) kamayib boradi.
Iste’molchi harakatini aniqroq tahlil qilish uchun naflilik funksiyasidan
foydalanamiz. Naflilik funksiyasi - iste’molchining iste’mol qiladigan ne’matlar hajmi bilan, uning ushbu ne’matlarni iste’mol qilish natijasida oladigan naflilik
darajasini ifodalaydi: TU f x1, x2,..., xn , bu yerda TU- umumiy naflilik darajasi;
x1, x2 ,..., xn - 1, 2, ..., n - ne’matlar hajmi.
Naflilik nazariyasi ilgari surilgan davrda ko‘pchilik iqtisodchilar ne’matlar narxini shakllanishi asosida ularning nafliligi yotadi degan fikrda bo‘lishgan. Unga ko‘ra ne’matning iste’molchi uchun nafliligi qancha yuqori bo‘lsa, narxi shuncha qimmat va aksincha nafliligi qancha past bo‘lsa, narxi ham shuncha arzon bo‘ladi. Ammo naflilik nazariyasi tanqidchilari XVIII asrdayoq bu g‘oyaga qarshi “suv va olmos paradoksi”ni ilgari surishgan. Unga ko‘ra, barcha uchun hayoriy zaruriyat sanalgan suv - eng maksimal, hayot kechirish uchun unchalik zarur bo‘lmagan olmos esa – minimal naflilikka ega. Shunga mos suvning narxi maksimal darajada qimmat va aksincha olmosning narxi minimal darajada arzon bo‘lishi kerak. Ammo amaliyotda buning aksini ko‘rish mumkin. Bundan kelib chiqadiki, ne’matlar narxi bilan naflilik o‘rtasida bog‘liqlik mavjud emas. Bu savolga to‘g‘ri javob keyinchalik naflilikning ikki darajasi, ya’ni umumiy va chekli naflilik farqlangan hamda narx bilan ne’matning zaxirasi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangandan so‘ng topildi. Hamma gap shundaki, suv zaxiralari tabiatda mo‘l, olmos esa juda kam uchraydigan noyob va taqchil resurs sanaladi. Shunga mos suvning narxi arzon, olmosniki esa esa qimmat. Buni quyidagi rasmdan ham ko‘rish mumkin (6.3-rasm).
P P
Do'stlaringiz bilan baham: |