Narxlar diversifikatsiyasi
Narxlar diversifikatsiyasi (narxlarni iste’molchilarning imkoniyatlariga qarab har xil darajalarda belgilash) uch xil bo‘lishi mumkin: iste’molchi daromadiga ko‘ra, iste`mol hajmiga va tovarlar turiga ko‘ra.
Iste’molchilar daromadiga ko‘ra narxlarni belgilashning ideal varianti har bir xaridorning imkoniyatidan kelib chiqib, u sotib oladigan har bir tovarga maksimal narx belgilashdir. Ushbu maksimal narxni xaridorning rezerv narxi deb qaraladi. Har bir xaridor uchun rezerv narx belgilashga iste’molchilarning daromadiga ko‘ra narxlarni ideal diversifikatsiyalash deyiladi.
Ideal diversifikatsiyalashda firma daromadi qanday bo‘lishini ko‘rib chiqamiz. Birinchi navbatda firma monopol narx Pm da qancha foyda olishni aniqlaymiz (15.3- rasm).
P
Pmax N
Pm M MC
E
Do'stlaringiz bilan baham: |