Pomidorli baqlajon ikrasi
.
Retsept: baqlajano’ - 2 dona; pomidor - 6
dona; o’simlik moyi - 100 ml; qatiq - 60 ml; sarimsoq - 3 bo’lakcha; tuz -
ta’bga ko’ra; petrushka ko’kati - ta’bga ko’ra.
Baqlajonning bandi olib tashlanadi va duxovkada pishirib olinadi.
So’ngra po’sti archib tashlanadi, sarimsoq bilan ezg’ilanadi, maydalangan
petrushka qo’shiladi va barchasi yaxshilab aralashtiriladi. Pomidor
urug’idan tozalanib, qirg’ichdan o’tkaziladi,o’simlik moyi qo’shiladi va
o’rtacha olovga qo’yilib, quyilguncha pishiriladi. Shundan so’ng pomidor
sovitiladi, baqlajon pyuresi, qatiq, tuz qo’shiladi va barchasi yaxshilab
aralashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |