«Achchiq» ketchup.
Retsept
: 3 kg pomidor, 500 g piyoz, 300-400 g
shakar, 2 osh qoshiq xantal, 300-400 ml 9% li sirka, 2-3 dona lavr bargi,
5-6 dona tuyilmagan murch, 3-4 dona archa (mojjevelnik) urug’i, tuz
(ta’bga ko’ra).
Tayyorlash
: Pomidorlar to’g’raladi, maydalanadi, qopqog’i berk
kostryulkada o’rtacha olovda biroz qaynatilib, elakdan ishqalab
o’tkaziladi. Sirka qizdiriladi, unga ziravorlar solinadi, qaynashgacha
etkaziladi, so’ngra sovitilib pomidor pyuresiga quyiladi. Massa past olovda
20 daqiqa qaynatiladi, shakar, tuz, xantal bilan ta’mi rostlanadi va yana 10
daqiqa pishiriladi va sterillangan bonkaga joylanib yopiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |