Olmali ketchup. Retsept (300 g. li bonka uchun): 10 dona yirik
pomidor va 4 ta shirin olma 1 choy qoshiq tuyilgan murch va ½ choy
qoshiq dolchin, 1 choy qoshiq tuyilgan muskat yong’og’i, ½ choy qoshiq
tuyilgan achchiq qizil qalampir, 1 choy qoshiq asal va ta’bga ko’ra tuz, 2
osh qoshiq 9% li sirka kislotasi, 3 dona yirik sarimsoq bo’lakchasi
Tayyorlash : Pomidor kesiladi, yumshaguncha kostryulkada qizdiriladi
va elakdan ishqalab o’tkaziladi. Tomat bo’tqasiga olma bo’tqasi qo’shilib,
quyilguncha taxminan 10 daqiqa qaynatiladi. So’ngra qalampir, dolchin,
13
muskat yong’og’i, tuz, asal qo’shilib, yana 10 daqiqa qaynatiladi. Sirka,
maydalangan sarimsoq solinadi, yana 5 daqiqa pishirilib, qaynoq holida
sterillangan bonkaga joylanib yopiladi.