15-modda. Energiyani hisobga olish
Hosil qilinadigan va sarflanadigan energiya jami hajmi albatta hisobga olinadi.
Energiyani hisobga olish tartibi va uni asboblar bilan ta’minlash qoidalari, elektr va issiqlik energiyasidan, tabiiy gazdan, neftni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Energiyani hisobga olish normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Energiya hisobi to‘g‘ri yuritilishi uchun javobgarlik korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining yoki shunga vakolat berilgan boshqa shaxslarning zimmasiga yuklatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |