18-modda. Tarmoqlararo energiyani tejash fondi
Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat siyosatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan budjetdan tashqari tarmoqlararo energiyani tejash fondi (matnda bundan buyon energiyani tejash fondi deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Quyidagilar energiyani tejash fondini shakllantirish manbalari bo‘lishi mumkin:
kreditlar berganlik uchun va fondning boshqa moliya-xo‘jalik faoliyatidan olinadigan foyda;
energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi aniq maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy dasturlar hamda loyihalarni ro‘yobga chiqarishdan olinadigan foydaning ulushi;
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning aniq maqsadga qaratilgan ixtiyoriy badallari;
(18-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa tushumlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |