2-jadval
Yillik mashqning alohida davrlarida UJT,JT va texnik takomillashuv vositalarining о‘zaro nisbatda muvofiqlashuvi
(umumiy vaqtga nisbatan foiz hisobida)
№
|
Yengil atletikachilarning yoshi, mutaxassisligi va mahorat darajasi
|
DAVRLAR
|
Tayyorlov
|
Musobaqa
|
О‘tish davri
|
UJT
|
MJT
|
Tex.tak
|
UJT
|
MJT
|
Tex.tak
|
UJT
|
MJT
|
Tex.tak
|
1
|
10—14 yosh
|
70
|
10
|
20
|
50
|
20
|
30
|
80
|
10
|
10
|
2
|
15-17 yosh
|
60
|
20
|
20
|
50
|
20
|
30
|
70
|
20
|
10
|
3
|
III daraja
|
30
|
40
|
30
|
30
|
40
|
30
|
70
|
20
|
10
|
4
|
Sport ustasi va
1-darajalilar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
5
|
Sprinter, uzunlikka va uch xatlab sakrovchilar
|
20
|
60
|
20
|
10
|
60
|
30
|
80
|
10
|
10
|
6
|
О‘rta masofalarga yuguruvchilar va sportcha yuruvchilar
|
20
|
70
|
10
|
10
|
80
|
10
|
55
|
40
|
5
|
7
|
Uzoq va о‘ta uzoqqa yuguruvchilar
|
10
|
85
|
5
|
5
|
90
|
5
|
45
|
50
|
5
|
8
|
Tо‘siq osha yuguruvchilar
|
20
|
40
|
40
|
10
|
40
|
50
|
80
|
10
|
10
|
9
|
Balandlikka langar bilan sakrovchilar va uloqtiruvchilar
|
20
|
40
|
40
|
10
|
40
|
50
|
80
|
10
|
10
|
1-rasm. Umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari. 1-21
2-rasm. Umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari. 22-47
3-rasm. Umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari. 48-72
4-rasm. Umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari.
5-rasm. Umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari, II-kompleks 1-30
6-rasm. Umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari.
7-rasm. Umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari.
8-rasm. Yuguruvchi, sakrovchi va tо‘siqlar osha yuguruvchilar uchun tezlik-kuch va texnik tayyorgarlik mashqlari.
9-rasm. Yuguruvchi, sakrovchi va tо‘siqlar osha yuguruvchilar uchun tezlik-kuch va texnik tayyorgarlik mashqlari.
10-rasm. Yuguruvchi, sakrovchi va tо‘siqlar osha yuguruvchilar uchun tezlik-kuch va texnik tayyorgarlik mashqlari.
11-rasm. Yugurib kelib, balandlikka “Hatlab о‘tish” usulida sakrash.
12-rasm. Yugurib kelib, balandlikga “Fosbyuri-flop” usulida sakrash.
13-rasm. Langar chо‘pda sakrovchilar uchun maxsus mashqlar.
14-rasm. Uloqtiruvchilarning tezlik kuch va texnik tayyorgarligi uchun mashqlar.
15-14-rasm davomi
16-rasm. Bosqon uloqtiruvchilar uchun maxsus tayyorgarlik mashqlari.
5.2. Gimnastika
“Gimnastika” yunoncha “gimnos” (yalang‘och) sо‘zini ifoda etadi. Chunki yangi eradan avvalgi Gretsiyada jismoniy mashqlar, turli hil murakkab о‘yinlar (yugurish, sakrash, uloqtirish, nayza sanchish, kurash, mushtlashish va h.k) ni bajarishda shug‘ullanuvchi (atlet) lar tо‘la yalang‘och holda bajarishgan. Shu asosda atletlarni gimnastlar deb atashgan. Gimnastikaning tarkibida barcha jismoniy sifatlarni tarbiyalovchi jismoniy mashqlar mujassam bо‘lgan. Bu о‘z navbatida bolalarni ilk yoshdan gimnastikaning yengil turlari bilan, keyinchalik esa harbiy tayyorgarlik maqsadlarida shug‘ullanishda qо‘llanilgan. Qadimgi greklarning Olimpiada о‘yinlari dasturidagi barcha mashqlarni gimnastika, deb atashgan. Demak, maqsadga qaratilgan maxsus jismoniy harakatlar gimnastika nomi bilan atalishi odatga aylangan.
Davrlar о‘tishi bilan, ayniqsa о‘rta asrlarda qilichbozlik, о‘q otish, kurash va boshqa turlarning rivojlanishi tufayli gimnastikadagi turlar о‘z nomi bilan atala boshlangan. Yevropa mamlakatlarida, ayniqsa Germaniya, Shvetsiya, Chexiya va boshqa davlatlarning gimnaziya va harbiy о‘quv yurtlarida gimnastika keng qо‘llanilgan. Bu davrlarda gimnastikaning mazmun va shakllari tubdan о‘zgarib, turli hil asbob-uskunalar ixtiro etilgan.
Shu tufayli turli hil mashqlar, asbob-uskunalar, buyumlar, о‘rganish usullari kashf etilgan. Bu jihatlar XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiyada ham tarqalgan. “Sokol” (Chexiyada vujudga kelgan), Nemis, Shved gimnastika tizimlari vujudga keladi. О‘quv yurtlarida gimnastika dars sifatida о‘tkazilgan. Uning tarkibida turli hil mashqlar, о‘yinlar, sayyohat va boshqa vositalardan maqsadli foydalanishgan. Bunda juda kо‘p yevropalik pedagog-olimlar, demokratlar ijodiy mehnat qilishgan. Ular xaqida pedagogika, jismoniy tarbiya tarixi va boshqa fanlarda alohida ma’lumotlar bayon qilinganligini eslatish lozim bо‘ladi.
Rus olimi P.F.Lesgaft Rossiyada jismoniy tarbiya ta’limini yaratish va unda gimnastikaning turlaridan maqsadli foydalanishni amalga oshirgan. Shu asosda sobiq Ittifoqda gimnastika tizimi yangi yо‘nalishda shakllanib, sog‘lomlashtirish, mudofaa ishlari va sportda о‘z ifodasini topdi.
Gimnastika О‘zbekistonga asosan Rossiya istilosi bilan birgalikda ki-rib kelgan. U sobiq Ittifoq davrida mazmun va mohiyat jihatdan keng qо‘llanilib kelingan.
Gimnastikaning deyarlik barcha turlari о‘quv yurtlarining jismoniy tarbiya dasturlari mazmunida asosiy о‘rinni egallaydi. Ta’kidlash lozimki, gimnastika mashqlari hozirgi davrda ham mazmun, shakl va mohiyat jihatdan о‘z qiymatiga ega.
Gimnastikaning turlari asosiy gimnastika, sog‘lomlashtiruvchi gim-nastika, sport gimnastikasidan iborat. Ular ham о‘z navbatida bir qator yо‘nalishlar (akrobatika, badiiy gimnastika, ritmik gimnastika va x.k) va turlarga bо‘linadi. Ularning mazmunlari keyingi bо‘limlarda ifoda etiladi.
E’tirof etish lozimki, gimnastika davolash muassasalari va ishlab chiqarishda, shuningdek yakka tartibda (ertalabki gigiyenik gimnastikani bajaruvchilar) sog‘lomlashtirish maqsadida ishlatiladi. Deyarli barcha sport tur-larida gimnastika mashqlari amaliy jihatdan qо‘llanilib, shug‘ullanuvchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarliklarini tarbiyalashda muhim omil sifatida foydalaniladi. Bu о‘z navbatida asosiy gimnastikaning mazmunini tashkil etadi.
Gimnastika sport sifatida mashqlarning mazmuni, ularning texnik jihatdan bajarilishi va shug‘ullanuvchilarning gavda tuzilishi bilan boshqa sport turlaridan tubdan farq qiladi. Bu jihatlar sport ixlosmandlarini doimo о‘ziga rom etib keladi.
Gimnastikaning muhim vositalari quydagilardan iboratdir:
1.Saf va tartib mashqlari.
2.Umumrivojlantiruvchi mashqlar.
3. Erkin mashqlar.
4.Amaliy mashqlar.
5.Sakrashlar.
6.Sport asboblari (turnik, xalqa, brus, kon, kozyol,gimnastika devorchasi, gimnastika о‘tirg‘ichi, xari-yakka chо‘p, osma arqon-kanat) da bajariladigan murakkab mashqlar.
7.Akrobatika mashqlari.
8.Badiiy, ritmik (aerobika) gimnastika mashqlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |