Nayza uloqtirish texnikasi ham granatadagidek hususiyatlarga ega. Faqat bunda nayzani tо‘g‘ri ushlash, orqaga uzatib, zudlik bilan uni oldinga о‘tkazib, siltab uloqtirish, gavda harakatlarini boshqarish, oyoqlarni ketma-ket qadam tashlash yо‘llari bilan farq qiladi. Bu mashqning texnik jihat-larini yaxshi о‘zlashtirish uchun yelka, bel, qо‘l mushaklarining faoliyatlarini (kuch, chо‘zilish, egilish va h.k) ta’minlash zarur. Yengil atletikada disk (dumaloq, yalpoq asbob) va molot (boskon-shar shaklidagi chuyan asbobga simdan boldok ushlagich о‘rnatilgan asbob) uloqtirish turlari mavjuddir. Ular bilan kо‘pincha sportchilar mashg‘ul bо‘ladi. Bu turlarni bilishni istagan yoki shug‘ullanish xoxishi bor yoshlar maxsus sport seksiyalariga qatnashishi lozim buladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |