II-IKKINCHI BО‘LIM
5 Bob. JISMONIY TARBIYA VOSITALARI
5.1.Yengil Atletika
Qadimgi dunyo kishilari ijtimoiy turmush sharoitlarida juda kо‘p murakkab tabiiy amaliy harakat faoliyatlaridan maqsadli foydalanishgan. Bunda sekin, о‘rtacha va tez yurishlar, yugurishlar, sakrashlar, uloqtirishlar, yiqitishlar, irg‘itishlar kabi mashqlarni keng qо‘llashgan. Ijtimoiy tuzumlar, jamiyat taraqqiyoti, tabiatning u yoki bu tomonga о‘zgarib turishlari, ularning insonlarga kо‘rsatgan ta’sir kuchlari natijasida ularning mehnat faoliyatlari yangilanib, rivojlanib borgan. Shu asosda yuqorida takidlangan tabiiy harakatlar faoliyatlarini takomillashtirish, ularni musobaqalar shaklida qо‘llash eng chaqqon, epchil va kuchli kishilarni rag‘batlantirish, olqishlash mahobatini yuqori kо‘tarish kabi ijtimoiy tarbiyaviy jarayonlar vujudga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |