2. Ochiq havodagi mashg‘ulotlar. Bu oktabr, noyabr va kelgusi yilning aprel oyi oxiridan may oyining ikkinchi yarimigacha bо‘lgan davrga mо‘ljallangan. Mashg‘ulot о‘yingoh yо‘laklarida, istirohat bog‘larida о‘tkaziladi. Mashg‘ulotlarning vazifalari - alohida muhim kasb sifatlari va malakalarini rivojlantirish va takomillashtirishga, tashqi muhit ta’sirlariga tana va uning a’zolarini chidamliligini oshirishga, talabalarning axloqi-irodaviy sifatlarini takomillashtirishga qaratilgan.
Kirish-8 minut, asosiy qism-67 minut, yakuniy qism-15 minut.
Asosiy qism: yurish va aralashtirib yugurish-12 minut, 1 minut-u 30 sek. dan 5 marta о‘rtachadan yuqori tezlikda yugurish; 1 minutdan 4 marta yurish; nafas va umumrivojlantiruvchi mashqlar -15 minut, maxsus yugurish va sakrash mashqlari- 15 minut, nafas, umumrivojlantiruvchi va amaliy mashqlar-20 minut; yurish, yugurush mashqlarini qayta takrorlash,estafetalar-10 minut.
Yakuniy qism: nafas rostlash mashqlari, mushaklarni bо‘shashtiruvchi mashqlar, diqqat va harakatlarning uyg‘unligi uchun mashqlar-10 minut. Mashg‘ulotlar tahlili- 5 minut. Mashq jadalligi va miqdori bо‘yicha yurak urishi 144-146 dan kam bо‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |