1.Ochiq havoda о‘tkaziladigan mashg‘ulotlar. Bu sentabr oyidan kelgusi yil may oyining ikkinchi yarimi va iyun oyida ochiq maydonda о‘tkaziladi. Mashg‘ulotning asosiy maqsadi- yurak, qon-tomir va nafas olish tizimining ish bajarish imkoniyatlarini oshirish; harakat malaka va kо‘nikmalariga о‘rgatish va ularni takomillashtirish; tana va uning a’zolarini noqulay obi-havo ta’sirlariga chidamliligini oshirish. Bunda mashg‘ulotning kirish qismi- 5 min., asosiy qism-70 min., yakuniy qism-15 min.
Asosiy qism: yurish, yugurish-10 min., о‘rtacha tezlikda yugurish- 1min X5, yurish-30 s X4, moslashtiruvchi tartib uchun- 30 s X4 yugurish, yurish- 1 minutdan 5 marta; nafas rostlovchi, umumrivojlantiruvchi, amaliy mashqlarni bajarish-15 min. Yuqoridagi mashqlarni takrorlash va talabalarning qiziqishlariga mos estafetalar-10 minut.
Yakuniy qism: nafas rostlovchi maxsus mashqlar, mushaklarni bо‘shashtiruvchi mashqlar, diqqat va harakatlarning uyg‘unligini ta’minlovchi mashqlar. Dars tahlili- 5 min. Mashq jadalligi va miqdori bо‘yicha yurak urishi 140 dan kam bо‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |