8 Bob. HARAKATLI О‘YINLAR
Harakatli о‘yinlar о‘z nomi bilan hilma-hil amaliy harakat faoliyat-larni mujassamlashtiruvchi ijtimoiy-tarbiyaviy jarayonlarning muhim omilidir. Ularning kelib chiqishi va ijtimoiy turmush madaniyat, ta’lim-tarbiyada qо‘llanilishi xaqida juda kо‘p chet mamlakatlarning olimlari, pedagoglari ilmiy-nazariy jihatdan aniq fikrlar berishgan.
О‘zbekistonlik taniqli olimlardan M.Murodov, U.Qoraboyevlar harakat-li о‘yinlarning kelib chiqish sabablari va ularning rivojlanishini ilmiy-pedagogig jihatdan asoslab berishgan. Ularning ta’limi bо‘yicha harakatli о‘yinlar turli hil mehnat, fasllarga qarab о‘tkaziladigan an’anaviy udumlar, bayramlar, jang va boshqa soxalarga qarab turlarga bо‘linadi.
Harakatli о‘yinlarning mazmunlarini yozib olish va ularni kitob shaklida nashrdan chiqarishda T.S.Usmonxо‘jayev, F.Xо‘jayev, X.Tojiboyev, F.N. Nasriddinov kabilarning mehnat faoliyatlari diqqatga sazovardir.
Ijtimoiy-madaniy turmush sharoitlar, bolalar tarbiyasi va ayniqsa о‘quvchi yoshlarning jismoniy jihatdan rivojlanishida harakatli о‘yinlar muhim ahamiyatga egadir. Ana shu jixatlarni e’tiborga olgan holda davlat ta’lim standartlari asosida tuzilgan о‘quv yurtlarining «Jismoniy tarbiya» dasturlarida harakatli о‘yinlarga alohida saotlar berilib, darslarni mustaqil ravishda tashkil qilish kо‘zda tutilgan.
Hayotiy tajribalar va ijtimoiy-turmush sharoitlarining darajalari hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarining erishgan natijalari asosida harakatli о‘yinlarning ijtimoy-tarbiyaviy xususiyatlarini quyidagi yо‘nalishlarda aynan kо‘rish mumkin, ya’ni:
Jismoniy tarbiyaning mohiyatlarini tushungan oilalarda bolalarni eng kichik yoshdan boshlab turli hil harakatli о‘yinlarga о‘rgatishmoqda. Ularning yoshi, jinsi va salomatlik darajalariga qarab uy, hovli, dala (kо‘cha) sharoitlarida ochiq xavoda turli о‘yinlar bilan band etiladi. Ayniqsa baxor, yoz, kuzgi mavsumlarda bolalarning quvlashmachoq о‘ynashi, tо‘plarni tepish, ilib olish, otish va boshqa turli-tuman о‘yinlarni о‘ynatish avj oladi. qishda qor ustida sirpanish, dumalash, olishish, quvlashish, chanalarda uchish va boshqa о‘yinlarni kichik yoshdagi bolalar zо‘r qiziqish bilan bajarishadi. Xatto kо‘p harakatlar qilishlari natijasida bolalar sovuqdan qо‘rqmaydi. Ba’zi ota-onalar ular bilan birgalikda о‘ynab, ularning о‘yinlariga qiziqishlarini yanada kuchaytiradi. Kо‘p vaqtlar yosh bolalar mustaqil ravishdv harakatli о‘yinlarni bajarishadi. Bunda tengqurlar va kattaroq yoshdagi bolalar bilan birgalikda о‘ynash yanada yaxshiroq kechadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida (yasli, bog‘cha) maxsus dastur asosida sog‘lomlashtirish tadbirlarini kundalik rejim asosida olib boriladi. Umumiy jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining 50 % dan kо‘prog‘i harakatli о‘yinlar bilan bog‘liq bо‘ladi. Bu albatta tarbiyachilarning tayyorgarligi, tajribalari, bilim saviyalari va о‘z mas’uliyatlarini sezish bilan bog‘liq.
Umumta’lim maktablarning boshlang‘ich (I-IV) sinf о‘quvchilari bilan о‘tkaziladigan jismoniy tarbiya darslari va katta tanaffuslarda tashkil etiladigan sog‘lomlashtirish tadbirlarida harakatli о‘yinlar salmoqli о‘rinlarni egallaydi.
V-VII va yuqori sinflarda (VIII-IX I) о‘tkaziladigan jismoniy tarbiya darslarida harakatli о‘yinlardan maqsadli foydalaniladi. Chunki darslardagi turli va mazmunlarning ta’sir kuchlarini singdirish hamda yaxshi о‘zlashtirishlarda harakatli о‘yinlar mutanosiblik hisoblanadi.
4. Barcha turdagi oliy va о‘rta maxsus о‘quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya darslarida harakatli о‘yinlarning u yoki bu turidan foydalanish yaxshi yо‘lga qо‘yilmoqda. Bu о‘yinlar jismoniy tayyorgarlikni tarbiyalash va jismoniy sifatlarni о‘stirishda amaliy jihatdan yordam beradi.
5. Bolalar va о‘smirlar sport maktablari, sport turlari bо‘yicha terma jamoalarning mashg‘ulotlarida ham ularning mazmun va vazifalariga qarab harakatli о‘yinlardan keng foydalanilad. Ayniqsa futbol, basketbol, voleybol, qо‘l tо‘pi va boshqa sport turlari mashg‘ulotlarida tо‘p bilan о‘ynaladigan harakatli о‘yinlarni kо‘proq qо‘llaniladi.
6. Istirohat va kо‘ngil ochish bog‘lari, dam olish maskanlarida turli tuman harakatli о‘yinlar madaniy tadbirlar mazmunidan (tarkibidan) joy oladi. Attraksion, estafetali va b.q. о‘yinlar bolalarning sevimli о‘yinlariga aylanadi.
Mazkur yо‘nalishlardagi harakatli о‘yinlarning asosiy mazmuni, shakli, maqsad vazifalari aholining, ayniqsa bolalarning sog‘ligini mustaxkamlash, vaqtini kо‘ngilli xush, quvnoq qilib о‘tkazishga qaratilishi bilan ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlarni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |