Tо‘la о‘rgatish yoki yaxlit о‘rgatish usuli harakat faoliyatini о‘rgatishning yakuniy vazifasi qanday kо‘rinishda bо‘lsa, shunday о‘rganishni nazarda tutadi. Bu usuldan kо‘pincha oddiyroq, uslubiy jihatdan qismlarga bо‘lib о‘rgatish maqsadga muvofiq bо‘lmagan mashqlarni va ayrim sodda harakatlarni о‘zlashtirishda foydalaniladi. Yaxlit о‘rgatish usuli maqsad qilib qо‘yilgan mashqqa tuzilish jihatdan yaqin bо‘lgan, ammo о‘zlashtirilishi osonroq, maxsus, tayyorlovchi va yetishtiruvchi mashqlarni qо‘llashni kо‘zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |