67
Osiyoga, keyin Markaziy Osiyoga jangovar yurish qilgan. 327-yilda hozirgi
Buxoro, Samarqand, Panjakent atrofidagi yyеrlarni bosib olgan. Bunda
lashkarboshi Spitamen bosqinchilarga katta qarshilik ko‘rsatgan. Lekin
uning
xotini xoinlik qilib, Spitamenning boshini kesib, Aleksandr
Makedonskiyga topshiradi. Podshoh bu bevafo xotinni hamda 120 ming
aholini ham qirib tashlagan, chunki uning ta’biri bo‘yicha eriga, eliga
vafolik qilmagan ayol boshqalarga ham vafodor bo‘lmaydi.
Kushonlar davri Markaziy Osiyo, Afg‘oniston, Pokiston va
Hindiston
xalqlari tarixida va butun dunyo madaniyatining taraqqiyotida alohida o‘rin
egallagan. Markaziy Osiyodan qadimgi Ipak yo‘li o‘tganligi bu yеrdagi
xalqlarning madaniy hayotida katta burulishlarga sabab bo‘lgan. Sharq
mamlakatlari bilan G‘arb davlatlari o‘rtasidagi savdo va madaniy aloqalarni
o‘rnatgan. Termiz yaqinidagi Ayritom, Xorazmdagi Tuproqqal’a va boshqa
joylardan topilgan buyumlar, sopolga chizilgan rasmlarda qadimgi kurash,
nayza uloqtirish, qilichbozlik, otda jang qilish kabi tadbirlar aks ettirilgan.
Xalq og‘zaki ijodining noyob asarlaridan biri «Alpomish» dostoni
avlodlardan-avlodlarga o‘tib kelayotgan qahramonlik asaridir.
Bu asarda
xalqimizning matonat, mardlik, sadoqat kabi ezgu fazilatlari o‘z ifodasini
topgan. Asarda ajdodlarimizning qadimiy tasavvuriga ko‘ra, o‘q-yoy –
hokimiyat nishoni hisoblangan. Alpomish yеtti yoshida o‘n to‘rt botmon
birichdan – bronzadan yasalgan yoydan o‘q otib, “alp” degan unvonga ega
bo‘ladi.
9
«Alpomish» dostonining ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyati shundaki,
bundan bir necha ming yillar oldin mavjud bo‘lgan urf-odatlar, marosimlar,
ayniqsa, yigit va qizlarning bir-biriga vafodorligi, jismoniy jihatdan
barkamolligi, dushmanlarga shafqatsiz kurashlari odilona bayon etilgan.
«Alpomish» dostonida kamondan o‘q otish, merganlik, kurash, otda poyga
kabi jismoniy sifatlar, vatanparvar va xalq uchun jonini ham fido qilish kabi
eng ulug‘ insoniy fazilatlar madh etilgan.
Qadimgi ajdodlar jismoniy madaniyati xalq og‘zaki ijodida, ayniqsa,
ko‘proq ifodalangan. Dostonlarning
tarbiyaviy jihatlari shundaki, xalq
irodasi, an’analar, urf-odatlar mazmunida otda chopish, jang qilish,
qilichbozlik, kurash, kamondan o‘q otish kabi jismoniy faoliyatlar yuqori
saviyada madh etilgan. Bunda mardlik dushmanlar bilan jang qilgan yigit
va qizlar timsoli tasvirlangan.
Xalq og‘zaki dostonlarida shuningdek xalq irodasi, yigit-qizlarning
muhabbati, sadoqat, jasurlik, botirlik, pahlavonlik, mohir chavandozlik va
merganlik kabi sifatlar o‘z ifodasini topgan.
9
Karimov I.Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.: “Ma’naviyat”, 2008.- 34 b.
68
Qadimgi ajdodlar jismoniy tarbiyasida xalq milliy o‘yinlari bir necha
yo‘nalishlarga ega bo‘lib, ularning tarkibida raqslar, qo‘shiqlar va boshqa
san’at turlari ancha ustun turgan. Bunday o‘yinlarning
deyarli barchasi
ommaviy bayramlar, musobaqalar va to‘ylarda keng qo‘llanilgan. Qadimgi
manbalar Oks (Amudaryo) va Yaksart (Sirdaryo) daryolari o‘rtasidagi
vodiyda ot musobaqalari keng tarqalganidan guvohlik beradi. Nafaqat
harbiy yurishlar, balki savdo-sotiq maqsadlari uchun ham chiniqqan
chavandozlar va otlar kerak bo‘lgan. Bu esa ot musobaqalarining
ommalashib ketishiga sabab bo‘lgan. So‘g‘diyona va Baqtriyada kurash, ot
poygasi, uloq, dorbozlik juda ommalashgan edi.
O‘zbek xalq o‘yinlari va milliy jismoniy mashqlarini quyidagi asosiy
guruhlarga ajratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: