arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ashyoviy dalillar;
xalq og‘zaki ijodi - qadimgi afsonalar, rivoyatlar, xalq
ertaklaridan olingan ma’lumotlar;
buyuk mutafakkirlar, allomalarning ijodiy merosi, qo‘lyozmalari;
qadimgi yozma manbalar, tarixiy kitoblar.
Tarixiy manbalarga qaraganda, bundan 150-140 ming yil avval o‘rta
paleolitda Muz davri bo‘lgan. Odamlar yashash uchun tabiat bilan
kurashganlar. Toshlardan qurol yasashni takomillashtirib, yirik hayvonlarni
va baliq ovlash keng tarqalgan. Olov chiqarish vositalarini ixtiro qilib,
yashash uchun g‘or, yеr to‘la, chayla va boshqa boshpanalardan
foydalanishgan. Bu jarayonlar esa barchaning jismonan baquvvat, epchil,
kuchli, chaqqon bo‘lishini talab etgan.
Ilmiy tadqiqotlarning guvohlik berishicha, Teshiktosh (Surxondaryo),
Afrosiyob (Samarqand), Xo‘jakent, Obirahmat (Toshkent viloyati),
Farg‘ona vodiysidagi makonlar va boshqa joylarda topilgan turli ashyoviy
dalillar o‘rganilgan.
Tadqiqotlarning natijalariga qaraganda, yuqorida nomlari qayd
qilingan hududlarda odamlar turli qurollardan foydalanib hayvonlarni
ovlaganlar. Jismoniy chiniqish va o‘ljani qo‘lga kiritish uchun turli
murakkab harakatlarni bajarishga to‘g‘ri kelgan. Shu sababli bolalarni ham
bunday faoliyatlarga tayyorlaganlar. Natijada, jismoniy tarbiyaning ayrim
namunalari (sakrash, yugurish, kurashish, uloqtirish, suzish va h.k) yuzaga
kelgan.
Yuqori paleolit davri miloddan oldingi 40-ming yillikdan 12-ming
yillikka qadar davom etgan. Bu davrda Markaziy Osiyoda iqlim quruq,
o‘zgarib turuvchi bo‘lgan. Sovuq iqlim sharoitida yashagan hayvonlar-
serjun karkidonlar, yovvoyi otlar, kiyiklar va boshqalar paydo bo‘lgan.
Hayvonlarni ovlashga ixtisoslashuv o‘sha davr odamlarining yashash
manbalariga aylangan.
Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshonning quyi oqimidagi qator ko‘llarda
baliqchilik bilan shug‘ullanish, ularning o‘troq holda yashashiga sabab
bo‘lgan. Markaziy Osiyoning nihoyatda boy ovchi va baliqchi jamoalari
yodgorliklari ichida Markaziy Farg‘onaning neolit yodgorliklari - Zambar,
Taynoq, Yangiqadam, Madiyor, Sariqsuv, Ming buloq kabilar ajralib turadi.
63
Ibtidoiy podadan yuqori paleolitga o‘tilishi bilan ishlab chiqaruvchi kuchlar,
ijtimoiy munosabatlar va odam qiyofasida o‘zgarishlar paydo bo‘lgan. Bu
davrga kelib, mehnat qurollari ancha takomillashgan, suyak va shoxdan
yasalgan buyumlar yasaganlar. Toshlarga hayvonlarni rasmini chizganlar.
So‘nggi paleolit davrining yutuqlaridan biri - nayzaning ixtiro qilinishi
bo‘lgan. Nayza tufayli ovchilik rivojlangan, tirik hayvonlarni birgalashib
ovlash keng tarqalgan. Nayzani ushlash, uni mo‘ljalga olib, uzoqqa
uloqtirish kabi mashqlar, hayvonlarni ovlash, ularni quvib еtish еtarli
darajada chaqqonlik va chidamlilikni talab etadi. Bu natijalarga erishish
uchun maxsus tayyorgarliklar, ularni o‘rgatuvchilar, tarbiyachilar bo‘lgan.
Shu sababdan, oilalarda bolalarni maxsus tayyorgarlik va jismoniy jihatdan
tarbiyalash ishlari olib borilgan. Oilada bolalarni tarbiyalashda tabiiy
harakatlar (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, suvda suzish va h.k.) va
turli harakatli o‘yinlar eng asosiy vositalardan biri bo‘lib xizmat qilgan.
Bolalarning yoshi, jismoniy rivojlanish holatlarini hisobga olgan
holda, ularni guruhlarga ajratib, o‘yinlar va jismoniy mashqlarga o‘rgatish
vujudga kelgan. Kichik yoshdagi bolalarga turli harakatli o‘yinlarni
o‘rgatishdan boshlangan. O‘rta yoshdagi bolalarga chaqqonlik, chidamlilik
kabi sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlar, to‘siqli yugurishlar
qo‘llanilgan. Katta yoshdagi bolalarga esa tez yugurish, kuch sinashish,
kurash, mushtlashish, tosh ko‘tarish, daraxtlarga tirmashib chiqish, suvda
tez suzish, nayza sanchish kabi murakkab o‘yinlar, mashqlar o‘rgatilgan.
Eng qadimgi davrda yashagan ajdodlarimizning dastlabki urf-odatlari,
an’anaviy marosimlari, ommaviy tadbirlari, kundalik turmush tarzi qadimgi
afsonalar, rivoyatlar, xalq ertaklarida o‘z aksini topgan. Bu rivoyatlar,
afsonalar massagetlar, saklar, xorazmiylar, so‘g‘dlar, parfiyaliklar yashagan
davrlarga borib taqaladi. «Avesto», «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li», «Qirqqiz»,
«Manas», «To‘maris» kabi tarixiy manbalarda qadimgi davrda jismoniy
tarbiya vositalarining - turli o‘yinlar, otda yurish, kurash, kamondan o‘q
otish va boshqa mashqlarning qo‘llanilishi haqida ma’lumotlar bor.
Hozirgi Markaziy Osiyo hududlarida yashagan eng qadimgi
ajdodlarimizning ijtimoiy-madaniy turmushi haqida ma’lumotlarga oid
daliliy ashyolar ko‘p uchraydi. Ularning eng muhimlari Toshkent,
Samarqand, Termiz va boshqa shaharlardagi tarix, arxeologiya va san’at
muzeylarida saqlanmoqda. Toshlarga chizilgan rasmlarda kishilarning ov
qilishdagi shakl va harakatlari, ov qurollari, hayvonlar aks ettirilib, ularning
tarixi ham bir necha o‘n ming yillik davrlarni o‘z ichiga oladi.
Ajdodlarimizning ijtimoiy hayotida turli xil jismoniy mashqlar,
o‘yinlar ko‘p qo‘llanilgan. Ular asosan ijtimoiy mehnat va tarbiya
64
jarayonida
keng
qo‘llanilgan.
Tarixiy
manbalarga
qaraganda
mamlakatimizda yashab, hayot kechirgan ilk ajdodlarimiz bundan 40 ming
yillar avvalgi davrga to‘g‘ri keladi. Ular haqida Surxondaryoning Dalvarzin
tepa, Teshiktosh, Samarqandning Afrosiyob, Toshkent viloyatining
Sirdaryo sohillari va boshqa joylarda o‘tkazilgan arxeologik topilmalar
guvohlik beradi.
Qadimgi yunon va sharq manbalarida, xususan «Avesto»,
«Alpomish», «Shohnoma» va boshqa manbalarda madaniyat markazlar
sifatida Sug‘diyona, Xorazm, Parkana, Baqtriya podsholigining katta qismi
aynan respublikamiz mintaqalariga to‘g‘ri keladi.
Miloddan avvalgi II-I ming yilliklarda Markaziy Osiyoda Baqtriya,
Xorazm, So‘g‘diyona, Marg‘iyona, Parfiya kabi yirik quldorlik davlatlari
paydo bo‘lgan. Ular Rim va Gretsiyadagi quldorlik tuzumidan o‘ziga xos
ravishda anchagina farq qilgan. Markaziy Osiyodagi davlatlarda ishlab
chiqarish yuqori darajada bo‘lmaganligi uchun asosan dehqonchilik,
chorvachilik va mayda hunarmandchilik asosida qullar majburiy ishlatilgan.
Miloddan avvalgi 481 (480) – 431 (425)-yillarda yashagan yunon
tarixchisi Gerodotning «Tarix» kitobida qadimgi forslar, saklar va
massagetlarning tarbiyaviy qarashlari, jumladan jismoniy tarbiyaga oid
muhim ma’lumotlar berilgan. Saklar, massagetlar va forslarning eng
sharaflaydigan narsasi jasurlik bo‘lgan. Saklar dunyodagi barcha merganlar
orasida o‘qni zoe ketkazmaydigan juda mohir merganlar sifatida shuhrat
qozongan edilar.
Gerodotning
ma’lumotlaridan
ko‘ra,
bizning
ajdodlarimiz
farzandlarini jasoratli, o‘z vatanining haqiqiy himoyachisi, kuchli va botir
etib tarbiyalashga katta e’tibor berganlar. Qadimgi saklar o‘g‘il va qiz
bolalarga bir xil jismoniy tarbiya berganlar. Ularning jismoniy tarbiyasi 5
yoshdan boshlangan va 20 yoshgacha uch narsaga: otda yurish, kamondan
otish va kurash tushishga o‘rgatilgan. Sak va xorazmiylarning ayollari
harbiy yurishlar va janglarda qatnashgan, matonatda ular erkak
jangchilardan qolishmagan. Sak ayollari, xuddi qochib ketayotgandek,
ayyorlik bilan ot ustida erkaklardek orqaga burilib o‘q uzar edilar. Yunon
tarixchisi Diodor ham miloddan avvalgi I asrda saklar haqida: “Bu
qabilaning ayollari mard bo‘ladilar va urush xatarlarini erkaklar bilan
baham ko‘radilar”,
6
deb yozib qoldirgan
Qadimgi davrlarda ta’lim-tarbiyaga oid ma’lumotlarni xalq og‘zaki
ijodi namunalari – afsonalar, qahramonlik dostonlari, qo‘shiqlar, maqol va
iboralardan ham olish mumkin.
6
Boynazarov F. Qadimgi dunyo tarixi. Darslik. T.:”Aloqachi”, 2008.- 480 b.
65
Xalq og‘zaki ijodida xalq pedagogikasiga xos bo‘lgan tarbiya
tajribalari umumlashtirilgan. Ayniqsa, tarixiy shaxslar bilan bog‘liq
rivoyatlar buning dalilidir. Ularda muayyan shaxs faoliyati, qahramonliklari
ulug‘langan. Dostonlarda xotin-qizlarning aql-idroki, jasorati, erkaklar
bilan teng sharoitda faoliyat ko‘satganliklari ifodalangan.
Tarixdan ma’lumki, dastlab Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi yеrlar
Turon, chap qirg‘og‘idagi yеrlar esa Eron, deb yuritilgan. Miloddan oldin
ahmoniylar saklar va massagetlarning yеrlariga hujum qilib turgan. Eron
shohi Kir sak va massagetlarga qarshi urushib 529-yilda mag‘lubiyatga
uchragan.
Gerodotning «Tarix» kitobida massagetlar malikasi To‘marisning
Eron shohi Kir bilan olib borgan jang voqyealari tasvirlangan. Jangda
To‘maris g‘olib chiqib, Kirning boshini olib, qon bilan to‘ldirilgan meshga
solib: «Sen umr bo‘yi qonga to‘ymading. O‘z ontim bo‘yicha seni qon bilan
sug‘ordim», deydi. O‘sha davrlarda To‘maris kabi ayollardan sarkardalar
chiqqan va janglarda har tomonlama kuch ko‘rsatgan.
Polienning “Harbiy hiylalar” asarida saklarga qarshi Doroning
bosqinchilik yurishi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Bu asarda saklar
qahramoni Shiroqning vatanparvarligi va jasorati ibrat sifatida ko‘rsatilgan.
Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy tuzumi, madaniyati haqidagi
ma’lumotlar Xitoy manbalarida ham uchraydi. Miloddan avvalgi 138-yilda
Markaziy Osiyoga kelgan Xitoy elchisi - Syuan Tzyan o‘zining “Tarixiy
bitiklar” kitobida qiziqarli ma’lumotlar qoldirgan. Xitoy tarixchisi Syuan
Tzyan Samarqand aholisining xulq-odob va axloqiy qoidalarga rioya etishda
boshqalarga o‘rnak bo‘lganligini aytib o‘tgan. Bu ma’lumotlar qadimda
bolalar o‘qitiladigan savod maktablari bo‘lganligi va maktablardan tashqari
bolalar maxsus murabbiylar tomonidan harbiy-jismoniy mashqlarga va
hunarga o‘rgatilganligi, ta’limdan maqsad – bolalarni hayotga tayyorlash
ekanligi haqida ma’lumot bergan.
7
Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi yozuv
va bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalari, qo‘lyozmalar, ularda
mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot,
tarbiya jismoniy tarbiya va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar
xalqimizning buyuk ma’naviy boyligidir. Xalqimizning asrlar davomida
to‘plangan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini ifoda etadigan
bu kabi tarixiy yodgorliklar orasida bundan qariyib uch ming yil muqaddam
Xorazm vohasi hududida yaratilgan,
“Avesto” deb atalgan bebaho ma’naviy
boylik alohida o‘rin tutadi. “Avesto”ning tub mohiyatini belgilab beradigan
7
Boynazarov F. Qadimgi dunyo tarixi. Darslik. T.:”Aloqachi”, 2008.- 480 b.
66
“Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal” tamoyilida hozirgi zamon uchun ham
behad ibratli bo‘lgan saboqlar borligini ko‘rish mumkin.
8
Eng qadimgi yozma manbalardan biri zardushtiylik dinining
muqaddas kitobi
Do'stlaringiz bilan baham: |