O‘zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/176
Sana08.02.2022
Hajmi2,55 Mb.
#435907
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   176
Bog'liq
26 Zhismoniy madaniyat tarihi va sportni bosharish Zhumanov O S 2

 
 
 
 
 


61 
 
 
 
II BOB. MARKAZIY OSIYODA QADIMGI 
DAVRDA JISMONIY TARBIYA
 
 
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov: 
«Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda 
tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo‘lmaganidek, o‘z tarixini 
bilmagan xalqning kelajagi ham bo‘lmaydi. Har qaysi xalq milliy 
qadriyatlarini o‘z maqsadlari, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida 
rivojlantirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida 
ahamiyat kasb etadi. Yani, tarixiy xotira tuyg‘usi to‘laqonli ravishda 
tiklangan, xalq bosib o‘tgan yo‘l o‘zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari
yo‘qotish va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o‘rganilgan taqdirdagina 
chinakam tarix bo‘ladi»,
5
- deb yangi tariximizga yo‘l ochib bergan edilar.
O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport tarixi qadim zamonlardan 
tortib, to hozirgi kungacha bo‘lgan turli tarixiy davrlarda jismoniy tarbiya, 
sport va
 
olimpiya harakati taraqqiyotini o‘rganadi. 
O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi quyidagi 
davrlar bo‘yicha o‘rganiladi: 

Qadimgi davr va o‘rta asrlar davrida jismoniy tarbiya (miloddan 
avvalgi VIII ming yillik – milodiy XVI asr) 

Markaziy Osiyoga zamonaviy sportning kirib kelishi davri (XIX 
asrning oxiri- XX asrning boshlari) 

Sobiq Ittifoq davrida jismoniy tarbiya va sport (XX asr) 

O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida jismoniy 
tarbiya, sport va olimpiya harakati (XX asr oxiri - hozirgi kungacha) 
Markaziy Osiyo xalqlari dunyoning eng qadimiy tarixga ega bo‘lgan 
xalqlari qatoriga kiradi. Markaziy Osiyo hududida yashagan ajdodlarimiz 
yuksak va o‘ziga xos madaniyatni vujudga keltirgan. 
O‘zbekiston xalqlari madaniyati tarixi turli manbalarda o‘z ifodasini 
topgan. Ularning mazmuni umumiy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida 
jismoniy madaniyat bilan bog‘liqdir. Qadimgi ajdodlar taraqqiyot 
jarayonlari ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanish bilan chambarchas 
bog‘lanib kelgan.
5
Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.: “Ma’naviyat”, 2008.- 97 b. 


62 
Qadimgi ajdodlarimizning jismoniy madaniyatini va uning rivojlanish 
tarixini turli ijtimoiy tuzumlar davridagi madaniyat, ma’rifat, tarixiy 
voqyealar, urf-odatlar, an’analar bilan birgalikda o‘rganish lozim.
Qadimgi 
ajdodlarimizning 
madaniyati, 
jumladan 
jismoniy 
madaniyatini o‘rganishda quyidagi asosiy manbalarga tayanish mumkin:


Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish