“Avesto”
hisoblanadi. Zardushtiylik ta’limotida ta’lim-
tarbiya quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘lgan:
ma’naviy va diniy tarbiya;
jismoniy va mehnat tarbiyasi;
aqliy va axloqiy tarbiya.
“Avesto” bo‘yicha bolalarga 5 yoshdan savod o‘rgata boshlaydilar;
o‘qishni o‘rganishi bilan savdo ishlariga o‘rgata boshlaydilar. Zardusht
ta’limotida 15 yosh balog‘at yoshi sanalgan. Bu yoshda ularga davlat
qonunlari, axloqiy qoidalar o‘rgatilgan. Zardushtiylikning axloqiy
qoidalariga binoan insonning o‘z burchini his etishining eng birinchi belgisi
ma’naviy poklik hisoblangan.
“Avesto”da insonning barkamol bo‘lib еtishida ezgu fikr, ezgu so‘z,
ezgu amallar birligiga katta e’tibor berilgan. Qadimgi ajdodlarimiz insonda
juda qadrlaydigan hislatlar jasurlik, adolat, sadoqat, insoniylik bo‘lgan. Bu
hislatlar o‘z-o‘zidan shakllanmagan. Tabiat va jamiyatdagi o‘zgarishlar,
ibtidoiy urug‘chilik-qabilachilik turmush tarzi buni taqozo etgan.
Ikkita katta kuch – yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi ayovsiz kurash
insondagi bu hislatlarning bevosita shakllanishiga turtki bo‘lgan.
Qadimgi ajdodlar ijtimoiy turmush madaniyati, ayniqsa, sihat-
salomatlik, jismonan chiniqish, mehnat hamda uzoq umr ko‘rib yashash
uchun yaratgan ta’lim-tarbiya jarayonlari «Avesto»da chuqur ma’no va
o‘rin egallagan.
Markaziy Osiyoni Eron Ahamoniylari, keyinchalik (miloddan avval
329-327-yillarda) Aleksandr Makedonskiy bosib olib, o‘zlarining
madaniyati, dini va ijtimoiy-iqtisodiy boshqarish usullarini o‘rnatganlar.
O‘sha davrlarda Markaziy Osiyo hududida yashagan xalqlar bosqinchilarga
qarshi qo‘zg‘olonlar ko‘targan, jiddiy kurashlar olib borgan. Bunday
hollarda askarlar va xalqning asosiy jangovorlik qurollari kamondan o‘q
otish, nayza bilan sanchish, qilichbozlik, turli xil vositalar (to‘qmoq, kaltak,
bolta, pichoq va h.k.) bo‘lgan. Jangchilarning ma’lum qismi otda yurishgan.
Bu holat jangchidan ot ustida turib barcha qurol vositalari bilan jang qilish,
otni choptira bilish hamda boshqa imkoniyatlardan o‘ta ustalik bilan
foydalanishni talab etgan.
Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Aleksandr Makedonskiy
miloddan avvalgi 334-yilda 30000 piyoda va 5000 otliq askar bilan kichik
8
Karimov I.Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.: “Ma’naviyat”, 2008.- 31 b.
67
Osiyoga, keyin Markaziy Osiyoga jangovar yurish qilgan. 327-yilda hozirgi
Buxoro, Samarqand, Panjakent atrofidagi yyеrlarni bosib olgan. Bunda
lashkarboshi Spitamen bosqinchilarga katta qarshilik ko‘rsatgan. Lekin
uning xotini xoinlik qilib, Spitamenning boshini kesib, Aleksandr
Makedonskiyga topshiradi. Podshoh bu bevafo xotinni hamda 120 ming
aholini ham qirib tashlagan, chunki uning ta’biri bo‘yicha eriga, eliga
vafolik qilmagan ayol boshqalarga ham vafodor bo‘lmaydi.
Kushonlar davri Markaziy Osiyo, Afg‘oniston, Pokiston va Hindiston
xalqlari tarixida va butun dunyo madaniyatining taraqqiyotida alohida o‘rin
egallagan. Markaziy Osiyodan qadimgi Ipak yo‘li o‘tganligi bu yеrdagi
xalqlarning madaniy hayotida katta burulishlarga sabab bo‘lgan. Sharq
mamlakatlari bilan G‘arb davlatlari o‘rtasidagi savdo va madaniy aloqalarni
o‘rnatgan. Termiz yaqinidagi Ayritom, Xorazmdagi Tuproqqal’a va boshqa
joylardan topilgan buyumlar, sopolga chizilgan rasmlarda qadimgi kurash,
nayza uloqtirish, qilichbozlik, otda jang qilish kabi tadbirlar aks ettirilgan.
Xalq og‘zaki ijodining noyob asarlaridan biri «Alpomish» dostoni
avlodlardan-avlodlarga o‘tib kelayotgan qahramonlik asaridir. Bu asarda
xalqimizning matonat, mardlik, sadoqat kabi ezgu fazilatlari o‘z ifodasini
topgan. Asarda ajdodlarimizning qadimiy tasavvuriga ko‘ra, o‘q-yoy –
hokimiyat nishoni hisoblangan. Alpomish yеtti yoshida o‘n to‘rt botmon
birichdan – bronzadan yasalgan yoydan o‘q otib, “alp” degan unvonga ega
bo‘ladi.
9
«Alpomish» dostonining ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyati shundaki,
bundan bir necha ming yillar oldin mavjud bo‘lgan urf-odatlar, marosimlar,
ayniqsa, yigit va qizlarning bir-biriga vafodorligi, jismoniy jihatdan
barkamolligi, dushmanlarga shafqatsiz kurashlari odilona bayon etilgan.
«Alpomish» dostonida kamondan o‘q otish, merganlik, kurash, otda poyga
kabi jismoniy sifatlar, vatanparvar va xalq uchun jonini ham fido qilish kabi
eng ulug‘ insoniy fazilatlar madh etilgan.
Qadimgi ajdodlar jismoniy madaniyati xalq og‘zaki ijodida, ayniqsa,
ko‘proq ifodalangan. Dostonlarning tarbiyaviy jihatlari shundaki, xalq
irodasi, an’analar, urf-odatlar mazmunida otda chopish, jang qilish,
qilichbozlik, kurash, kamondan o‘q otish kabi jismoniy faoliyatlar yuqori
saviyada madh etilgan. Bunda mardlik dushmanlar bilan jang qilgan yigit
va qizlar timsoli tasvirlangan.
Xalq og‘zaki dostonlarida shuningdek xalq irodasi, yigit-qizlarning
muhabbati, sadoqat, jasurlik, botirlik, pahlavonlik, mohir chavandozlik va
merganlik kabi sifatlar o‘z ifodasini topgan.
9
Karimov I.Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.: “Ma’naviyat”, 2008.- 34 b.
68
Qadimgi ajdodlar jismoniy tarbiyasida xalq milliy o‘yinlari bir necha
yo‘nalishlarga ega bo‘lib, ularning tarkibida raqslar, qo‘shiqlar va boshqa
san’at turlari ancha ustun turgan. Bunday o‘yinlarning deyarli barchasi
ommaviy bayramlar, musobaqalar va to‘ylarda keng qo‘llanilgan. Qadimgi
manbalar Oks (Amudaryo) va Yaksart (Sirdaryo) daryolari o‘rtasidagi
vodiyda ot musobaqalari keng tarqalganidan guvohlik beradi. Nafaqat
harbiy yurishlar, balki savdo-sotiq maqsadlari uchun ham chiniqqan
chavandozlar va otlar kerak bo‘lgan. Bu esa ot musobaqalarining
ommalashib ketishiga sabab bo‘lgan. So‘g‘diyona va Baqtriyada kurash, ot
poygasi, uloq, dorbozlik juda ommalashgan edi.
O‘zbek xalq o‘yinlari va milliy jismoniy mashqlarini quyidagi asosiy
guruhlarga ajratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |