Mashinasozlik texnologiyasi fani quyidagi fanlar bilan uzviy bogʻlangan: - Materiallarni kesish, stanok va asboblar;
- Standartlashtirish va sifatni boshqarish asoslari;
- Avtomobillarni taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish;
- Mashina detallari;
- Metallar texnologiyasi;
- Elektrotexnika, va h.k.
Mashinasozlik fan va texnika taraqkiyoti asosini tashkil qiladigan fanlardan biri. Asosiy boʻlimlari: materialshunoslik, mashina va mexanizmlar nazariyasi, mashinalar dinamikasi va mustahkamligi (mashina qismlarining dinamikasi va mustahkamligi va koʻtarish xususiyatlarini oʻrganadi, (Mashina detallari, Materiallar qarshiligi), ishqalanish va yeyilish nazariyasi (mashina qismlarining oʻzaro taʼsirlashuvi va shaklini oʻzgartirishi, foydali ish koeffitsiyentini oshirish va xizmat muddatini uzaytirish masalalari bilan shugʻullanadi), mashinalarni avtomatik boshqarish nazariyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |