Fanning maqsad va vazifalari.
Mashinasozlik texnologiyasi fanida ishlab chiqarishning ohirgi bosqichlari hisoblangan tayyorlashning mexanik ishlov berish va mashinani yigʻish kabi texnologik bilimlari majmuaviy oʻrganiladi.
Mashinasozlik texnologiyasi fanining maqsadi mashinalarni yigʻish va detallarga mexanik ishlov berish boʻyicha texnologik jarayonlarni va operatsiyalarni kerakli tartibda boʻlishini taʼminlashni loyihalash, ishlab chiqish va meʼyorlash boʻyicha bilimlar majmuasini berishdan iborat. Bu fanning yoʻnalishi kam material sarflanadigan yuqori unumdorlikda ishlaydigan va kam tannarxda tayyorlanadigan, jamiyat uchun zarur boʻlgan yuqori sifatli mashinalarni yaratish bilan aniqlanadi.
Mashinasozlik texnologiyasining oʻrganish obyekti – texnologik jarayon, fanning predmeti – texnologik jarayonning ichki va tashqi bogʻlanishlarini va qonuniyatlarini oʻrganish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |