Avtomobil yo’lini tamirlash va saqlashda mehnatni muxofaza qilish va xavfsizlik texnikasi Qurilishda texnika xavfsizligiga katta axamiyat berilishi kerak bo‘ladi, chunki bu inson xayoti bilan bog‘liq. Qurilishda ish boshlanishidan oldin texnika xavfsizligi buyicha instruktaj o‘tilishi kerak. Xususan qurilayotgan yo‘lni asos qatlamini qurish jarayonida ayrim mashina-mexanizmlardan foydalanish vaqtida quyidagi texnika xavfsizlik qoidalariga qa’tiy rioya qilish kerak. Avtogreyder bilan ishlaganda avtogreyder qor uyumlarini surayotganda ishchilar oraliq masofani saqlashlari texnikani faqatgina mutaxasis xaydovi boshqarishi zarur. Qurilishda texnika xavfsizligiga katta ahamiyat berilishi kerak bo‘ladi, chunki bu inson hayoti bilan bog‘liq. Qurilishda ish boshlanishidan oldin texnika xavfsizligi bo‘yicha instruktaj o‘tilishi kerak. haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan shaxslar avtosamosvalni boshqarishlari mumkin emas. Yuk ortilgan holatda belgilangan tezlikdan ortiq tezlikda harakatlanmaslik kerak. Yo‘l chiziqlarini chiziayotganda texnikaning texnik xolati to‘la qonli ishlayotganligini tekshirish texnika xarakatlanayotgan xududga boshqa bir avtotransplort vositalarini xamda piyodalarning xarakatini taqiqlash dvigatel batamom o‘chmaguncha traktor otvali oldida odam bo‘lmasligi kerak. to‘xtash vaqtida otval yerga tushirilgan bo‘lishi kerak. 30%0 dan ortiq qiyaliklarda gruntni surmaslik kerak qiyalikka gruntni surayotganda otvalni qiyalik qoshidan o‘tkazmaslik kerak otval gruntga to‘lgan yoki yerga qadalgan holatda buldozerni burish mumkin emas. otval tushirilgan holatda buldozerni orqaga yurgizish mumkin emas. yomg‘ir yog‘ayotganda loyli gruntlarda ishlash mumkin emas. Buldozerning osma uskunalarini o‘rnatish va yechib olish faqat bosh muhandis yordamida bajarilishi kerak.
Xulosa Men bu kurs topshirig’ida Farg’ona viloyatida 3.4 km yo’lda ta’mirlash va saqlash ishlarini olib bordim. Dastlab uchastkada harakat havfsizligini ta’minlash maqsadida zarur bo’lgan yo’l belgilari va yorug’lik chiroqlari bilan ta’minlandi. Avtomobil yo‘llari va ulardagi sun’iy inshootlarni, yo‘l xizmat binolarini, ta’mirlanayotgan yo‘l bo‘lagini yemirilib ishdan chiqqan konstruksiyalarining elementlari tamirlandi. Yo‘llarning transport foydalanish ko‘rsatkichlarini takomillashtiruvchi texnik xususiyatlari hamda yo‘l qoplamasi mustahkamligini ta’minlovchi loyihaga binoan rejalashtirilgan texnik toifasiga mos ravishda me’yorlar darajasi ishlab chiqiladi. Tasdiqlangan texnik hujjatlarga asosan ta’mirlanayotgan yo‘l uchastkasining geometrik o‘lchamlari va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari hamda yuk ko‘tarish qobiliyatlari oshiriladi.
Yo‘l to‘shamasini kuchaytirish darajasini tanlashdan oldin qoplama masalasini hal qilish kerak. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlarining tasnifiga ko‘ra kapital ta’mirda to‘shama mustahkamligi va o‘lchamlarini berilgan toifa yo‘llar uchun tegishli me’yorlar darajasigacha oshirish ruxsat etiladi. Shuning uchun ham to‘shamani kuchaytirish, ko‘p hollarda, qoplama turini o‘zgartirish bilan bog‘liq.
Avtomobil yo‘llarida yo‘l to‘shamasi va qoplamalarni ta’mirlashda quyidagi ishlar bajariladi: yo‘l to‘shamalarini va asos sifatida mavjud yo‘l to‘shamalaridan foydalanilgan holda, qoplamalarning yanada takomillashtirilgan turlarni qurish, shuningdek qayta qurilayotgan yo‘l uchaskalarida texnik hujjatda tasdiqlangan texnik toifaga mos keladigan me’yorlar doirasidagi yo‘l to‘shamalarini qurish. Transport chorrahalarida, yo‘l muhandislik qurilmalarida, yo‘laklarda, piyodalar va velosiped yo‘laklarida, avtobus bekatlarida, yo‘l qatnov qismidan tashqaridagi avtotransport turar joylarida yo‘l to‘shamalarini qurish; eskirgan asfaltbeton va sementbeton qoplamalarini qayta qurish yoki qoplash; takomillashtirilgan qoplamalarning chetlari bo‘ylab mustahkamlovchi tasmalarni va bordyurlarni tiklash, hamda qayta qurish.
Ma’lumki, vaqt o‘tishi bilan yo‘l to‘shamasi va avtomobil transportining har yillik o‘rtacha ekspluatatsiya narxi o‘sib boradi va ma’lum vaqt o‘tgach, bu narx shunchalik katta bo‘lib ketadiki, navbatdagi kapital ta’mir qilish iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lib qoladi. Kapital ta’mirlangan yo‘l to‘shamasining mustahkamlik zahira koeffitsienti qancha katta bo‘lsa, iqtisodiy foydali ta’mirlashlararo muddat shuncha katta bo‘ladi.